O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Rasm. Elektron pulni chiqarish uchun oltita asosiy dalillar


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
Rasm. Elektron pulni chiqarish uchun oltita asosiy dalillar 
Markaziy banklar ma‘lum ma‘noda, tijorat banklarning ularda saqlagan rezerv 
qoldiqlari faqat raqamli ko‗rinishda mavjud bo‗lgan sharoitlarda, allaqachon 
raqamli valyuta chiqarmoqda. Yanada keng masala – MB lar raqamli valyutani 
faqat banklarga emas, xususiy shaxslarga ham bera oladimi. Bu butun moliya 
Seigner(valyut
a chiqarish 
huquqi) uchun 
soliqni qisman 
qaytarish 
Muqobil 
moliyaviy 
biznesni 
rivojlantirishga 
ko'maklashish 
Moliyaviy 
xizmatlarni 
arzon 
narxlarda 
taqdim etishni 
takomillashtiri
sh 
Pul-kredit 
siyosati 
vositalarining 
keng doirasini 
oshkor qilish 
imkoniyati 
Xavfsizroq 
moliyaviy 
tizim 
To'lov 
tizimidagi 
yangiliklarni 
saqlash 


86 
tizimi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi shubhasiz. Shunday bo‗lsa-da, bu 
imkoniyat allaqachon Angliya banki va Kanada banki tomonidan ko‗rib chiqildi, 
va, hech shubhasiz, u kelgusi yillarda o‗sib borayotgan qiziqish mavzusi bo‗ladi, 
chunki mavjud global moliyaviy infratuzilmaning nomukammalligi haqidagi 
bayonotlar tobora balandroq eshitilmoqda. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar AQSH, Kanada, Xitoy va Buyuk Britaniya milliy 
banklari shaxsiy blokcheyn ishlab chiqilishiga munosabatlari qandayligini 
qiyosladilar. 
Ularning ma‘lumotlariga ko‗ra, AQSH federal rezerv tizimi raqamli valyuta 
chiqarilishi xususida maxsus e‘lonlar qilgani yo‗q, ammo yanada tez to‗lovlar 
ta‘minlash kontekstida AQSH da to‗lov infratuzilmasini yaxshilashning potensial 
usuli sifatida taqsimlangan reestrlar texnologiyasini ko‗rsatdi. 
Kanada banki blokcheynni faqat banklararo to‗lovlar uchun vosita sifatida 
ko‗radi. Kanada banki yaqinda Royal Bank of Canada, Canadian Imperial Trade 
Bank va Toronto banki, shuningdek, R3 bilan blokcheynda Kanada dollarlarida 
hisoblash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida hamkorlik qilganini e‘lon qildi. 
Yaratilishi mo‗ljallangan ilova faqat banklararo to‗lovlar bilan ishlashi kerak edi – 
Kanada bankining keng omma uchun qanday bo‗lmasin elektron pul chiqarish 
rejalari yo‗q.
Xitoy xalq banki, Citi tadqiqotchilari fikriga ko‗ra, raqamli valyutani imkon 
qadar tezroq ishga tushirishga harakat qiladi, lekin uni harakatga keltiradigan 
bazaviy texnologiyani hali tanlash kerak bo‗ladi. XXB alohida ta‘kidladiki, 
raqamli valyuta uchun asosiy omil – mahfiylik bilan noqonuniy faoliyatni oldini 
olishlik o‗rtasida muvozanatdir. Shuningdek, bank pul-kredit siyosati ustidan 
nazoratni saqlab qolish o‗ta muhim ekanligini ta‘kidladi. Raqamli valyutani 
texnologik amalga oshirish uchun bir nechta variant mavjud; blokcheyn - ulardan 
biri, ammo XXB texnologiyaning ko‗lamliligi va samaradorligi bilan hali ham 
jiddiy muammolar mavjudligini ta‘kidlaydi. 
Aksincha, Angliya banki blokcheynni faol o‗rganib, o‗z ishlanmalarini 
tadqiqotchilar ma‘ruzalari va chiqishlari orqali yoritmoqda. Bank umuman 
moliyaviy texnologiyalarda diqqatini jiddiy jamlab, blokcheyn rivojlanishida faol 
ishtirok etmoqda – shu asnoda, yaqinda fintex-akselerator ishga tushirildi.
―Ommaviy taqsimlangan reestr Markaziy bank raqamli valyutasini yaratish 
uchun imkoniyatni ochib berishi mumkin edi. G‗oya go‗zal ko‗rinadi. Masalan, bu 
odamlarning xavfsiz bazisli aktivga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ruxsatlari borligini anglatishi 
mumkin edi. Natijada yangilik anchagina va ehtimol, keskin bank ishini 
o‗zgartirardi. Biroq bu model, amaldagi bank modeli bilan birga mavjud bo‗lsa, 
likvidlik xavfini oshiradi, bu esa Markaziy bankning pullarni boshqarishga jalb 
etilganlik darajasini pasaytiradi... Markaziy bankning Buyuk Britaniya uchun 


87 
raqamli valyuta yaratish istiqboli, menimcha, hali uzoqda. Biz to‗lovlarni amalga 
oshirish oson bo‗lishi ustida ishlaymiz va garchi naqd pullar endi, qachonlardir 
bo‗lgani kabi, u darajada muhim bo‗lmasada, ularning hukmronligi ma‘lum vaqt 
davomida saqlanib keladi‖. Bu fikrni Angiya banki boshqaruvchisi Mark Kerni 
o‗zining 2016 yil 16 iyundagi London lord-meri ziyofatida so‗zlagan nutqida 
bayon etgan. Nutqining nomlanishi simptomatikdir: ―Fintex-transformatsiyani 
amalga oshirib: revolyusiya, restavratsiya yoki reformatsiya?‖
Davlat pul-kredit tizimiga blokcheyn asosida moliyaviy texnologiyalarni 
tadbiq etishdan bo‗ladigan potensial foydani hozir ko‗plar o‗rganmoqda. Misol 
uchun, Greshem kolleji va RwS tadqiqotchilarining soliq yig‗ish va nafaqa 
to‗lovlari kabi davlat xizmatlari sohasida raqamli pullardan foydalanish 
mumkinligi haqida hisoboti ma‘lum. Undan tashqari, Buyuk Britaniyaning ishga 
joylashtirish va pensiya departamenti allaqachon blokcheyn texnologiyasini va 
mijozlarning farovonligini oshirishga va pullarining qaerga ketishini kuzatishga 
yordam beradigan mobil ilovani sinovdan o‗tkazdi.
Angliya banki yagona raqamli valyutaga o‗tishning quyidagi afzalliklarini 
ko‗rsatadi: 

Soxtalashtirish imkonsizligi; 

Maksimal bo‗linganlik; 

Himoyalanganlik, kriptografik barqarorlik; 

Tranzaksiyalarning tezkorligi; 

Mablag‗lar harakatining shaffofligi. 
Emissiya davlat nazorati ostida qolishi lozim, raqamli valyuta protokolining 
o‗zi esa avval ajratib ko‗rsatilgan, quyidagi trendlarga maksimal ravishda 
muvofiqdir: 

Globallik: valyuta faqat talabnoma hududida internet tarmog‗iga ruxsat mavjudligi 
yoki mavjud emasligi bilan cheklangan; 

Ishonchlilik: barcha moliyaviy amaliyotlar va bitimlar shaffof, kuzatiluvchan, 
davlat texnologik davrgacha bo‗lgan moliyaviy jinoyatlardan himoyalangan; 

Kapital: valyuta qiymatining erkin nazorati, uning boshqa raqamli valyutalarga 
konvertatsiyasini va to‗lov tizimlarida foydalanilishini soddalashtirish; 

Yangi jahon tartibi: moliya sektorining texnologikligi, jahon standartlariga 
muvofiqlik, davlatning fuqarolar bilan o‗zaro ta‘sirining keyingi ―raqamlanishi‖ 
istiqbollari, ijtimoiy kontrakt qaytmasligi.
―Doyche bank‖ tadqiqotlar markazi ushbu masalaga bo‗lgan fikrini e‘lok 
qildi. ―To‗lov bozori rivojlanishining potensial uzoq muddatli oqibatlariga 
qaraganda, yangi savol tug‗iladi: qanaqa pullarda to‗laymiz? Bugun biz asosan 


88 
tijorat 
banklari 
pullaridan 
foydalanayapmiz... 
Tezkor 
to‗lov potensial 
xizmatlarining keng doirasini hisobga olganda, asosiy to‗lov shakli sifatidagi bank 
depozitlari, agar bunday xizmatlarning nobank etkazib beruvchilari chakana 
to‗lovlar bozorida ustun holatga ega bo‗lsa, ahamiyatini yo‗qotishi mumkin‖.
Shunday qilib, quyidagi asosiy savol bilan munozara vujudga keldi: 
markaziy banklar shaxsiy raqamli pullarni chiqarishlari kerakmi, yoki ular, 
avvalgidek, buni tijorat banklariga qo‗yib bersinmi – yoki umuman 
qo‗shilmasinmi, Facebook, Amazon, Verifone va Apple kabi nomoliyaviy tijorat 
kompaniyalari o‗z elektron pullarini chiqarsinmi? Oxir-oqibatda, tabiiy naqd 
pullardan foydalanish barqaror ravishda pasaymoqda. Agar Markaziy Bank qog‗oz 
pullarni o‗zining elektron ekvivalentiga almashtirmasa, valyuta emissiyasining 
bosqichma-bosqich va nazorat ostida xususiylashtirilishi boshlanadi. 
Albatta, blokcheyn elektron valyuta bilan bir xil emas. Yangi 
texnologiyaning milliy to‗lov vositalariga aloqasi yo‗q. Shuni anglash lozimki, 
Angliya bankida tranzaksiyalar bloklarining konsensus shakllanishiga yordam 
beruvchi zanjiri vositasida, unga bog‗langan aktivlar bilan tadbiq etiladigan 
umumiy reestr yaratilishi haqida emas, balki blokcheyndan jismoniy shaxslarning 
shaxsiy hisoblarini boshqarish uchun foydalanish haqida fikr yuritishmoqdaki, u 
erda o‗tkazmalar MB da hisoblar qoldiqlari bilan tezkor amalga oshiriladi. Nima 
uchun Markaziy bank kriptografik algoritm foydasiga pul oqimini boshqarish 
uchun o‗z mas‘uliyatidan voz kechishi kerak?
Ehtimol, Angliya banki britkoinni funt sterlingga bog‗lamaydi. So‗z faqat 
tijorat banklariga elektron pullarni emissiya qilishga ruxsat haqida bormoqda. Bu 
erda bir qator muammolar mavjud: agar xususiy pullar chiqarilishi muvaffaqiyatli 
bo‗lsa va ular almashinuv va chiqarilishiga soliq ko‗rinishidagi daromad olish 
vositasiga aylansa, u holda tez kunda raqobatchilar paydo bo‗ladi; va bu 
raqobatchilar muqobil pullarni ta‘minlab berganliklari sababli, xususiy pullar 
qiymati ularning ishlab chiqarilishi xarajatlari miqdoriga qadar pasaya boshlaydi.
Milliy valyutalarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗rnini bosuvchilaridan boshqa narsa 
bo‗lmagan 
raqobatlashuvchi 
xususiy 
valyutalarning 
har 
qanday 
volatillikni(

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling