O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
Davlat bdokcheyni
Datachains.world kompaniyasi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda o‗zining ishlanmasi – ―davlat blokcheyni‖ ni targ‗ib etmoqda. Yaratuvchilar so‗zlariga ko‗ra, unda allaqachon quyidagi funksiyalar amalga oshirilgan: Fuqarolarni identifikatsiya qilish va tasdiqlash (har bir fuqaro davlat ro‗yxatidan o‗tkazish organiga o‗zining ommaviy kalitini ko‗rsatgan holda bir marotaba ariza beradi); Davlat organlari bilan yozishma (buyurtmachi: ijro etuvchi hokimiyat federal organlari); Ixtiro va boshqa intellektual mulkka ariza berish (buyurtmachi: Sanoat mulk federal instituti); 79 Elektron yuridik muhim hujjatlar aylanmasi tizimi (buyurtmachi: Adliya vazirligi, davlat darajasida amalga oshirish uchun elektron imzolarni hisobga olish markazini yaratish lozim); Mol-mulkni ro‗yxatga olish (ko‗chmas mulkni, avtotransport vositalarini; buyurtmachilar); Fuqarolar holatini ro‗yxatga olish (buyurtmachilar: FHDYO, , g‗aznachilik, aholini ro‗yxatdan o‗tkazish); Pudratchilar va subpudratchilar bo‗yicha byudjet mablag‗lari harakatini ro‗yxatga olish (buyurtmachilar: Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va hk. Hal etish misoli: ―Bizning blokcheyn-muhitimizda Moliya vazirligi Natijada byudjet mablag‗lari qaysi korxonaga va nima uchun o‗tgani ko‗rinadi‖); Fuqarolarning attestat va diplomlarini ro‗yxatga olish (buyurtmachilar: Mehnat vazirligi va hk.); Litsenziyalarni ro‗yxatga olish. Kelajakda davlat blokcheynida qo‗shimcha ravishda quyidagilar rejalashtirilgan: Yo‗l-transport hodisalarni ro‗yxatga olish; Boshqa yagona hisob reestrlari (guvohnomalar, mehnat daftarchalari, tibbiy kartochkalar, polislar va b.); Fuqarolik holati aktlarini ro‗yxatdan o‗tkazish; Shajara daraxti; Ijro etuvchi hokimiyat organlarida fuqarolar talablarining ko‗rilishini nazorat qilish imkoniyati; Davlat mulkini sotish bo‗yicha auksion; Foydalanishdagi uskunalar uchun javobgarlikni taqsimlashni boshqarish tizimlari; Xizmat ko‗rsatish sikllari, sanoat uskunalarining tugunlari resurslari (va ularni almashtirish) ni ro‗yxatga olish; Buyumlarga bo‗lgan sertifikatlarni ro‗yxatga olish (etkazmalar yo‗nalishini va braklarni kuzatish maqsadida). Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling