O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Alohida holat: ko‗chmas mulk davlat reestrlari
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
Alohida holat: ko‗chmas mulk davlat reestrlari
Mulkchilik huquqlarini davlat ro‗yxatiga olish – bu murakkab va uzoq muolajadir. Barcha mavjud tizimlar, hatto eng zamonaviylari, boshqarishda juda murakkab bo‗lib, ko‗p xarajatlidir. Sotib olingan, hadya qilingan, merosga olingan, garovga qo‗yilgan yoki boshqa mol-mulk evaziga olingan har qanday ko‗chmas mulkni tegishli davlat tuzilmasida ro‗yxatdan o‗tkazish lozim. Buyuk Britaniyada 2014/15 moliya yilida narxi 40 000 funt yoki undan yuqori bo‗lgan turar joy mulki bilan bitimlarning umumiy miqdori 1,2 mln dan oshdi. Xaridorlar ham, sotuvchilar ham mol-mulk ta‘riflari to‗g‗risidagi ma‘lumotni olishlari yoki uni faqat davlat 80 tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan markaziy reestr yordamida yangilashi mumkin. Vaqt-vaqti bilan firibgarlar, soxta hujjatlardan foydalanib, o‗zlariga birovning mulkini rasmiylashtiradi yoki unga ipoteka (kredit) oladi. Blokcheyn texnologiyasi aktivlarga bo‗lgan mulkchilik huquqini isbotlash va kapitalga ruxsat olish qiyin bo‗lgan ko‗plab rivojlanayotgan mamlakatlarda ―iqtisodiy inqilob‖ qilishi mumkin. Blokcheyn asosida Gruziyadagi erga mulkchilikni ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗yicha loyihaning sherigi bo‗lgan perulik mashhur iqtisodchi Ernando de Soto bayonotida, ―Biron Misrni olaylik: u erda aholining 90%i bog‗i bor xususiy uyga ega bo‗lib, ammo mulkchilik huquqini tasdiqlaydigan rasmiy hujjati yo‗q. Mulkchilik huquqisiz esa biznes boshlab yoki bankda kredit olib bo‗lmaydi‖, - deb ta‘kidladi, yana blokcheyn texnologiyasi uzoq vaqt turg‗unlikda bo‗lgan mamlakatlarda haqiqiy inqilob ko‗tarishga qodir, deb qo‗shimcha qiladi. Blokcheyn – mulkchilik huquqlarini ro‗yxatga olishning yo‗naltirilgan yondashuvi, tranzaksiyalarni qayta ishlash samaradorligini oshirishi va qisqartirishi, hatto ko‗chmas mulk bilan bo‗lgan bitimlarda firibgarlikni to‗liq oldini olishi mumkin. Mol-mulkni ro‗yxatga olish markazlashgan boshqaruvli blokcheyn orqali amalga oshirilishi mumkin – bu firibgarlikdan yaxshi himoyani ta‘minlab, bitimlarning barqarorligini ko‗paytiradi va shaffofligini oshiradi, chunki amaliyotlar tarixi barcha qiziqqanlar uchun ochiq turadi. Blokcheyn mulkchilik huquqi to‗g‗risidagi tortishuvlarda ham yordam berishi mumkin, chunki har bir bitim taqsimlangan reestrda tekshiriladi va saqlanadi. Ro‗yxatga olish organlariga blokcheyn ko‗plab jarayon va tizimlarni, ma‘lumotlarning taqsimlangan qayta ishlanishi yordamida ularning samaradorligini oshirib va xarajatlarni qisqartirib, bitta tizimga birlashtirishga imkon beradi. Dunyoda ko‗chmas mulk huquqlarini ro‗yxatga olishni blokcheyn-asosga o‗tkazish keng amaliyoti o‗rnatildi, yana bunda ilg‗or texnologiyalarni tadbiq etish bo‗yicha etakchi bo‗lib, ko‗pincha kutilmagan mamlakatlar chiqadi. Gondurasda allaqachon blokcheyn er reestri ishiga yordam bera olishini o‗rganishmoqda. Bu davlatda erga bo‗lgan mulkchilik bilan muammolar ko‗p, va yangi texnologiya huquqlarni blokcheynda barcha bitimlar to‗g‗risidagi verifikatsiya qilinadigan yozuvlar orqali kuzatishga imkon berishi mumkin. Gonduras hukumati Amerika Factom blokcheyn-startapiga erga bo‗lgan mulkchilikni ro‗yxatga olishning taqsimlangan tizimini yaratishga buyurtma berdi. Mamlakat butkul yaroqsiz kadastrdan aziyat chekardi, u kadastr ko‗p marotaba tegishli yozuvlar yo‗qolganligi, yaroqsiz holga kelganligi yoki almashib qolganligi 81 tufayli uylar va erlarning qonuniy egalari ko‗pincha ko‗chaga haydalganiga sabab bo‗lardi. Lekin, ma‘lumotlarga ko‗ra, loyiha to‗xtab qolgan. Shvetsiyada allaqachon nazariyadan amaliyotga o‗tishdi. 2016 yil iyun oyida u erda blokcheyn asosida erga bo‗lgan mulkchilik huquqlarini ro‗yxatdan o‗tkazish va hisobga olish tizimini testdan o‗tkazishdi. Vazifa Shvetsiya milliy er xizmatiga yuklatildi. U ChromaWay blokcheyn-startapi, Kairos Future konsalting firmasi va Telia telefon aloqasi xizmatlari provayderi bilan hamkorlikda blokcheyn- texnologiya hujjatlarni topshirish uchun xavfsizroq jarayonlarni yaratishda tabiiy xatolar xavfini bartaraf etishi mumkinligini o‗rganmoqda. Ushbu texnologiyaga Gretsiya ham qiziqish bildirdi, u erda yaxshi er reestri yo‗q: mamlakat hududining atigi 7%i xaritaga etarlicha aniq kiritilgan. 2016 yil aprel oyida BitFury texnologik kompaniyasi Milliy agentlik bilan Gruziyaning ijtimoiy ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗yicha pilot loyihasini taqdim etdi. Bir qator ekspertlar ushbu tajribalarni tanqidiy baholamoqda. Muammo yagona nazorat nuqtasidan iborat bo‗lib, uni markazlashtirishga olib boradigan davlat o‗rnatishga harakat qiladi. Natijada blokcheyndagi loyiha xususiy monopoliyaga aylanib, u xeshlarni shunday blokcheynga jo‗natadi. BitFury ning Gruziyada blokcheyn asosida mulkchilik huquqlarini ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗yicha tashabbusi va, chamasi, Gondurasdagi Factom muvaffaqiyatsiz loyihasi shunday loyihalardan bo‗ldi. Bu davlat texnologiyasiga muvofiq qo‗llanash lozim bo‗lgan tizimlardan emas. Biz shunday platforma yaratishimiz kerakki, u xizmatlarni etkazib beruvchilar o‗rtasida erkin raqobat rivojlanishiga imkon bersin. Ko‗chmas mulk bilan bo‗lgan bitimlar blokcheynda qayta ishlanishi mumkin, unda nega har bitta uyni yoki er hududini ma‘lum aktivni namoyon etadigan aniq bir ―rangli tanga‖ bilan bog‗lab, va uni, har qanday boshqa bitimdagidek, raqamli valyutadan foydalanib, almashtirib bo‗lmaydi? U holda butun mulkchilik amaliyot tarixi blokcheyn orqali yuritilishi mumkin bo‗lardi. Asosiy daraja – qimmatbaho narsalarga bo‗lgan mulkchilik huquqlari yozilgan reestr bo‗lib, u xavfsizlikni oshirish uchun ―rangli tangalar‖ ni chiqarish yordamida bitkoin blokcheyniga bog‗lanadi. Shuningdek tizimda shunday daraja bo‗lishi kerakki, unda konsensusga erishish amalga oshadi va xizmatlarni taqdim etadigan sub‘ektlar, tizim tugunlari va shu bilan bir vaqtda savdo maydonchalari sifatida chiqib, ishtirok etadi. Ular API va smart-shartnomalar bo‗yicha talabnomalar yordamida, mulkchilik huquqlarini himoyalangan topshirishni amalga oshirib, zarur reestrlar (misol uchun, fuqarolar reestri) bilan markazsizlashtirilgan o‗zaro ta‘sirda bo‗lardi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling