O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konversiya: V2G-echimlarning nodavlat sektorida qo‗llanilishi
- O‗zini tekshirish uchun savollar
82 Davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashning Britaniya tajribasi Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham blokcheyndan qo‗llana boshlashdi. Britaniya hukumati, misol uchun, ushbu texnologiyaning turli sohalarda, shu jumladan, ijtimoiy va pension ta‘minotning islohotlarida sinashlarini rag‗batlantiradi. Shu tariqa, Britaniya mehnat va pension ta‘minot vazirligi blokcheyn texnologiyasi asosidagi platforma prototipini sinamoqda, u aholiga yanada samarali ijtimoiy yordam ko‗rsatish uchun qo‗llaniladi. Loyihaga Londonning GovCoin Systems fintex-kompaniyasi ko‗maklashmoqda. Hamkorlar orasida - Barclays banki va London universitet kolleji. Prototip sinovlari 2016 yil iyunida boshlandi. Dastur doirasida ijtimoiy nafaqa oluvchilar mablag‗larni boshqarish uchun mobil telefonlardan foydalanishadi, ularning sarflanishi to‗g‗risidagi ma‘lumot esa blokcheynga yozib olinadi. Loyiha maqsadi - ijtimoiy yordam to‗lovlarining firibgarlikni oldini olishi mumkin bo‗lgan yanada samaraliroq va xavfsizroq tizimini ishlab chiqishdir. Undan tashqari, Buyuk Britaniyada alohida muhim bo‗lgan, AES, elektr tarmoqlari va toshqinlardan himoya tizimlari kabi infratuzilmaviy ob‘ektlar uchun kiberxavfsizlik sohasida blokcheyn-echimlar yaratishga tushdilar. Konversiya: V2G-echimlarning nodavlat sektorida qo‗llanilishi Ulkan hujjatlar aylanmasi muammosi nafaqat davlat institutlariga, balki korporativ sektorga ham xosdir. Va agar blokcheyn ushbu muammoni davlat boshqaruvi darajasida bartaraf etsa, bunday yondashuvni tijorat tashkilotlarida ham amalga oshirib bo‗lmaydimi? Bir qator ishlab chiquvchilar bu yo‗nalishda harakat qilmoqda, lekin bunday loyihalar barcha ichki korporativ jarayonlarning qayta anglanilishini talab etadi. Shunday qilib, CoinSpark o‗z protokolining yangi talqinini chiqardi; u foydalanuvchilarga, texnologiyalarni notarial tasdiqlangan tijorat tranzaksiyalar uchun samarali qo‗llab, bitkoin-o‗tkazmalar bilan bog‗liq shaxsiy xabarlar yuborishga imkon beradi. Protokolning anchagina yangilanishi ikkala tomonning bitkoin- tranzaksiyalar qilish va aktivlarni topshirish imkoniyatlariga asoslangan turli xil ilovalarga natijalarni yozib olish imkonini berdi. Bitkoin-tranzaksiyalarning metama‘lumotlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xabarni kodlash o‗rniga CoinSpark unga xabar xeshini va serverning ushbu xabar kelgan manzilini joylashtiradi. Bu barchaga xabarning o‗zi emas, faqat xeshi ko‗rinishidan dalolat beradi. Bunday funksiya xohlovchilarga xabarlarni bitkoinning ommaviy reestriga joylashtirishga imkon beradi. ―Xabarning o‗zi blokcheynda ko‗rinmaydi, uni faqat yuboruvchi – xabar uzatgan server, - va ushbu serverga bo‗lgan talabnomani imzolashi lozim bo‗lgan 83 oluvchi ko‗rishi mumkin. CoinSpark ni bitkoin-blokcheyndan foydalanishda xabarlarni uzatishni soddalashtirish usuli sifatida bir qadami. Masalan, elektron pochta ilovasini yaratish mumkin; u odamlarga blokcheyn orqali notarial tasdiqlangan usul bilan ―cheksiz kichik‖ bitkoin summalari evaziga bir-birlari bilan xabar almashishga imkon beradi. ―Bu erda asl maqsad – kriptovalyuta bilan bo‗lgan bitimlar sonini oshirish emas, balki xabarlarni notarial tasdiqlashdan foydalanishni kengaytirishdir‖. Boshqa loyiha, DocuSign, 188 mamlakatdan 225 000 kompaniyalar va 85 mln foydalanuvchilardan ortig‗iga hujjatlarni imzolashga va qayta uzatishga, hamda ularni istalgan vaqtda, istalgan joyda, istalgan qurilmada yashirincha va ishonch bilan boshqarishga imkon beradi. DocuSign muhrni, faks yuborishni, hujjatlarni skaner qilishni va ulardan nusxa olishni elektron analoglarga almashtiradi. Tashkilotlar Digital Transaction Management (DTM) DocuSign platformasi va elektron imzo ko‗rinishidagi echim bilan shartnomalar tuzishni, bitim va texnologik jarayonlarni tezlashtirishadi. DocuSign tranzaksiyalarni boshqarish bo‗yicha xizmatlarni taklif qiladi. Uning global ishonch tarmog‗iga (GIT) har kuni 85 000 yangi noyob foydalanuvchilar qo‗shiladi. GIT da 62% dan ziyod hujjatlar bir soat davomida rasmiylashtiriladi. DocuSign 43 tilda mavjud. Loyiha investorlari - SAP, Visa, Dell, Intel, Mitsui, BBVA, NTT, Samsung va boshqa butunjahon mashhur kompaniyalar. 2016 yil iyun oyida loyiha yangi imkoniyatni - Standards-Based Signatures (standart imzolar) ni taqdim etdi. U foydalanuvchilarga hujjatlarni elektron ko‗rinishda, butun dunyodagi elektron imzolar sohasida standartlarga rioya qilib, imzolashga imkon beradi. Ya‘ni DocuSign ning butun funksionaliga – plyus elektron imzolar sohasidagi EI standartlariga muvofiqlik va DocuSign dan yoki ishonchli uchinchi tomonlardan elektron sertifikatlar qo‗llash tanloviga ega bo‗lish mumkin. DocuSign gibrid bulutini ishga tushirish rejalashtirilgan bo‗lib, u mijozlarga ma‘lumotlarning ishonchli, ochiq, to‗liq elektron oqimlaridan imzo haqiqiyligi, ma‘lumotlarning himoyalanganligi nazorat qilgan va ularni o‗z brandmaueri (tarmoq ekrani) himoyasi ostida saqlagan holda foydalanishga imkon beradi. Yana bir qo‗shimcha - Persistent Authentication (doimiy autentifikatsiya), u bilan mijoz hujjatlarga takror murojaat qilganda takror autentifikatsiyadan o‗tmaydi. O‗zini tekshirish uchun savollar 1. Gartner konsalting kkompaniyasining davlat sektorida blokcheyn texnologiyasi bo‘yicha bashorati. 84 2. Davlat boshqaruv sohasidagi blokcheyn texnologiyalarining istiqbollari. 3. Buyuk Britaniya xukumati taqsimlangan reestr texnologiyalari bo‘yicha xulosalari. 4. Jahon amaliyotida taqsimlash reestrtexnologiyalari. 5. Tibbiy xujjatlar aylanmasida blokcheyndan foydalanish. 6. Korxonalarni davlat ro‘yxatiga olishda xujjatlar aylanmasinida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish. 7. Raqamli vasiyatnomalarda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish. 8. Davlat blokcheyni. 9. Ko‘chmas mulk davlat reestrlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish. 10. Buyuk Britaniyada ijtimoiy va pension ta‘minotni isloh qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish tajribasi. 11. Blokcheyn texnologiyalari orqali B2G yechimlarini nodavlat sektorida qo‘llanilishi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling