O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Sog‘liqni saqlash dasturida kiritilgan mablag‘ qanday tejamkorlikka olib keladi? 2
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BOB BLOKCHEYNNING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI 5.1 Blokcheyn va taqsimlangan reestrlar texnologiyalari 5.2 Smart-kontraktlar 5.3 Huquqiy tartibga solish
- O‗zini tekshirish uchun savollar
1.Sog‘liqni saqlash dasturida kiritilgan mablag‘ qanday tejamkorlikka olib keladi?
2.‖O‘zbekiston salomatligi‖ bilim bazasi nima? 3.Odamlarning tibbiy raqamli yozuvlari nima ? 4.Blockchain texnologiyasidan sog‘liqni saqlash tizimida qanday foydalanish mumkin? 5.Ko‘chmas mulkdagi blockchain dasturlari. 6.Ubitquity platformasi nima? 7.Opeb Reputation tizimi nima ? 8.ThanksCoin nima ? 9.Blockchayn texnologiyasi B2B bozorida qo‘llanilishi. 10.‖Dubai Points‖ loyihasi nima ? 11.Etheramid dunyodagi eng adolatli o‘yin. 136 V BOB BLOKCHEYNNING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI 5.1 Blokcheyn va taqsimlangan reestrlar texnologiyalari 5.2 Smart-kontraktlar 5.3 Huquqiy tartibga solish So‗nggi besh yil ichida blokcheyn Bitkoin kursining 20 marta o‗sishi bilan vujudga kelgan shov-shuvni ham, innovatsionlikning ajralmas xususiyati bo‗lishni ham boshidan kechirishga ulgurdi, unga hattoki jahon moliya-kredit tizimining kelajagini ham bashorat qilishdi. Uning ketidan yorilgan pufak keldi, va texnologiya na davlat tomonidan haqiqiy qo‗llab-quvvatlandi, na yuridik jihatdan tan olindi. Shov-shuv eson-omon tinchidi. Investorlarning ixlosi qaytdi, pragmatiklar esa – aynan nimani tan olish, tartibga solish kerakligini va umuman ular kerakmi degan fikrlarni ifodalashga ham ulgurmay qoldi. Ushbu tushunmovchiliklar sababli turli blokcheyn- assotsiatsiyalar va ko‗pi bilan ikki marta to‗plangan turli darajadagi yig‗ilishlar tuzildi. Ammo, shunga qaramasdan, shu vaqt ichida kriptovalyutalarning samaradorligi va amaliy tatbiq etilishi nazorat qilinmaydigan muhitda real ishlatilishi tajribasi bilan tasdiqlandi. Blokcheynning yuz martalab tatbiq etilishlari ochiq tarmoqdagi ommaviy ishlatilishi jahannami sharoitida amalga oshirildi va ularning barchasi, ko‗plab birjalar tura olgani singari, oyoqda tura oldi. Butun dunyodagi hukumatlar shu tufayli o‗zlarining real sektordagi qonuniy analoglariga raqobatchi bo‗la oladigan kriptovalyutalar va ICO larga har qachongidan ham ko‗proq jiddiy qarashga majbur edilar. Venesuela hukumati hattoki o‗zlarining PETRO kriptovalyutasining relizini qildi, va ba‘zida ular o‗sha payt ushbu qarorlarining maqsadga muvofiqligini uncha tushunmagan deb tuyuladi. Xitoyning ham tushungani aniqmas. Lekin qolgan hukumatlar, ozroq o‗ylab, o‗zlarining nazorati ostidagi pullardan tashqari, yangi pullar paydo bo‗lishini qabul qilmasliklarini ochiq va qat‘iy e‘lon qilishdi, valyuta sifatidagi kriptovalyutalarga va qiymat ekvivalenti sifatidagi har qanday tokenlarga ham qat‘iy ―YO‗Q‖ deyildi. Iltimos, kriptovalyuta va tokenlarga pul sifatida emas, tovarlar sifatida, hujjatlar sifatida qarang! Shu bilan birga, blokcheyn va tokenlarga texnologiya sifatida hech qanday taqiq yo‗qligi va nazarda tutilmasligi aniq. Va hozir, blokcheyn atrofidagi shov- shuv pasayganda, siz ushbu texnologiyaning hozirgi holatini, uni tartibga solishning zarurligini va imkoniyatini xotirjam va sog‗lom baholashingiz mumkin. Buning uchun avvalo ushbu tartibga solishning mohiyatini tushuntirib o‗tamiz. 137 Shunday qilib, blokcheyn – bu tuzilmalangan bir turdagi axborot bloklarining bog‗langan ro‗yxatidir. Bu ro‗yxatdagi har bir yangi blok oldingisi bilan kriptografik bog‗liq bo‗lib, shu sababdan butun ketma-ketlikni ―zanjir‖ (chain, blockchain) deb atashadi va ushbu zanjir tuzilmasiga soxta blokni suqish mushkul. Bundan tashqari, har bir blok zanjirga abadiy yoziladi. Odatda, zanjirlar nusxalari tarmoqning turli tugunlarida takrorlanadi, shuning uchun zanjirni (asl holatini), har safar yangi boshlar o‗sgan Gidrani yo‗q qilish mumkin bo‗lmagani kabi, yo‗q qilish deyarli mumkin emas. Zanjirning joriy holati reestr («ledger») yoki tarmoqdagi istalgan tugun uchun o‗qiladigan ―jurnal‖ deb ham ataladi. Albatta, ushbu funksional xususiyatlar asosida ancha murakkab bo‗lgan matematik modellar va algoritmlar yotadi, ammo natijada, barcha atamalar va tafsilotlarni chetlab o‗tib, ular har qanday blokcheyn-tizimning to‗rt asosiy iste‘mol xususiyatlariga to‗g‗ri keladi: Ma‘lumotlar permanentligi (tarixiy o‗zgarmasligi); Transparentlik (reestrdagi har bir blok o‗qish va tahlil qilish uchun ochiq); Ma‘lumotlar barqarorligi (yo‗q qilib bo‗lmasligi); Tranzaksiyalarning qat‘iy ketma-ketligi. Blokcheyn-tizimning ushbu xususiyatlari foydalanuvchida reestrning joriy holati hech qanday retrospektiv aralashuvga uchramagan degan ishonchni hosil qiladi, ya‘ni unda ma‘lumotlarni soxtalashtirish bo‗lmaydi. Ekspertlar muhitida ―blokcheyn‖ (―VS‖, Blockchain) va ―taqsimlangan reestrlar texnologiyalari‖ («DLT», Distributed Ledger Technologies) atamalarini to‗liq o‗xshatish bo‗lmaydi, shu sababdanki, blokcheyn – bu DLT ni amalga oshirishning yagona hodisasi bo‗lgani uchun. Haqiqatda, o‗xshash xususiyatlarni ta‘minlaydigan texnologiyalar yanada ko‗proq bo‗lishi mumkin (hech bo‗lmaganda nazariyada), shu bois terminologik aniqlik uchun biz shundan kelib chiqamizki, blokcheyn – bu taqsimlangan reestr texnologiyasining yagona hodisasi va umuman bunday texnologiyalar haqida so‗z yuritilganda, biz BC/DLT – ya‘ni blokcheyn yoki taqsimlangan reestrlarning boshqa texnologiyasi atamasidan foydalanamiz. Shunday qilib, Bitkoin va yuzlab boshqa kriptovalyuta loyihalarining mashhurligi tufayli, BC/DLT butun dunyo hamjamiyatiga ommaviy foydalanish texnologiyasi sifatida o‗zining ishonchliligini va barqarorligini isbotlab berdi. Bunday mashhurliksiz, ehtimol, hozirgacha BC/DLT ning asosiy so‗z yuritilgan jihatlari (o‗zgarmasligi, transparentligi, barqarorligi va qat‘iy ketma-ketligi) ning ishonchliligida shubhalar bo‗lardi, ammo zamonaviy blokcheynlar hozir - bu o‗z ishonchliligini isbotlagan tizimlardir. 138 BC/DLT ning jihatlarini amaliyotda o‗rganib, hamjamiyat uning insonlar o‗zaro ta‘sirining har qanday tizimlarida qo‗llanilishi imkoniyati to‗g‗risidagi xulosaga kelishdiki, u umumiy ma‘lumotlarning shakllanishi va qo‗llanilishida va ishtirokchilarda ushbu ma‘lumotlarning autentikligi masalalarida bir-biriga ishonmaslikka kamroq bo‗lsa ham asoslar bo‗lgandagi holatlarda quriladi. O‗ylab ko‗rsangiz, hayotda, ayniqsa, fuqarolik huquqiy munosabatlar sohasida bunday holatlar nihoyatda ko‗p. Bundan tashqari, qonun va huquq odamlar bir-biriga ishonishlari shart emas degan asosda ixtiro qilindi. Shu sababli davlat huquqiy munosabatlari sohasida, davlat boshqaruvida ishonchsizlik holatlari ko‗p uchrab turadi, va bunday ishlarni adolatli hal etish uchun maxsus tizimlar yaratilgan, masalan: Huquq va boshqa huquq o‗rnatuvchi yozuvlar reestrlari (EGRP, EGRN va b.); Ketma-ketlikka rioya etilishini talab qiladigan har qanday tizimlar (naprimer, bolalar bog‗chalari va maktablarga bo‗lgan navbatlar, patent organiga talabnomalarning navbatlari, davlat xaridlari bo‗yicha savdo jarayonida talabnomalarning navbatlari va b.); Turli davomiylikdagi ikkita o‗zaro bog‗liq qaytarilmas amaliyotlarni bir xil qilish lozim bo‗ladigan har qanday tizimlar (masalan, huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish bilan har qanday oldi-sotdi). O‗zgarmaslik, transparentlik, barqarorlik va ketma-ketlik BC/DLT ni ma‘lumotlar bilan ishlaganda kafolatlangan ―ozodalik‖ ni talab qiladigan va ma‘lumotlarni suiste‘mol qilish yoki noqonuniy harakatlarni istisno qiladigan bu turdagi tizimlarni yaratish uchun mukammal texnologiyaga aylantiradi. O‗zini tekshirish uchun savollar 1. So‘ngi besh yilda blokcheyn bitkoinga ko‘ra qancha o‘sdi? 2. PETRO kriptavalyutasi qaysi mamlakatda joriy qilindi? 3. Blokcheyn tizimida ma‘lumotlarnisoxtala sohtirib bo‘ladimi? Javobingizni izohlabg. 4. ―DLT‖ atamasini izohlab bering. 5. BC/DLT ni jihatlarini amaliyotda qo‘llash Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling