O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
5.2 Smart-kontraktlar 
Smart-kontraktlar haqida va ayniqsa ularning an‘anaviy kontraktlar 
(shartnomalar) ga hech qanday aloqasi yo‗qligi to‗g‗risida aniq tushuncha 
beradigan payt keldi. 


139 
Smart-kontrakt BC/DLT evolyusiyasida g‗oyat muhim qadam natijasi 
bo‗lib, BC/DLT bajarilishi muhitida ishlaydigan kompyuter dasturidan iborat. 
Bunday dasturning ijro etish dasturi shaffof (kod o‗qish uchun ochiq) va oldindan 
bilinadigan (chunki ijro BC/DLT ning yakkalangan muhitida amalga oshiriladi). 
Blokcheyn-tizim foydalanuvchisi smart-kontrakt ko‗zda tutilgan algoritmga 
muvofiq va boshqa hech qanday tarzda bajarilmasligiga ishonch hosil qilishi 
mumkin, shuning uchun smart-kontrakt ishonch hosil qiladi, deb hisoblash adolatli 
(aniqrog‗i, uning bajarilish tartibi ishonchli). Albatta, bu siz ushbu algoritmni 
anglay bilishingiz sharoitida ishlaydi. 
Smart-kontrakt konsepsiyasi birinchi bor 1990-yillar boshida, hali BC/DLT 
paydo bo‗lishidan oldin, ta‘riflab berilgan, va huquqiy ma‘noga ega edi: smart-
kontrakt kafolatlangan tranzaksiyalar to‗g‗risidagi shartnomaning yangi shakli 
sifatida, yoki munosabatlar sub‘ektlari hech qaysisini nazorati ostida bo‗lmagan 
muhitda dastur qilingan, tranzaksiyalarning qoldirilgan ijrosi bilan bo‗lgan 
shartnoma sifatida taklif etilgan.
Bu erda ta‘kidlash joizki, smart-kontrakt nafaqat BC/DLT da amalga 
oshirilishi mumkin, balki BC/DLT ning paydo bo‗lishi bilan uning bajarilishiga 
ta‘sir etmoq imkonsizligi bilan bog‗liq xususiyatlarini texnik jihatdan ta‘minlash 
mumkin bo‗ldi va shu bois smart-kontraktlar faqat BC/DLT bilan o‗xshatila 
boshlandi. 
Biz ham smart-kontraktni faqat BC/DLT bilan bog‗liqlikda ko‗rib chiqamiz, 
u erda smart-kontrakt – bu taqsimlangan reestrga yozib olingan va ma‘lum 
algoritmga ko‗ra reestrda bitta yoki bir nechta tranzaksiyalar amalga oshiradigan 
kompyuter dasturi xolos, demakki bu dastur: 

BC/DLT muhitida tranzaksion ma‘lumotlarni qayta ishlashning barcha asosiy 
qonunlari (o‗zgarmaslik, transparentlik, barqarorlik va ketma-ketlik) ga 
bo‗ysunadi; 

Bajariladigan dastur kodi ham shu qonunlarga bo‗ysunadi, shu sababli dastur 
kodini almashtirib yoki o‗chirib bo‗lmaydi, demakki bajarish mazmuni va 
xarakterini ham almashtirib yoki deklaratsiya etilmagan usulda bekor qilib 
bo‗lmaydi (umumiy bekor qilinmaslik); 

Albatta, smart-kontrakt bajarishni bekor qilish mexanizmini ko‗zda tutishi 
mumkin, lekin bu har doim shaffof mexanizm bo‗lib, uni boshqa manfaatdor 
tomon ruxsatisiz qilib bo‗lmaydi. Tomonlar smart-kontrakt bajarishni bekor qilish 
holatlarini oldindan kelishib olishadi. Lekin smart-kontrakt odatda bekor qilish va 
maqsadli tranzaksiyaga har qanday aralashish imkonsizligini ta‘minlash uchun 
yaratiladi (aks holda u befoyda bo‗lardi), shuning uchun bekor qilinmaslikni 
―umumiy bekor qilinmaslik‖ deb atash lozim. 


140 

Dasturning har bir ishga tushirilishi va ishga tushirish parametrlari reestrda qayd 
etiladi. 
Ushbu xususiyatlar birgalikda majburiyatlarni bajarish sharoitlarining, 
ko‗pincha real huquqiy bitimlar muhitida ilgari ulashilmas xususiyatini – 
majburiyatlarni bajarishning kelishilgan tartibiga rioya etiladi, tartibning 
buzilishini esa manfaatdor tomonlardan yashirib bo‗lmasligiga bo‗lgan ishonchni 
ta‘minlaydi. 
Ushbu imkoniyatni namoyish etish uchun biz ko‗chmas mulk oldi-sotdi 
bitimini aqlli shartnoma yordamida tuzilgan va bajarilgan kabi abstrakt misol 
keltiramiz.
Agar ko‗chmas mulk operatsiyalari blokcheyn ro‗yxatidan o‗tgan va shu 
tarmoq kriptovalyutasi bilan to‗lanadi, deb tasavvur qilsak, u holda ko‗chmas mulk 
oldi-sotdisining smart-kontraktini yozish mumkin bo‗lib, uning doirasida 
quyidagilar amalga oshiriladi: 

xaridorning hisob varag‗idagi ma‘lum summani blokirovka qilish va davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish fakti (huquqiy ekspertiza natijasi) ni kutish; 

davlat ro‗yxatidan o‗tkazish ijobiy natija bergan taqdirda summani xaridor 
hisobidan sotuvchining hisob varag‗iga o‗tkazish, bu esa o‗z navbatida avtomatik 
ravishda sotuvchidan xaridorga yozuv huquqining qarama-qarshi o‗tkazilishini 
taqozo etadi. 
Shunday qilib, bitim tasvirlangan tarzda ijro etilishiga va hech kim uning 
ijrosi davomida aralashmasligiga amin bo‗lib, biz xaridor va sotuvchi o‗rtasidagi 
ishonchsizlikni bartaraf etamiz, ya‘ni ro‗yxatdan o‗tib, lekin pul to‗lanmaydi, yoki 
aksincha – ro‗yxatdan o‗tmaydi, lekin pulni qaytarib bo‗lmaydi. Bugungi kunda 
biz ushbu xavflarni bank qutilari va akkreditivlar yordamida kamaytiramiz, ya‘ni 
uchinchi tomonni jalb qilamiz. BC/DLT bilan bo‗lgan taqdirda, ―uchinchi tomon‖ 
smart-shartnomaning o‗zi, uning ruhsiz amalga oshirish mexanizmi hisoblanadi. 
Aslida, siz huquqiy tartibga solish nuqtai nazaridan smart-shartnoma 
mohiyati haqida bilishingiz kerak bo‗lgan barchasi shu. Tranzaksiyani xolisona 
bajarish – smart-shartnomaning asosiy vazifasi va uning asosiy amaliy qiymatidir. 
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. Smart-kontrakt nima? 
2. Smart-kontrakt konsepsiyasi qachon tariflab berilgan? 
3. Smart-kontrakt- bu kompyuter dasturi ekanligini izohlab bering? 
4. Mol-mulk oldi-sotdi bitimini aqlli shartnoma yordamida tzish va 
bajarilishiga misol eltiring. 
5. Smart-kontrakt moxiyatini tushintirib bering. 


141 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling