152
Aktivlari bilan ta‘minlanmagan kriptovalyutalar -
ularning emitentining
haqiqiy aktivlari bilan ta‘minlanmagan kriptovalyutalar (masalan, Bitcoin [BTC]
moddiy va passivlar bilan ta‘minlanmagan birinchi va keng tarqalgan
kriptovalyutalar).
Aktivlari bilan ta‘minlanmagan tokenlar - ularning emitentining real
aktivlari bilan ta‘minlanmagan va / yoki faqat raqamli qiymat obyektlariga bo‗lgan
huquqni tasdiqlovchi tokenlar.
alpari.com – Xalqaro miqyosdagi moliyaviy kompaniya sayti
Altcoin - bitkoindan tashqari boshqa har qanday kripto valyutasining umumiy
nomi.
Altcoin - bu Bitcoin-ga alternativa bo'lgan
barcha raqamli aktivlarni
tavsiflovchi atama. Birinchi altkoinalar 2011 yilda paydo bo'lgan, ular Litecoin va
Namecoin edi.
Altkoin - "bitkoinga alternativa" qisqartmasi. Bu boshqa kripto-
valyutalarning qisqa nomi. Ularning mohiyati bitcoin operatsiyasining kamida bitta
parametrini o'zgartirish (tranzaksiya tezligi, qazib olish
algoritmi yoki tangalarni
tarqatish usuli). Aksariyat yangi altkoinlar uzoq vaqt xizmat qilmaydi.
All Time High (ATH) - kripto valyutasining tarixiy maksimal qiymati.
Masalan, bitkoin kursi ATH-ni 2017 yil dekabr oyida 20000 dollarga o'rnatdi.
Anonimlik1 - pul mablag‘lariga anonim jihatdan (egasi ko‘rsatilmagan xolda)
egalik qilish va ulardan foydalanishning anonimliligi (bunga tranzaktsiyalar ham
kiradi)
Anonimlilik2 – blokcheyn ishtirokchisining
elektron hamyoni telefon
raqamiga ham, nomga ham, manzilga ham bog‘liq bo‘lmaydi.
Unda faqatgina
blokcheynda qayd qilingan hamyon nomeri va unga bog‘liq bo‘lgan hamda egasi
biladigan parol bo‘ladi holos. Blokcheynning shaffofligidan
foydalangan xolda
transaktsiyalar haqidagi ma‘lumotlarni ko‘rganda hamyonlar qancha bitkoin
olganini bilish mumkin, uning egasini aniqlab bo‘lmaydi (albatta uning o‘zi buni
aytmasa). Agarda kriptovalyuta egasi hamyon nomeri yoki parolni yo‘qotib
qo‘ysa, u xolda uning o‘zi ham tizimga kira olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: