O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Texnik talablar.
- 7. Operator maqomi.
- O‗zini tekshirish uchun savollar
5. Muvofiqligini tasdiqlash.
Tizimni ro‗yxatga olish BC/DLT xususiyatlarining mavjudligini tekshirish uchun tekshiruv natijalariga asoslangan bo‗lishi kerak. Tekshirishning alohida 149 reglamenti, ya‘ni mezonlar va me‘yorlar manbai sifatidagi moddiy me‘yoriy akt - BC/DLT ning texnik talablariga asoslanishi kerak bo‗lgan muolajaviy me‘yoriy akt talab qilinadi. Muvofiqlikni tasdiqlashning ikki rejimidan foydalanish mumkin: 1. Akkreditatsiya - individual qaror, odatda, BC/DLT ni xususiy, noyob amalga oshirish muvofiqlikni tasdiqlash (ekspertiza natijalari asosida), faqat sertifikatlanmagan vosita ishlatilgan holatdagina amalga oshiriladi. 2. Sertifikatlash - har qanday ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiquvchi hamjamiyatning seriyali mahsulotiga (dasturiy ta‘minotiga) muvofiqligini tasdiqlash (ekspertiza natijalari asosida). 6. Texnik talablar. Aslida, Texnik talablar - normativ-huquqiy hujjat yoki texnik baholash mezonlarini o‗z ichiga olgan tegishli harakatlar guruhi bo‗lib, uning haqiqiy axborot tizimida mavjudligi BC/DLT ning muhim funksional xususiyatlarini va alohida turlarini ta‘minlaydi. Eslatib o‗tamiz, ichki tuzilmaning turli mezonlari, qo‗llanilayotgan IT texnologiyalariga ko‗ra BC/DLT axborot tizimlarining tatbiqlari va boshqalar ko‗p bo‗lishi mumkin, ularning orasidagi normativ-huquqiy siyosat maqsadidagi huquqiy farqni yuristlar bilan muhandislar birgalikda belgilashlari kerak. 7. Operator maqomi. Operatorning alohida huquqiy maqomi juda muhimdir. Avvalo, markazsizlashtirilgan tizimlarda va, xususan, BC/DLT da, egalar va operatorlar yo‗qligini tushunish kerak (aks holda bu BC/DLT tabiatiga zid bo‗ladi). Lekin tizimning o‗z-o‗zidan rivojlanayotganini tan olish ham o‗ta engiltaklikdir. BC/DLT yagona markazga ega emasligini bilish muhimdir, barcha texnologiyalar tarmoq tugunlarida – bir-birining funksiyalarini takrorlaydigan va almashadigan tarmoq ishtirokchilarining kompyuterlarida amalga oshiriladi. Blokcheyn-tizim – bu, odatda, barqaror tarqalgan tarmoq tuzilishi bo‗lib, u ko‗plab boshqa resurslardan iborat bo‗lgan o‗z ekotizimi muhitida muayyan dasturiy ta‘minotda ishlaydi. Va bu resurslarning meynteyneri, egasi yoki koordinatori mavjud bo‗lib, unga ham qonuniy talablar qo‗yilishi kerak, ammo bu alohida tahlilga loyiqdir. O‗zini tekshirish uchun savollar 1. Taqsimlangan reestrlar ma‘lumotlarining huquqiy tartibi nima? 2. Smart-kontratlardan foydalanish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar. 3. Smart-kontraktlar tasnifi 4. Tizimni posportlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish. 150 5. Muvofiqlikni tasdiqlash nima? 6. Texnik talablar nima? 7. Operator maqomi nima? Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling