O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

5. Muvofiqligini tasdiqlash. 
Tizimni ro‗yxatga olish BC/DLT xususiyatlarining mavjudligini tekshirish 
uchun tekshiruv natijalariga asoslangan bo‗lishi kerak. Tekshirishning alohida 


149 
reglamenti, ya‘ni mezonlar va me‘yorlar manbai sifatidagi moddiy me‘yoriy akt - 
BC/DLT ning texnik talablariga asoslanishi kerak bo‗lgan muolajaviy me‘yoriy akt 
talab qilinadi.
Muvofiqlikni tasdiqlashning ikki rejimidan foydalanish mumkin: 
1. Akkreditatsiya - individual qaror, odatda, BC/DLT ni xususiy, noyob 
amalga oshirish muvofiqlikni tasdiqlash (ekspertiza natijalari asosida), faqat
sertifikatlanmagan vosita ishlatilgan holatdagina amalga oshiriladi. 
2. Sertifikatlash - har qanday ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiquvchi 
hamjamiyatning seriyali mahsulotiga (dasturiy ta‘minotiga) muvofiqligini 
tasdiqlash (ekspertiza natijalari asosida).
6. Texnik talablar. 
Aslida, Texnik talablar - normativ-huquqiy hujjat yoki texnik baholash 
mezonlarini o‗z ichiga olgan tegishli harakatlar guruhi bo‗lib, uning haqiqiy 
axborot tizimida mavjudligi BC/DLT ning muhim funksional xususiyatlarini va 
alohida turlarini ta‘minlaydi. 
Eslatib o‗tamiz, ichki tuzilmaning turli mezonlari, qo‗llanilayotgan IT 
texnologiyalariga ko‗ra BC/DLT axborot tizimlarining tatbiqlari va boshqalar ko‗p 
bo‗lishi mumkin, ularning orasidagi normativ-huquqiy siyosat maqsadidagi 
huquqiy farqni yuristlar bilan muhandislar birgalikda belgilashlari kerak. 
7. Operator maqomi. 
Operatorning alohida huquqiy maqomi juda muhimdir. 
Avvalo, markazsizlashtirilgan tizimlarda va, xususan, BC/DLT da, egalar va 
operatorlar yo‗qligini tushunish kerak (aks holda bu BC/DLT tabiatiga zid 
bo‗ladi). Lekin tizimning o‗z-o‗zidan rivojlanayotganini tan olish ham o‗ta 
engiltaklikdir. BC/DLT yagona markazga ega emasligini bilish muhimdir, barcha 
texnologiyalar tarmoq tugunlarida – bir-birining funksiyalarini takrorlaydigan va 
almashadigan tarmoq ishtirokchilarining kompyuterlarida amalga oshiriladi. 
Blokcheyn-tizim – bu, odatda, barqaror tarqalgan tarmoq tuzilishi bo‗lib, u 
ko‗plab boshqa resurslardan iborat bo‗lgan o‗z ekotizimi muhitida muayyan 
dasturiy ta‘minotda ishlaydi.
Va bu resurslarning meynteyneri, egasi yoki koordinatori mavjud bo‗lib, unga 
ham qonuniy talablar qo‗yilishi kerak, ammo bu alohida tahlilga loyiqdir.
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. Taqsimlangan reestrlar ma‘lumotlarining huquqiy tartibi nima? 
2. Smart-kontratlardan foydalanish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar. 
3. Smart-kontraktlar tasnifi 
4. Tizimni posportlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish. 


150 
5. Muvofiqlikni tasdiqlash nima? 
6. Texnik talablar nima? 
7. Operator maqomi nima? 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling