3. Smart-shartnoma tasnifi
Mintaqaviy huquqiy tizim paradigmasida bo‗lib, qonuniy va mantiqiy
jihatdan aniq ta‘rifni shakllantirish lozim – smart-shartnomaning barcha umumiy
huquqiy xususiyatlari, o‗ziga xos belgilari, shuningdek, mustaqil huquqiy institut
sifatida malaka tizimida birlashtirilgan shaxsiy atributlar.
Shuni esda tutish kerakki, BC/DLT
texnologiyalari juda tez rivojlanmoqda,
shuning uchun texnologiyaning tavsifiga asoslangan ta‘rif aniq eskirgan bo‗ladi.
Bu shuni anglatadiki, ta‘rifni ishlab chiqishda iloji boricha qisqacha smart-
shartnomaning asosiy mohiyatini va texnologiyalarni rivojlantirish bilan
o‗zgarmaydigan muhim xususiyatlarni ta‘kidlash kerak.
O‗ziga xos xususiyatlar mezonlari quyidagicha bo‗lishi mumkin:
joylanish muhiti (―on-chain‖ - ommaviy, yoki ―off-chain
‖
- xususiy blokcheynlar);
dastur kodi spetsifikatsiyasi;
tekshirish usuli.
Individual xususiyatlar quyidagicha bo‗lishi mumkin:
identifikatsion atributlar (shartnoma manzili va b.);
egasi (hisobga olish yozuvi, hamyon va b.);
shartnomaning dastur kodi.
4. Tizimni pasportlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
Bu erda so‗z bevosita BC/DLT ning axborot tizimi haqida boradi. Agar bizga
BC/DLT va smart-shartnoma shu‘ba texnologiyasining asosiy xususiyatlari muhim
bo‗lsa, ushbu xususiyatlarni tekshirish bo‗yicha ekspertiza bo‗lishi lozim, uning
natijalari bo‗yicha blokcheyn-tizim registratsion maqom va umumlashtirilgan
formal guvohnoma (pasport) ga ega bo‗ladi. Bu jarayon tasnif deb ataladi, ya‘ni
huquqiy tartib axborot tizimiga BC/DLT ning axborot tizimi o‗zlashtiriladi.
BC/DLT xususiyatlari axborot tizimida doimiy monitoringni zarurati
murojaat qilmaslik uchun dasturiy kod bazasining va ro‗yxatga olish bazalarining
autentikligini ta‘minlaydigan bunday sertifikatlash tartibini nazarda tutish kerak
(masalan, xesh-summalardan foydalanish).
Do'stlaringiz bilan baham: |