O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.78 Mb. Pdf ko'rish
|
124 (1)
Qisqacha xulosalar:
Yangilik kiritishlar va investitsion loyihalar investitsion samaradorligining korxona investitsion faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilishda xarajatlarning umumiy summasi va tugallanmagan qurilish bo’yicha xarajatlar miqdoridan xarajatlarning yangilitk kiritishlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan asoslangan qismini chiqarib tashlash zarur. Innovatsiyalar (yangilik kiritishlar) va investitsion loyihalar samaradorligi qiyosiy-tahliliy ko’rsatkichlarning butun majmuasi uchta guruhga bo’linadi. Ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda ularni amalga oshirilishiga sabab bo’lgan yakuniy maqsadlardan kelib chiqishi zarur. Shuning bilan birga ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko’rsatkichlari tizimi korxonaning ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion faoliyati ko’rsatkichlari tizimi bilan to’liq moslashgan bo’lishi shart. Mavzuni mustaqil o’zlashtirish uchun savollar: 1. Korxona samaradorligini yangilik kiritishlar samaradorligi bilan o’zaro aloqasini tahlil qilish uchun ko’rsatkichlarning qanday tizimidan foydalaniladi? 2. Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlariga nimalar kiradi ? 3. Qanday xususiy ko’rsatkichlar moddiy xarakatlarning samaradorligini ta’riflaydilar ? 4. Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlarini ta’riflab bering . 5. Yakuniy moliyaviy natijani shakllantirish sxemasini izohlang . 6. Korxona investitsion faoliyatini tahlil qilish uchun qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi ? 185 7. Innovatsion loyihalar samaradorligining tahlili uchun qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi ? 8. Ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarni hisoblashning asosiy bosqichlarni ko’rsating . Download 2.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling