O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Download 2.97 Mb.
bet24/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Vizual materiallar
1-savol. Detallami payvandlash yordamida biriktirish haqida ma’lumot berish.
1-ilova
Metall detallarini tanlangan joy ini yuqori harorat hisobiga bir-biri- ga ulash yoki birgalikdagi deformatsiya natijasida ulash va shu hisob- dan mustahkam bog‘lanishi payvandlash deb ataladi.
Qizdirish usuliga qarab payvandlash gazli yoki elektr-payvandli- larga boiinadi.
Gazli payvandlash qalinligi uncha katta boimagan metall jismlar- ni ulash uchun ishlatiladi. Bunda issiqlik manbayi, yonuvchi gazning (atsetilen, propan, vodorod va boshqa) kislorodda yonishi hisobidan paydo boiadi. Ko‘pincha atsetilen bilan texnik kislorod qo‘shilmasi ishlatiladi.
26-rasmda gaz bilan payvandlash uchun kerak boigan uskunalar tasvirlangan. Oq rangli ballonda atsetilen boiadi. Atsetilen vintel va reduktor orqali chiqadi. Kislorod ko‘k rangdagi ballondan reduktor orqali chiqadi. Ikkala gaz shlanglar orqali gorelkada qo‘shiladi. Atseti­len va kislorodning ma’lum nisbatida yonish temperaturasi 3150°C ga ko‘tariladi.
Gaz bilan payvandlanayotgan paytda payvand tizimi uchun metall sim ishlatiladi. Payvandlanayotgan metall va ishlatiladigan simning kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak.
Maxsus gorelka va gaz bilan payvandlash uskunasi yordamida ke- sish ham mumkin. Kesish metallni 1000-1180°C haroratgacha qiz- dirishdan boshlanadi. Keyin kislorodning qirquvchi oqimi qizigan metall bilan reaksiyaga tushadi, natijada issiqlik ajralib chiqadi va me­tallni pastki qatlamlarini qizdiradi.
Gaz bilan payvandlash uskunasi bilan ishlash paytda judayam eh- tiyotkorlik, tajriba va maxsus tayyorgarlik talab qilinadi.
Elektrpayvandning ikkita turi mavjud: yoyli va kontaktli. Elektr yoyli payvandda asosiy boigan uskuna payvandlash apparati hisobla- nadi. Simlaming biri ishlanadigan detalga ikkinchisi elektrodga ulana- di. Elektordlar po‘lat elektrodli simlardan tayyorlanadi. Payvand sifati yuqori bo‘lishi uchun elektrodlar maxsus o‘rama bilan qoplanadi va u metallni oksidlanishdan saqlaydi.





26-rasm. Gaz bilan payvandlash uchun uskunalar: 1 - gorelka, 2 - shlanglar; 3 - reduktor; 4 - kislorodli ballon; 5 - atsetilenli ballon


2 7-rasm. Elektrpayvand uchun uskunalar: 1 - shlem maska; 2 - elektrod; 3 - detal; 4 - payvand apparati; 5 - simlar



Qo‘l bilan ishlatiladigan elektr yoy payvandlash jarayoni quyida- gicha (27-rasm). Awal ulanadigan detallaming qalinligiga qarab to‘k kuchi to‘g‘rilanib olinadi. Keyin detal va elektrodni qisqa tutashtirila- di, natijada kontakt boigan joyda harorat keskin ko‘tariladi. Bundan keyin elektrod detaldan 3-5 mm uzoqlikka olinadi va elektr yoy paydo boiadi. Keyin elektrodni asta yurgiziladi va erigan metall ulanadigan joyga oqizib tushiriladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling