O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-savol. Yog‘ochning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari haqida ma’lumot berish


Download 2.97 Mb.
bet37/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

3-savol. Yogochning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari haqida ma’lumot berish.

3-ilova


Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘och duradgorlikda ishlatila­digan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va inshootlarda, av- tomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko‘mir sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqa sohalarda foydalaniladi.


31-rasm. О‘sib turgan daraxt qismlari
Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xos- salarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni yengil, pux- taligi yuqori, issiqlik va elektmi yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlaming tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchan bo‘ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik o‘zgarishi nati- jasida yog‘och qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, eshilib-toblanadi, yori- ladi va hokazo. Yog‘ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishda turlichadir, yog‘ochning mexanik xos­salari nam ta’sirida keskin kamayadi.
Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlaming yemirishiga qarshilik ko‘rsata olmaydi.


32-rasm. Yog‘och tanasining ko‘ndalang qirqimi
Yog‘och deb daraxtning tanasi, butoqlari, novdalari va ildizlarining asosiy qismidan olinuvch materialga aytiladi. (31-rasm). Daraxtning yog‘och hosil qiluvehi tanasi — o‘zak, yog‘ochli tola, po‘stloqdan iborat bo‘ladi.
Yog‘oeh uch xil yo‘nalishda kesib tekshiriladi:

  1. daraxt tanasining ko‘ndalang kesmasi;

  2. daraxt tanasining markazidan uning radiusi yoki diametri bo ‘ u lab uzu- nasiga o‘tgan radial kesmasi;

d) daraxt tanasining markazidan o‘t- may, aylana vatari bo ‘ u lab uzunasiga o‘tgan tangental kesmasi.
Shu bilan birga yog‘och to‘qimalari o‘zida tegishli moddalami to‘plab o‘sib boradi. Yog‘ochning o‘sishi uning ko‘n- dalang qismidagi yillik halqalaridan ko‘rinadi (32-rasm).
Bu halqalar soni shu yog‘ochning yoshini bildiradi. Har bir daraxtning yog‘ochi uning og‘irligini ko‘tarib turish, turli ta’sirlarga chidamliligini ta’minlash vazifalarini ham bajaradi. Daraxtning tanasi, butoqlari, shoxlari, novdalari va ildizi uning yog‘och qismini tashkil qiladi. Daraxtning tanasi uning asosiy yo‘g‘on yog‘och qismi bo‘lib, ildizlar bilan barglar orasidagi modda almashinuvini ta’minlash hamda daraxtning yerdan ustki qismini ko‘tarib turish vazifalarini bajaradi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling