O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan


Download 2.97 Mb.
bet40/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi.
1. Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari haqida ma’lumot berish.
2. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘ochlar haqida tushuncha berish.
2.3. O’quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi.

2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi.
O’ylaydi, javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.

2.2. Chizmalar va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.


2.3. Eslab qoladi.


qoidalar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar keltiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(15 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o‘quvchilar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.2. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag’batlantiradi.

3.1. Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.

Vizual materiallar
1-savol. Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari haqida ma’lumot berish.


1-ilova
Xodalarni tilish (bichish) yo‘li bilan arralangan materiallar olina­di, ulardan esa arralangan tanavorlar (zagotovka) tayyorlanadi. Arra­langan detallar xodalaming o‘zini arralab (tilib) olinadi.
Arralangan materiallar (33-rasm) muayyan o‘lchamli va sifat- li arralangan mahsulot bo‘lib, ikkita parallel yassi yuzasi (qatlami) bo‘ladi. Arralangan materiallar radial va tangensial ko‘rinishda tilin- gan bo‘lishi mumkin.
Randalangan taxta deb, loaqal bitta yuzasi yoki chetiga randalab yoki frezalab ishlov berilgan materialni aytiladi.
Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning ko‘rinishi, yaroqliligi va ya- roqsizligi hamda qattiq-yumshoqligi, zichligi hamda har turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi.
Yog‘ochning qattiqligini unga o‘zidan qattiq buyumlaming uchi- ni, tig‘ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi.
Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishini, undan imoratlar, ko‘priklar va shu kabilar qurishda asosan tajriba yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday tajriba va hisob-kitoblar asosida har bir maqsad uchun qanday yo‘g‘onlikdagi va uzunlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligi aniqlanadi.




33-rasm. Arralangan materiallar assortimenti: a) plastinka; b) choraktalik; d) tozalab qirqilgan taxta; e) cheti qirqilgan reyka; f) ikki qirrali brus; g) tozalab qirqilgan brus; h) kapantaxta; i) uch qirrali brus; j) shpala


Yog‘och daraxtni hosil qiluvchi asosiy material boiib, daraxt tanasidagi suv va boshqa moddalami kerakli yo‘nalishlarda o‘tkazib turish xususiyatiga ega, hamda o‘ziga tushayotgan og‘irlikni ko‘ta- rib turish vazifasini bajaradi. Daraxt kesilgandan keyin yog‘och to‘- qimalari orasidagi suv harorat ta’sirida tashqariga chiqishi natijasida yog‘och quriy boshlaydi. Bunda suv yog‘ochning hamma to‘qimalari orasidan bir tekisda va bir xil vaqt oraliqlarida chiqib tursa, yog‘och tanasi yorilmasdan quriydi. Agar aksincha yog‘ochning biror qismidagi to‘qimalari orasidan suv ko‘proq, boshqa qismidan esa kamroq tashqariga chiqa boshlasa hamda bundan tashqari, yog‘ochning turli qismlaridagi suv tashqariga bir vaqtda chiqmasa, yog‘och tanasi bir tekis qurimaydi. Buning natijasida yog‘och tanasida yoriqlar pay do bo‘lishi, yog‘ochning buralish yoki bukilish hodisalari kelib chiqadi (33-rasm).
Bunday hollaming oldini olish uchun yog‘ochni to‘g‘ri quritish qoidalariga rioya qilinadi. Buning uchun ho‘l yog‘ochni to‘g‘ri holat­da kerakli og‘irlikdagi yuk bilan bostirib qo‘yish va uning sirtiga havo oqimi bir tekisda tegadigan bo‘lishini ta’minlash hamda to‘liq quriguncha shunday holatda saqlash kerak.
Bundan tashqari agar yog‘ochni biror buyumni yasash uchun kerakli shaklda yetarli holatga keltirish lozim bo‘lsa, ho‘l yog‘ochni kerakli shaklini hosil qilgan holatga keltirib, tegishli og‘irlikdagi yuk bilan bostirib qo‘yiladi.
34-rasm. Yog‘ochning yorilishi yoki tegishli moslamalar bilan mahkam uning sirtiga havo oqimi bir tekisda bo‘lishini ta’minlab, quriguncha shunday holatda saqlanadi.
Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akatsiya kabi qattiq yog‘ochlarga qoqib bo‘lmaydi, tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga 34-rasm
esa asosan qoqiladi.
Hamma yog‘och turlari yaxshi yonadigan material hisoblanadi. Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlami yong‘indan saqlash choralari ko‘riladi. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi bar- cha talablami vaqti bilan bajarib borish shart.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling