O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-savol. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘ochlar haqida tushuncha berish


Download 2.97 Mb.
bet41/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

2-savol. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘ochlar haqida tushuncha berish.
2-ilova
Duradgorlikda bir necha xil daraxt turlaridan foydalaniladi. Quyida shulardan ayrimlarini ko4rib chiqamiz.
Terak. Baqaterak va mirzaterak turlari mavjud bo‘lib, ular bir- birlaridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Baqaterak- ning po‘stlog‘i oqko‘kish rangli, silliq bo‘lib, tanasining pastki qismida chatnog‘i bo‘ladi. Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mirzaterakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi to‘g‘ri, baqaterakka nisbatan kam shox boiadi, undan yaxshi sifatli xoda olinadi.
Shumtol. Shumtol yog‘ochi och-qizgish rangli, puxta, pishiq, egiluvchan boiib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalaniladi va yaxshi pardozlaniladi. Mayin tolali, yillik halqalari aniq bilinadi, tabiiy guli chiroyli. Buglangan holda yaxshi egiluvchan boiadi. Shumtol mebel sanoatida, faner tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, samalyotsoz- lik korxonalarida ishlatiladi.
Qarag‘ay. Qarag‘ayning po‘stlog‘i qalin, to‘q jigarrang, yog‘ochi oq-qizgish rangli, to‘g‘ri qatlamli, yengil, puxta, smolali boiib, namga chidamli.
Buk (qoraqayin). Qoraqayin sargish-qizglmtir tovlanadigan oqish tusli, radial qirqimi bo‘yicha chiroyli tabiiy gulli, namga chi- damsiz, qattiq qovushqoq yog‘och. Shuning uchun undan egib ishla- nadigan mebellar, randalangan faner, chizmachilik asboblari tayyorla­nadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi.
Nok qizg‘ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir tekis zichlikka ega, qattiq va silliq yog‘och. Ishlov berish qulay. Nok 150-300 yilgacha yashaydi,
Dub (eman). Eman yog‘ochi to‘q jigarrangli, yillik halqalari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tolali bo‘ladi. Mexanikaviy xossa­lari juda yuqori, ishlash qiyin, zichligi katta. Suvda chirimaydi, namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shuning uchun undan yerosti qurilish- larida, mashinasozlikda, mebellami fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling