O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Download 2.97 Mb.
bet67/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Vizual materiallar
1-savol. Egovlar tuzilishi va turlari haqida ma’lumot berish.
1-ilova
Egovlar ham kesuvchi asboblar hisoblanadi. Ular o‘lchami va shakli har xil bo‘lgan hamda ish yuzasiga tishlar o‘yilgan polosa, brusok yoki chiziqdan iboratdir. Egovlar profiliga, tishlaming shak- liga, qanday joylashganiga va o‘lchamlariga qarab xilma-xil bo‘ladi. Egovlar yassi, kvadrat, uch qirrali, dumaloq shakllarda tayyorlanadi. Ularning shakllariga qarab egovlashda qo‘llaniladi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, egovlar yordamida dag‘al, toza va mayin tekislik holatigacha ishlov beriladi. Egov bilan zagotovkadagi kichik qo‘yim olib tashlanadi va shundan so‘ng detal chizmada ko‘rsatilgan aniq o‘lchamlar va shaklga ega bo'ladi.
Tishlaming kattaligi va ish qismining 10 mm uzunlikdagi soniga qarab egovlami quyidagi turlarga bo‘linadi: dag‘al - 5-12 tishli egovlar dastlabki zagotovkaning sirtiga xomaki ishlov berishda qoilaniladi. Toblangan egovning sig‘imi zich (qattiq), xira kulrang baxmalsimon boiishi lozim. Ulardan charxlash, kesish va jilvirlash uchun ishlatiladigan har turli abraziv asboblar tayyorlanadi.
59-rasmda egovning umumiy ko‘rinishi va chuqurchalari tasvir- langan. Chuqurchalar orasida hosil bo‘lgan bo‘rtiqlar egovning tishlari hisoblanib, ular pona shaklida bo‘ladi.
Egovlar asbobsozlik polatidan yasaladi. Ular bir-biridan ko‘nda- lang kesimining shakli, o‘ydim-chuqurlarining ko‘rinishi, bitta uzunlik birligidagi bo‘rtiqlarining soni va ishchi qismining uzunligi bilan farq- lanadi.
Ishlash vaqtida egovni ilgarilama-qaytma harakatlantiriladi va uning oldinga harakatlanishi ish yurishi, orqaga harakatlanishi - sal yurish bo‘ladi. Ish yurishi jarayonida asbob zagotovkaga bosiladi va salt yurishda bosilmaydi.





Dasta




Qirra
Yonlar




59-rasm. Egovlar: a) tuzilishi; b) bir qirrali; d) ikki qirrali; e) nuqta qirrali

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling