O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Download 2.97 Mb.
bet64/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

O’quv faoliyatining natijalari:
O’quvchi:
1. Bolg‘alar va ularning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

O’qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blits-so’rov, bayon qilish texnikasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, proyektor, tarqatma materiallar, ko’rgazmali plakatlar.

O’qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O’qitish shart-sharoitlari

Mehnat ish qurollari va asbob-uskunalari bilan jihozlangan xona.


Amaliy mashg’ulotlarining texnologik xaritasi

Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni



O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich
Kirish
(10 min.)

1.1.Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

1.1.Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.
Asosiy
(20 min.)

2.1. O’quvchilarning etiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o’tkazadi.
1. Bolg‘alar bilan qanday ishlar bajariladi?
2. Bolg‘a qaysi qismlardan iborat?

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi.
1. Bolg‘alar va ularning turlari haqida ma’lumot berish.

2.3. O’quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi.

2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi.
O’ylaydi, javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.

2.2. Chizmalar va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.


2.3. Eslab qoladi.


qoidalar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar keltiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(15 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o‘quvchilar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.2. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag’batlantiradi.

3.1. Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.

Vizual materiallar
1-savol. Bolg‘alar va ularning turlari haqida ma’lumot berish.


1-ilova
Yog‘och qismlarini yig‘ishda iskanalar yordamida o‘yish-teshish ishlarini bajarishda duradgorlik bolg‘alari va yog‘och to‘qmoqlardan foydalaniladi.
Duradgorlik bolg‘alari kvadrat, doira muhrali bo‘- lib, ichki qismi har xil ko‘rinishda bo‘ladi (57-rasm, a, b). Ayrim bolg‘alaming uchki qismi mix sug‘urishga moslangan. Duradgorlik bolg‘alarining muhrasi tekis va silliq bo‘lishi, qavariq va ezilgan joy- lari bolmasligi kerak. Qavariq va ezilgan muhrali bolg‘alar yog‘och sirtini ezib, tekisligini buzadi.
Yog‘och qismlarini biriktirish, jipslash hollarida bolg‘a urilayotgan sirtlar ezilmasligi uchun ularning ustiga qattiq yog‘ochlardan ehtiyot taxtasi qo‘yiladi. Qismlarni mixlash yo‘li bilan biriktirishda mixning sirtga tik qoqilishiga, ularning egilib yog‘ochni ezib qo‘ymasligiga e’tibor beriladi. Mix kallagini yog'ochga bolg‘alab botirilmasdan balki uning ustiga sumba qo‘yib qoqiladi. Aks holda bolg'aning notekis tushishi oqibatida sirt ezilib qoladi.




57-rasm. Duradgorlik bolg‘alari va yog‘och to‘qmoqlar: a) kvadrat muhrali; b) doiraviy muhrali bolg‘alar; d) yog‘och to‘qmoqlar

Iskana bilan o‘yish-teshish ishlarini bajarishda dastani ezib qo^ymaslik uchun bolg‘a o‘mida yog‘och to‘qmoqdan foydala­nish ma’qul (57-rasm, d). Yog‘och to‘qmoqning muhrasi katta va te­kis bo‘lib, iskana dastalarini, yog‘och sirtlarini ezmaydi, uning yor­damida bolg‘alash qulay. O‘quvchilar o‘yish-teshish vaqtida bolg‘ani qo‘llariga urib olmasliklari uchun ko‘zlarini dastadan olmaydi- lar, tig‘ga esa e’tibor bermaydilar. Buning natijasida iskana rejadan chiqib, yog‘ochni o‘yib qo‘yadi. Shuning uchun buyumlami yig‘ish, qismlaming jipsligini ta’minlash, iskanalar bilan ishlashda yog‘och to‘qmoqlardan foydalaniladi.


Yog‘och to‘qmoqlar qayrag‘och, chinor, akastiya tut kabi qattiq pishiq yog‘ochlardan randalab yoki yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogida yo‘nib ishlanadi.
Po‘lat va plastik bolg‘alar va to‘qmoqlar bilan metallga ishlov be­rish texnologiyasi bo‘limida tanishgansiz.


Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling