O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


I.2. O’ZBEKISTONDA ARXIV MUASSASALARINI TURLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 92.61 Kb.
bet3/8
Sana06.06.2020
Hajmi92.61 Kb.
#115333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekiston tarixini organishda arxiv manbalaridan foydalanish-конвертирован

I.2. O’ZBEKISTONDA ARXIV MUASSASALARINI TURLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI

Hozirgi kunda Respublikamizda 103 ta davlat arxivlari, 116 ta shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi va 7500 dan ortiq idoraviy arxivlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarda 8000 dan ortik arxiv muassasasi xodimlari faoliyat ko’rsatmoqda. Arxiv muassasalari faoliyatini tashkil etish, boshqarish, ularni huquqiy-me’yoriy asoslari

2010 -yil 15-iyun qabul qilingan” Arxiv ishi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonunida o’z aksini topgan22.

Arxivlar davlat va nodavlat hamda idoraviy, shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari shuningdek shaxsiy arxivlar bo’lishi mumkin.

Respublikamiz arxivt izimida davlat arxivlari asosiy arxiv muassasasi sifatida faoliyat yuritadi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 1958-yili O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivi hamda O’zSSR Oktyabr inqilobi va sotsialistik qurilish Markaziy davlat arxivining (1931-yilda tashkil topgan) qushilishi natijasida tashkil topdi. 1991-yildan esa O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb nomlanadi.

Arxivda milliy davlat chegaralanishiga qadar Turkmaniston, Qirg’iziston va O’zbekistonning bir qismi kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O’zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanadi. O’zbekiston Respublikasi MDAning asosiy vazifalari:

-arxiv yo’nalishi bo’yicha hujjatlar bilan jamlash;

-arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy-ma’lumot apparatini rivojlantirish va takomillashtirish;

-arxivda saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlovini ta’minlash;







22 Архив иши тугрисида Узбекистон Республикаси конуни. // Халқ сўзи, 2010, 16 июн


etish;

-arxivning axborot bazasini kengaytirish;

-hujjatlardan har tomonlama foydalanish va ularni nashr qilishni tashkil

-arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohalarida ilmiy- tadqiqot



ishlar olib borish;

-o’z yo’nalishi bo’yicha hujjatlar bilan ishlashda ilmiy-uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida 2 milliondan ortiq saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda23.

O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi (URITTXMDA) nafaqat Respublikamizda balki,Markaziy Osiyodagi eng yirik arxivlardan biri hisoblanadi.

Hukumatning 1962-yil 2-iyundagi 403-sonli qaroriga binoan qimmatli yozma manbalarni,tibbiyot hujjatlarini saqlashni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi tashkil qilingan. Keyinchalik ilmiy-texnikaviy hujjatlarga bo’lgan talabni oshganligi sababli, 1965-yilda, mazkur arxivda texnika bo’limi ham tashkil qilindi.

XX asrning 60-yillarning o’rtalarida o’lkamizda ilmiy- texnikaviy hujjatlarga talab va qiziqish oshgan davr bo’ldi. 1965-yil 26-martda usha davrdagi hukumat qarori bilan mazkur arxiv O’zbekiston Respublikasi tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy davlat arxiviga o’zgartiriladi. Qarordan so’ng respublikamizda ilmiy-tibbiy va texnikaviy hujjatlarni o’rganish, ularni davlat saqloviga topshirishni tashkil qilish amalga oshirila boshlandi. 1965 yildagi hisobotlarda ko’rsatilishicha, ushbu yildagi hujjatlarning umumiy soni 30000 dan ortiqni tashkil qilgan.

O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida 146 ta idora va tashkilotlar hujjatlari yig’ilgan bo’lib, jumladan 54 tasi tibbiyot muassasalariga tegishli hujjatlardir. Arxiv bugungi





23 Ходжибоев Ю. Архивни ахборотлаштириш замон талаби // Нашр кўзгуси, 2007, 25-сентябр.


kunda 207907 jamg’arma manbaiga ega bo’lib, shulardan 77782 tasi ma’muriy hujjatlar, 33059 tasi ilmiy- texnikaviy hujjatlar, 94647 tasi kasallik tarixi, 2419 tasi shaxsiy fondlar saqlangan bulsa, 2006 yilga kelib, jami arxiv fondi 285000 taga etgan, ulardan ma’muriy hujjatlar 89963 ta ilmiy-texnikaviy hujjatlar 35080 ta, kasallik tarixi 156500 ta, shaxsiy fondlar 3457 tani tashkil qiladi. Arxivda jami 28 ta xodim mehnat qiladi.

Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan arxivlar orasida O’zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi alohida o’rin tutadi.

Arxivda hujjatlarning asosiy qismini suratli hujjatlar tashkil qiladi. Ularning eng qadimiylari XIX asrning 70-yillarigi hosdir. Bu suratlarda Samarqand, Buxoro, Quqon shaharlarining ko’rinishlari va har xil diniy urf- odatlarning ko’rinishlari aks ettirilgan.

O’zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivida shu kungacha 16317 saqlov birligida kino hujjatlar, 223052 saqlov birligida suratli hujjatlar, 14040 saqlov birligidan ziyod ovozli hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv hujjatxonalari muntazam ravishda kino, surat va ovozli hujjatlar bilan to’ldirilib turiladi. Bu hujjatlar asosan “O’zkinoxronika”, “O’zbektelefilm” studiyalari, “O’zbekiston respublikasi radio va ovoz yozish uyi”, O’zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi, O’zbekiston Respublikasi teatr arboblari ijodiy uyushmasi va boshqa shu kabi tashkilotlardan qabul qilinadi, shuningdek shu sohaga tegishli shaxslardan ham qabul qilinadi.

Arxiv quyidagi xizmatlarni bajaradi:


  1. arxivda saqlanayotgan kino, surat va ovozli hujjatlar haqida ma’lumot berish;

  2. tadqiqotchilar o’rganishi va ishi uchun kino, surat va ovozli hujjatlarni taqdim etish;

  3. kino hujjatlarni video tasmaga ko’chirib berish;

  4. surat va ovozli hujjatlar nusxalarini tayyorlash;

  5. fotoko’rgazma va stentlarni tashkil etish;

  6. mavzuli so’rovlarni ijro etish;

  7. fotoalbomlar tayyorlash;

  8. arxiv bo’yicha umumiy va mavzuli ekskursiyalarni tashkil etish.

Idoraviy arxivlar - yuridik shaxsning arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linma hisoblanadi.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda idoraviy arxivlarni tashkil etishi mumkin24.

Idoraviy arxiv tashkilotning tarkibiy bo’linmalar va boshqa jamlash manbalarida arxiv hujjatlarini o’z vaqtida qabul qilib olish, ular hisobini, saqlovini, tartibga solinishini, ulardan foydalanishni va davlat saqloviga topshirish uchun tayyorlashni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

Hujjatlarning hajmiga qarab, idoraviy arxiv, tashkilotning mustaqil tarkibiy bo’linmasi yoki ish yuritish xizmati tarkibida arxiv hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobini olib borish va foydalanishni tashkil etishni amalga oshiruvchi alohida bo’linma sifatida faoliyat yuritadi.

Idoraviy arxiv alohida xonalar, tegishli jihozlar va kadrlar bilan ta’minlanishi kerak. Agar tashkilotning shtatlar jadvaliga arxiv mudiri lavozimi kiritilmagan bo’lsa, u holda tashkilot rahbarining buyrug’i bilan arxivga mas’ul shaxs tayinlanishi mumkin.

Idoraviy arxivlarning quyidagi turlari mavjud :



  1. idoraviy arxiv - faqat ma’lum bir tashkilotning hujjatlarini saqlovchi tashkilot tuzilmasi sifatida;

  2. birlashgan idoraviy arxiv - bir turdagi tashkiliy tuzilma tizimiga ega bo’lgan bir nechta tashkilotlar hujjatlarini saqlovchi idoraviy arxiv sifatida;





24 Алимов И. ва б. Архившунослик. – Т., Шарк, 1997, 58- бет.

v) idoralararo arxiv - shartnoma asosida qator tarmoq (tizim) tashkilotlar hujjatlarini saqlovchi idoraviy arxiv sifatida.

Shuningdek, fuqarolar va jamiyat (davlat) o’rtasida xizmat, mexnat va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar to’g’risidagi shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar shartnoma asosida saqlanishni ta’minlash maqsadida respublika shahar va tuman hokimliklari huzurida shaxsiy tarkib bo’yicha idoralaro arxivlar ham tuzilgan. Idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning mazmuniga ko’ra:

BOSHQARUV HUJJATLARI ELEKTRON HUJJATLAR

Idoraviy arxiv ishini to’g’ri tashkil etish uchun uning me’yoriy asosi bo’lgan Idoraviy arxiv to’g’risidagi Nizom ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.

Tashkilot o’zining idoraviy arxivi to’girisidagi nizomini ishlab chiqishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 30 oktyabrda qabul qilingan №482 - sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy Arxiv to’girisida Namunaviy nizom”dan foydalanishlari kerak.

Belgilangan tartibga ko’ra idoraviy arxiv mudiri (yoki arxiv uchun javobgar shaxs) va arxivning shtatdagi boshqa xodimlari tashkilot rahbari tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan bo’shatiladi. Tayinlangan idoraviy arxiv mudiri (yoki arxiv uchun javobgar shaxs) idoraviy arxiv ishini tashkil etadi, yuritadi va idoraviy arxivga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, to’g’ri yo’lga qo’yilishiga mas’ul hisoblanadi.

Idoraviy arxivda ishlovchi xodim(lar)ning lavozim yo’riqnomasi ishlab chiqiladi. Lavozim yo’riqnomasida idoraviy arxiv xodimining asosiy vazifalari, mas’uliyati, huquq va majburiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.

Lavozim yo’riqnomalari tashkilotning yuridik xizmati bilan kelishiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Idoraviy arxiv mudiri (yoki arxiv uchun javobgar shaxs) va shtatdagi boshqa xodimlari tashkilotning arxiv ishi va ish yuritishga oid uslubiy hujjatlari (hujjatlarni saqlash muddatlari ko’rsatilgan sohaviy ro’yxati, ish yuritish yo’riknomalari, namunaviy, taxminiy, aniq turdagi yig’majildlar nomenklaturasi va boshq.) loyihalarini tayyorlash yoki ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Shuningdek, ular tarmoq uslubiy hujjatlari asosida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ularni saqlash qoidalari bo’yicha aniq uslubiy hujjatlar ishlab chiqadi.

Tayyorlangan uslubiy hujjatlar (ro’yxatlar, yig’majildlar nomenklaturasi, yo’riqnomalar va boshq.) tashkilot rahbariyati tomonidan imzolanadi. Davlat arxivlarini jamlash manbaiga kiritilgan tashkilotlarning idoraviy arxivlari o’z hujjatlarini tegishli davlat arxiviga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi.

Idoraviy arxiv ishini tashkil etish tartibi umumiy talablar asosida olib boriladi. Ushbu talablar O’zbekiston Respublikasining umummajburiy normativ-huquqiy hujjatlari hamda tashkilotning ichki hujjatlari asosida belgilanadi.

Tashkilotning ish yuritishga oid normativ-uslubiy bazasi idoraviy arxivlardagi hujjatlar bilan ishlashga oid umumiy masalalarni hal etish borasida muvofiqlikni ta’minlaydi25.

Idoraviy arxivda yillik ish rejasi, yig’majildlarni saqlovga qabul qilish, hujjatlarni davlat arxiviga topshirish reja-jadvali tuziladi.

Ish rejasidagi ko’rsatkichlar shtatlar soni va ish vaqtidan kelib chiqib, belgilangan tartib asosida aniqlanadi.

Hujjatlari O’zR MAF tarkibiga kiritilgan tashkilotlarning idoraviy arxivi ish rejasi idoraviy arxiv mudiri (arxiv uchun javobgar shaxs) tomonidan





25 Алимов И. И. ва бошқалар. Архившунослик. Т,. Шарқ. 1997. 58- бет.

imzolanib, tegishli davlat arxivi bilan kelishiladi va bevosita tashkilot rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi, qolgan hollarda idoraviy arxivlarning ish rejasi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Idoraviy arxivga yig’majildlarni qabul qilish reja-jadvali tashkilotning tarkibiy bo’linmalari bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Hujjatlarni davlat arxiviga topshirish reja-jadvali tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli davlat arxiviga ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi.2

Ushbu Namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasining "Arxiv ishi to’g’risidagi" qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 5-aprelda tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g’risida»gi 101-qarorlariga muvofik, nodavlat arxiv faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi nodavlat arxiv fondi va uni shakllantirish. O’zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ro’yhatdan o’tkazilgan paytdan boshlab jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, hayriya jamg’armalari va boshqa jamg’armalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil etadi.

Shuningdek, nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari)dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq ho’jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ta’lim,ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining; jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlari ham mazkur fondga kiritilgan.

Nodavlat arxiv - Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo’lmagan

kismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki bo’lmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi. Ma’lumki, Milliy arxiv fondi – O’zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo’lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmuidir.

Nodavlat arxiv tashkilot tomonidan, uning tarkibiy bo’linmasi sifatida belgilangan tartibda tashkil etiladi va ushbu nodavlat arxivlar uchun yaratilgan Namunaviy nizomning talablariga muvofiq ish faoliyatini olib boradi. Nodavlat arxivlari mulkdorlarning tegishli qarori asosida tashkil etiladi.

Nodavlat arxivini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda nodavlat arxivining tashkiliy hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi, muassasalar yigilishi qarori) “O’zarxiv” agentligi yoki arxiv ishi bo’yicha hududiy boshqarmalar bilan oldindan kelishilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Nodavlat arxiv xodimlarining xizmat doirasidagi majburiyatlari arxiv rahbari tomonidan tasdiqlanadigan mansab yo’riknomalariga muvofiq belgilanadi.

Nodavlat arxiv hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

-tashkilot faoliyatida vujudga kelgan Milliy Arxiv Fondining davlatga tegishli bo’lmagan qismiga kiritilgan hujjatlar;

-tashkilot faoliyatida vujudga kelgan va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar;

-shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar;

-matbaa hujjatlari, shu jumladan, arxiv hujjatlarini to’ldiruvchi idoraviy nashrlar hamda arxivning ilmiy-tadqiqot, axborot- ma’lumotnoma va boshqa ishlari uchun zarur bo’lgan materiallar;

-arxiv hujjatlari tarkibi va mazmunini ochib beruvchi ilmiy- ma’lumot apparati: hujjatlar ro’yxati, tarixiy ma’lumotnomalar, kataloglar, ko’rsatgichlar,

sharhlar va hokazo.

Nodavlat arxivning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-nodavlat arxivni hujjatlar bilan jamlash, hisobga olish, ularni saqlash, shuningdek ulardan foydalanishni ta’minlash;

-arxivga qabul qilingan yig’majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;

-nodavlat arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil etish uchun ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish;

-arxiv hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlovga topshirishga tayyorlash bo’yicha tegishli tashkilotlarga uslubiy yordam ko’rsatish26;

-nodavlat arxivning axborot resursini axborot xavfsizligini ta’minlash. Nodavlat arxiv quyidagi majburiyatlarga ega:

Nodavlat arxivda saqlanayotgan MAFning davlatga tegishli bo’lmagan qismiga kiritilgan hujjatlar to’g’risida tegishli hududiy arxiv ishi boshqarmalariga ma’lumot berish va MAFning Davlat katalogidan ro’yxatdan o’tish;

nodavlat arxivdagi arxiv hujjatlarning tizimli ravishda hisobini olib borish va to’laqonli saqlovini ta’minlash27;

nodavlat arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlarga ilmiy- ma’lumotnoma apparatini to’ldirib borish va takomillashtirish;

arxiv ish va ish yuritishga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda o’z faoliyatini tashkil etish. Nodavlat arxiv ish yuritish va arxiv hujjatlari bilan ishlash bo’yicha belgilangan qoidalarning bajarilishi va arxiv hujjatlarning saqlanishini ta’minlash uchun javobgardir.


  1. bob bo’yicha xulosa

O’zbekiston siyosiy mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga, asl ma’naviy-





26 O’zbekiston Respublikasi idoraviy arxivlar ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar «O’zarxiv» agentligi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 2011. - 134 bet.

27 Алимов И. И ва бошқалар. Архившунослик. Т,. Шарқ. 1997. 58- бет.

madaniy qadriyatlarni qayta tiklashga kirishdi. Bu jarayon, o’z navbatida, respublika arxivlar faoliyatida yangi yo’nalishlar, vazifalarni ishlab chiqish, arxivlarning milliy ilmiy institutlar tizimidagi o’rni va ro’lini oshirish borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirish zarariyatini keltirib chiqardi. Jumladan, arxiv ishi tuzilmalariga bir qator o’zgarishlar kiritildi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, O’zbekiston arxiv muassasalari me’yoriy hujjatlari mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qayta ishlab chiqildi.

Manbalarni tanlashdagi to’g’ri yondashuvlardan biri - bu hujjatlarni davlat tasarrufida doimiy saqlash qiymatiga ega tashkilot va muassasalarni aniqlashdan iborat.

Respublika arxivlarining asosiy vazifalaridan yana biri - bu hujjatlarning saqlovini ta’minlashdir. Buning uchun arxivlar zaruriy texnika vositalari, saqlovxonalar, himoya va xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi arxiv xizmatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zarxiv» agentligi boshqarib kelmoqda.

«O’zarxiv» agentligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining huquq va majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Shuningdek, arxiv muassasalari milliy urf- odatlarimiz, madaniy-ma’naviy qadriyatlarimiz, tariximiz va o’zligimizni anglashda o’z hujjatlari bilan xizmat qilib kelmoqda.

O’zbekiston siyosiy mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga, asl ma’naviy- madaniy qadriyatlarni qayta tiklashga kirishdi. Bu jarayon, o’z navbatida, respublika arxivlar faoliyatida yangi yo’nalishlar, vazifalarni ishlab chiqish, arxivlarning milliy ilmiy institutlar tizimidagi o’rni va rolini oshirish borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Jumladan, arxiv ishi tuzilmalariga bir qator o’zgarishlar kiritildi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, O’zbekiston arxiv muassasalari

me’yoriy hujjatlari mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qayta ishlab chiqildi.

Manbalarni tanlashdagi to’g’ri yondashuvlardan biri – bu hujjatlarni davlat tasarrufida doimiy saqlash qiymatiga ega tashkilot va muassasalarni aniqlashdan iborat.

Respublika arxivlarining asosiy vazifalaridan yana biri – bu hujatlarning saqlovini ta’minlashdir. Buning uchun arxivlar zaruriy texnika vositalari, saqlovxonalar, himoya va xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi arxiv xizmatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi boshqarib kelmoqda.

“O’zarxiv” agentligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining huquq va majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.



  1. Download 92.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling