O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Tadqiqotning maqsad va vazifalari


Download 92.61 Kb.
bet2/8
Sana06.06.2020
Hajmi92.61 Kb.
#115333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekiston tarixini organishda arxiv manbalaridan foydalanish-конвертирован

Tadqiqotning maqsad va vazifalari.


O’zbekiston tarixining turli davrlardagi taraqqiyotni arxiv manbalari asosida haqqoniy aks ettirish hamda keng targ’ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy istiqlol g’oyasini singdirish.

Vazifalari - tarixiy, m’adaniy, marifiy fanlarning yetakchi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;

Respublika va xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini O’zbekiston tarixining davrlari bilan arxiv hujjatlari asosida tanishtirish;

O’zbekiston tarixiga oid arxiv ma’lumotlarini to’plash bo’yicha respublika va chet ellarda izlanishlar olib borish;

O’zbekiston xalqlari tarixining jahon madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasini arxiv va fotosuratlari orqali yoritib berish va ko’chma ko’rgazmalar tashkil etish;




14 Ostonova G.Yu Qushbegi arxivi Buxoro tarixini o`rganishda asosiy manba (XIX – XX asr boshlari). T. 2002. To`plam, №11.

15 Раҳимов Ж. Ўзбекистон тарихида архив ҳужжатларидан фойдаланиш. - Т., Ўқитувчи, 1995.

Ta’lim muassasalarida arxiv muassasalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash va malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining zamonaviy tuzilmasi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;



Tadqiqotning ilmiy yangiligi.O’zbekiston tarixini turli davrlarini o’rganishda ilk bor arxiv hujjatlari va fotosuratlari asosida tahlil qilishga harakat qilindi va quyidagi ishlar disertatsiyada amalga oshirildi.Arxiv hujjatlaridan foydalanish tadrijiy usulda o’rganildi. O’zbekiston tarixini o’rganishda arxiv hujjatlaridan foydalanish mavzusi hali tizimli holda to’liq o’rganilmagan. O’zbekiston tarixini o’rganishda arxiv hujjatlarini foydalanishning davrma-davr ilk bor arxiv manbalari asosida yoritib berilishi mavzuning ilmiy yangiligini bildiradi. Shu bilan birga, mavzuni yoritishda ilk bor muomalaga kiritilganarxiv hujjatlaridan foydalanildi.

Tadqiqot ob’ekti. O’zbekiston tarixining davrlarini o’rganishga doir arxiv muassasalarida saqlanayotgan manbalarning tadqiqidan iborat.

Tadqiqot predmeti - O’zbekiston tarixining davrlarini o’rganishga doir arxiv manbalarining ilmiy-nazariy va qiyosiy tahlili

Tadqiqotning metodlari. Mazkur tadqiqotning metodologik asoslarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, ta’lim, arxiv muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan turli huquqiy-me’yoriy hujjatlar, soha nazariyasi va amaliyotiga bag’ishlangan ilmiy adabiyotlar tashkil etadi. Tadqiqotni o’tkazishda tarixiy, sotsiologik, hujjatlarni tahlil qilish, kuzatish va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanildi.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Tadqiqotda o’z aksini topgan xulosalarning O’zbekiston tarixinni arxiv hujjatlari asosidagi o’rganishning o’rnini chuqurroq anglab yetishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Uni tadqiq etish bugungi kunda vatan tarixini ilmiylik va xolishlik tamoyili asosida o’rganishga yordam beradi. Bu o’z navbatida vatan tarixiga doir tadqiqotlarning istiqbolini oldindan ko’ra bilish uchun sharoit yaratadi.

Dissertatsiyada bayon etilgan xulosalar ushbu yo’nalishdagi keying tadqiqotlar uchun muayyan nazariy manba bo’lib xizmat qiladi.


Magistrlik dissertatsiyasining natijalari e’lon qilinganligi.


Magistrlik disertatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan izlanishlarning samarasi sifatida uchta maqola, shu jumladan, ikkita ilmiy to’plamda va bitta konferensiya materiallarida e’lon qilingan.

Magistrlik dissertatsiyaning tuzilishi, hajmi va tili. Magistrlik dissertatsiyasiga kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.Tadqiqot ishi o’zbek tilida yozilgan bo’lib 80 bet tashkil qiladi.

Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Arxiv muassasalari va ularni ilm- fan va xizmatlar sohasidagi o’rni belgilandi. Arxiv muassasalari uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning hozirgi holati o’rganildi. Arxiv muassasalari uchun kadrlar tayyorlashga bo’lgan zamonaviy talablar aniqlandi. Ta’lim muassasalarida arxiv muassasalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash va malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining zamonaviy tuzilmasi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
    1. BOB. O’ZBEKISTONDA ARXIV MUASSASALARINI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI




      1. O’ZBEKISTONDA ARXIV MUASSASALARINING VUJUDGA KELISHI

O’zbekistonda arxiv ishini tashkil etish hamda arxiv ishi asoslarini yaratish 1919 yil 5 noyabrda e’lon qilingan Turkiston Markaziy ijroiya qumitasining «Arxiv ishini qayta tashkil etish va markazlashtirish» Nizomi bilan boshlandi. 1919 yil 15 noyabrda Respublika Xalq ma’orif komissariatida Turkiston Respublikasi arxivlar boshlig’i tayinlandi va 1920 yil 29 mayda Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil etildi. Arxiv ishi markaziy boshqarmasi avval Respublika Xalq ma’orif komissariyatiga, keyinchalik Turkiston Markaziy ijroiya qo’mitasiga bevosita bo’ysungan.

Arxiv ishi markaziy boshqarmasi zimmasiga 1917 yil 25 oktyabrgacha faoliyatini tugatgan davlat muassasalarining barcha hujjatlaridan tashkil etilgan Turkiston respublikasining yagona davlat arxiv fondini boshqarish yuklatilgan edi. Shu bilan birga viloyat davlat arxivlarning fondlari tashkil etilishi boshlandi. 1924 yilda O’rta Osiyoning respublikalarga ajratilishi va O’zbekiston SSR tashkil etilishi munosabati bilan Turkmaniston, Kirg’iziston, Tojikiston respublikalari va Koraqalpog’iston avtonom respublikalariga tegishli arxiv hujjatlari berib yuborildi.

1924 yil 28 dekabrda O’zbekiston SSR Markaziy ijroiya qo’mitasi qoshida Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil etildi, 1925 yildan boshlab maxalliy viloyat arxiv byurolari, 1930 yildan O’zSSR MAB bo’linmalari tashkil etilishi boshlandi. 1931 yil uning nomi o’zgartirilib Markaziy arxiv bashqarmasi (O’zSSR MAB) deb nomlandi.1938 yil ular yo’q qilinib ularning asosida viloyat arxiv boshqarmalari, arxiv bo’limlari tashkil etildi. 1935 yildan boshlab quyi arxivlar - tuman davlat arxivlari tashkil etilib, ularning asosiy

vazifasi tuman muassasalari, kolxozlar, sovxozlar faoliyatida vujudga kelgan hujjatlarni yig’ish, ro’yxatlash va foydalanish (keyinchalik ularni viloyat davlat arxivlariga topshirish)dan iborat deb tasdiqlandi. 1936 yil Qoraqalpog’iston ASSR O’zbekiston SSR tarkibiga kirdi va Qoraqalpog’iston ASSR Markaziy arxiv boshqarmasi o’z vazifasini bajarishni davom etdi. Shu yillarda respublika markaziy davlat arxivlari tarmoqlari vujudga keldi. 1938 yil dekabrdan arxiv muassasalar O’zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissariyati tasarrufiga o’tkazildi, O’zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi esa shu idoraning Arxiv bo’limiga aylantirildi, 1958 yildan esa O’zSSR Ichki ishlar vazirligining Arxiv boshqarmasi bo’lib faoliyat yuritdi.16

1973 yildan boshlab O’z SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (O’zbosharxiv)ga aylantirildi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan so’ng,


  1. O’zSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga aylantirildi va uning nizomi 1992 yil tasdiqlandi.

Joylarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari arxiv bo’limlari faoliyat ko’rsatdi.

2004 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi «O’zarxiv» agentligiga aylantirildi va uning Nizomi 2004 yil fevral oyida tasdiqlandi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari arxiv bo’limlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalariga aylantirildi.

Hozirgi kunda respublikada 3 ta respublika markaziy davlat arxivlari faoliyat ko’rsatmoqda: O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 1958 yil Markaziy davlat tarix arxivi va Oktyabr inkilobi markaziy davlat





16 Абдалиева З. Истиклол ва архив хизмати. – Т., 2008, 68-бет.

arxivlarning birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan, 1991 yildan – O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb nomlanadi.

O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi 1962 yil Markaziy tibbiyot arxivi sifatida tashkil etilgan, 1965 yil Tibbiyot va texnika hujjatlari markaziy davlat arxiviga aylantirilgan, 1980 yildan O’zSSR Ilmiy- texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi, 1991 yildan O’zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.

O’zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi 1943 yilda tashkil etilgan, 1959 yilda O’zSSR Markaziy davlat arxivining kino, surat va ovozli hujjatlar bo’limiga aylantirilgan, 1974 yildan O’zSSR kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi, 1991 yildan O’zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi 1940 yil Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi davlat arxivi sifatida tashkil etilgan17, 1943 yil Qoraqalpog’iston ASSR markaziy davlat arxiviga aylantirilgan, 1991 yildan boshlab Qoraqalpogiston Respublikasi markaziy davlat arxivi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.

Davlat arxivlarining tumanlardagi tizimida ham o’zgarishlar bo’lib o’tdi. 1961 yil arxivlarni yiriklashtirish maqsadida o’zgaruvchan hujjatlar tarkibiga ega bo’lgan tuman arxivlari doimiy saqlanadigan hujjatlar tumanlararo arxivlarga, 1965 yildan esa davlat arxivlarning filiallariga aylantirilgan. Xozirgi kunda respublika bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivining 5 filiali, viloyat davlat arxivlarning 60 filiali xizmat ko’rsatmoqda.

MDX davlatlari boshliqlari o’rtasida sobiq SSSRning davlat arxivlariga huquqiy vorislik bitimi tuzilib, mazkur bitimga asosan tomonlar arxiv





17 Тарих фани ва архив иши, интеграция ва муаммолар. Т. «Фан» 2010. 260 бет.

fondlarining yaxlitligi va bo’linmasligini e’tiborga olib, mamlakatlar hududidan tashqaridagi davlat arxivlarida saqlanuvchi oliy davlat tuzilmalari faoliyati natijasida vujudga kelgan hujjatlarga egalik qilish huquqidan voz kechdilar.

Shuningdek, har bir davlat milliy qonunlari e’tiborga olingan holda sobiq ittifoqning davlat va boshqa turdagi arxivlari, ularda saqlanuvchi arxiv fondlarining ham xar bir respublika ixtiyorida qoldirilishi tan olindi. Mustaqil O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar siyosiy va iqtisodiy masalalarni hal qilish bilan birga, jamiyat munosabatlariga huquqiy tahrirni kuchaytirish, qonun himoyasini mustahkamlash va rivojlantirishni talab qiladi. O’tgan yillar ichida suveren O’zbekistonda qonunchilik tizimi o’zgartirilib, uning ba’zi bir sohalari deyarli yangidan shakllanmoqda. Turli xil huquqiy sohalarning moslashuviga asoslangan kompleks xarakterga ega bo’lgan qonunlar qabul qilinmoqda. Buning amaliy natijasi sifatida 1999 yil 15-aprelda O’zbekiston Respublikasining «Arxivlar tugrisida»gi qonunini keltirish mumkin.

Mazkur qonun O’zbekiston tarixidagi arxiv ishlarini nazorat qiluvchi birinchi qonun bo’lganligi sababli, nafaqat tarixiy voqelik hisoblanadi, balki mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, ilmiy, madaniy, axborot va boshka extiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ro’yxatdan o’tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgan yangi turdagi qonun sifatida e’tirof etiladi. Ushbu qonunni ishlab chiqishda, eng avvalo O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Mustakillik tugrisidagi Deklaratsiyasi va Korakalpogiston Respublikasining Mustaqillik to’g’risidagi Deklaratsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik to’g’risidagi qonuniga asoslangan holda MDX va bir qancha xorijiy davlatlarning arxiv ishi sohasida qabul qilingan qonunlar o’rganib chiqildi. O’zbekiston Respublikasining arxiv ishi sohasiga ilk marotaba «Milliy arxiv fondi» tushunchasi kiritilib, u davlat va

nodavlat fondlaridan tashkil topadi. Milliy arxiv fondining mulk shakliga ko’ra ajratilishi respublikamizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy rivojlanishiga to’liq mos keladi.

Qonunda hujjatlarga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxivlar tuzish va ulardan foydalanish huquqlari mustahkamlangan. Lekin shu bilan bir qatorda, jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida bu huquqlar ma’lum bir shakl va me’yorda yuqorida aytib o’tilgan qonun tomonidan cheklangan.

Bunda quyidagilarni hisobga olish taqazo etiladi: Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, Milliy arxiv fondiga tegishli barcha arxiv hujjatlarini davlat hisobiga olish. Qonunda ko’rsatilgan hollardan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining asl nusxalarini yoki ularning o’rnini bosuvchi nusxalarni O’zbekistondan olib chiqib ketilishiga yo’l qo’ymaslik, shu bilan bir qatorda qonun kino, surat, ovozli hujjatlar va teleradio dasturlari tashkilotchilari, shuningdek ushbu hujjatlarni saqlovchi tashkilotlarning manfaatlarini ham himoya qiladi18. Buning isboti sifatida, 1943 yili tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasining kinosuratovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi faoliyatini keltirish mumkin. «Arxivlar to’g’risida»gi qonun doirasida arxivni kinosuratovozli hujjatlar bilan butlash muammosi qisman hal etilmoqda qonun qabul qilingandan so’ng arxivga saqlash uchun topshiriladigan kinosuratovozli hujjatlarni qabul qilish jarayoni qaytadan yo’lga qo’yila boshlandi.

Jumladan, hozirgi kunga qadar arxiv saqlovxonasiga O’zbektelefilim kinostudiyasi tomonidan 1992 yilgacha ishlab chiqarilgan kino hujjatlar, O’zbekiston telegraf agentligi tomonidan 1994 yilgacha suratga olingan fotohujjatlar kelib tushgan. Shuni aytib o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30-oktyabridagi 482-sonli

«Arxiv ishi bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi qaroriga




18 Алимов И. ва бошқалар. Архившунослик. Т. Шарқ. 1997. 58- бет.

asosan kino surat ovozli hujjatlar va videofonogrammalar tayyorlovchi davlat korxona va muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari o’z hujjatlarini tayyorlangan vaqtdan boshlab ko’pi bilan 3 yildan so’ng davlat arxiviga Milliy arxiv fondining bir кismi sifatida topshirishlari shart. Ushbu qarorning 12- bandida aytilishicha, «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalari tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan, shuningdek ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning mulkchilik shakllari o’zgargan hollarda, o’z faoliyatlarini amalga oshirishda paydo bo’lgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan, ko’rsatilgan hujjatlarga davlat mulkchiligi saqlangan holda vorislariga beriladi, voris bo’lmagan taqdirda, tegishli davlat arxivlariga topshiriladi.

Davlat arxiv fondi hujjatlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish oldi-sotdi qilish yoki boshqa xil bitimlar tuzish ob’ekti bo’la olmaydi. Normativ hujjatlar to’g’risidagi qarorlarni hayotga tadbiq etishda ziddiyatli holatlar ham bo’lib turadi. Masalan, Toshmuxamedov nomli

«Melodiya gramyozuvlar studiyasi (xozirda «Navozanda») raxbariyati bugungi kunda o’z mulkchilik shakllarini o’zgartirganligini aytib, avvalgi yillarda ishlab chiqarilgan ovozli hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi kinosuratovozli hujjatlar Markaziy davlat arxiviga topshirishdan bosh tortmoqdalar. Mana shunga o’xshash salbiy omillar natijasida arxiv saqlovxonasida bugungi kunda Mustaqillik davriga oid ovozli hujjatlar deyarli yo’q. Bu turdagi muammolar bilan tez-tez to’qnashib turuvchi arxiv raxbariyati hujjatlarning hususiyatlarini hisobga olgan holda, bir qator xorijiy mamlakatlarda kiritilgani kabi, ushbu turdagi hujjatlarning mulkchilik huquqlarini himoya qilish huquqiy normativlarini ishlab chiqish zarur, deb hisoblaydi.

«Arxivlar to’g’risida» Qonun va bir qancha normativ hujjatlar asosida O’zbekistonda arxiv ishini boshqaruv vakolatli davlat organlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sobiq Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi sobiq Arxiv

boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining sobiq arxiv b’'limlari, shuningdek arxiv muassasalari O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, viloyatlar ularning filiallari va Toshkent shahar davlat arxivlari ish olib bormoqdalar.

«Arxivlar to’g’risida»gi qonunning «Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorlik» deb nomlangan 18-moddasini amalga oshirish, chet el ilgor ish tajribasini yoyish va respublika arxiv ishini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida har yili arxivchilar Malayziyaning Kuala Lampur shahridagi Arxivlar Xalqaro Kengashi tizimidagi malaka oshirish mintaqaviy kursiga ikki oylik o’qishga yuboriladi.

Rossiya Federal Arxiv xizmati bilan tuzilgan bitimda har ikki mamlakatning arxiv ishini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish nazarda tutilgan bo’lib, mazkur bitimning 2 moddasiga muvofik, tomonlar Rossiya va O’zbekiston arxiv fondlarini davlat tarixiga doir hujjatlar nusxasi bilan to’ldirishda o’zaro yordam ko’rsatish masalasi yoritilgan. Ushbu modda O’zbekiston Respublikasidan chetga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo’lgan arxiv hujjatlarini O’zbekistonga qaytarib olib kelish masalasi bo’yicha Oliy Majlis huzuridagi maxsus komissiya faoliyatidan kelib chiqqan holda qabul qilingan19. Bitim tuzish jarayonida ushbu hujjatlar nusxalarini olib kelish masalalar ham muhokama qilindi. Mazkur bitim O’zbekiston va Rossiya davlatlari o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va O’zbekistonda arxiv ishining boshqaruv vakolatli davlat organi, shuningdek, arxivlari oldida turgan ba’zi muammolarni hal etishda o’z samarasini berishi muqarrar20.

Yuqorida aytib o’tilgan bitimlar imzolangan kundan boshlab kuchga kiritildi. O’ylaymizki, mazkur bitimlar O’zbekiston Respublikasining arxiv ishini rivojlantirishda o’zining ijobiy samarasini beradi. Ushbu sohada qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar millatimiz boyligi hisoblangan arxiv hujjatlarini saqlashda va kelajak avlodga etkazib berishda asosiy omil bo’lib





19 Архив иши туғрисида Ўзбекистон Республикаси қонуни. // Халк сузи, 2010, 16-июн.

20 Алимов И.И. ва б. Архившунослик. - Т., Шарқ, 1997, 58- бет.

xizmat qiladi. Tarixiy manba hisoblangan arxiv hujjatlariga ongli munosabat munosib rivojlangan, fuqarolik jamiyatiga asoslanga huquqiy davlat qurish yo’lida muhim siyosiy shart hisoblanadi.

O’zbekiston siyosiy mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga, asl ma’naviy- madaniy qadriyatlarni qayta tiklashga kirishdi. Bu jarayon, o’z navbatida, respublika arxivlar faoliyatida yangi yo’nalishlar, vazifalarni ishlab chiqish, arxivlarning milliy ilmiy institutlar tizimidagi o’rni va ro’lini oshirish borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirish zarariyatini keltirib chiqardi. Jumladan, arxiv ishi tuzilmalariga bir qator o’zgarishlar kiritildi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, O’zbekiston arxiv muassasalari me’yoriy hujjatlari mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qayta ishlab chiqildi. Agar ittifoq davridagi me’yoriy qoidalar alohida respublikalar sharoitini hisobga olmagan holda umumiy tarzda ishlab chiqilgan bo’lsa, yangi qoidalar respublika arxivlari tajribalari asosida, geografik va tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda yaratildi.

O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili to’g’risida»gi Qonuni moddalarini hayotga tadbiq etish maqsadida arxiv me’yoriy hujjatlari, ilmiy- ma’lumotnoma apparati, hujjatlardan foydalanish va nashr etish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar davlat tili – o’zbek tiliga o’girildi. Jumladan, arxiv xodimlari lavozim yo’riqnomalari, nizomlar, korxona, tashkilotlar bilan muloqot va murojaat xatlari o’zbek tilida yuritila boshlandi.

Arxivlarni hujjatlar bilan butlashda ham bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Ma’lum mafkuraviy vazifalarni bajaruvchi davlat tizimlari monopoliyasining parchalanib ketishi, ularning o’rniga turli hil hususiy, aksionerlik, qo’shma korxona, firma, kompaniya, assotsiatsiyalarning tashkil etilishi davlat arxivlari uchun nodavlat mulk egasi sanalgan yangi hamkorlar bilan ish olib borish masalasini yuzaga keltirib chiqardi. So’zsiz bu davlat saqloviga hujjatlarni tanlab olish va qabul qilish nazariy va uslubiy masalalarda muammolarni

keltirib chiqardi.

Bunday sharoitda arxivlarni butlashning yangi yo’llarini izlab topish taqozo qilinar edi. Birinchi navbatda, ko’p sonli muassasa, tashkilotlar ichidan arxiv tarixiy axamiyatiga ega hujjat mulkdorlarini tanlab olish muammosi paydo bo’ldi. Shu kungacha arxiv amaliyotida qo’llanilgan davlat arxivlari uchun butlash manbalarini aniqlash talablari mavjud holatda to’g’ri kelmas edi. Davlat tizimining o’zgarishi pog’onali idoralar boshqaruvining yo’q bo’lib ketishi, tashkilotning ahamiyati yoki uning faoliyati masshtabi kabi tushunchalar ahamiyatini yo’q qilib tashladi. Hozirda arxivlar mustakil tashkilotlar bilan ish olib borib, ularning faoliyati, axamiyati va masshtabi bir qator omillar ta’sirida o’zgarib turuvchi kattaliklar hisoblanadi.

Manbalarni tanlashdagi to’g’ri yondashuvlardan biri - bu hujjatlarni davlat tasarrufida doimiy saqlash qiymatiga ega tashkilot va muassasalarni aniqlashdan iborat.

Respublika arxivlarining asosiy vazifalaridan yana biri - bu hujjatlarning saqlovini ta’minlashdir. Buning uchun arxivlar zaruriy texnika vositalari, saqlovxonalar, himoya va xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. Xo’jalik xizmati hisobiga kelib tushgan mablag’larning ham bir kismi arxiv xodimlarining moliyaviy ahvolini yaxshilashga va qolgani esa arxivlarni ilgor axborot- texnologiyalari bilan ta’minlash ishlarini bajarishga sarf qilinmoqda.

Shuningdek, arxiv muassasalari milliy urf-odatlarimiz, madaniy- ma’naviy qadriyatlarimiz, tariximiz va o’zligimizni anglashda o’z hujjatlari bilan xizmat qilib qelmoqda. Xususan, davlat arxivlari tomonidan tashkil etilayotgan ko’rgazmalar, teleko’rsatuv va radioeshittirishlar, tashabbusli axborotlar, ekskursiyalar yuqoridagi fikrimizning isbotidir.

Arxiv muassasalarining yana bir muammosi, ya’ni yuqori saviyali, oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash masalasi ham hozirgi kunda o’z echimini topmoqda21.







21 Архивлар халқ бойлиги. // Халқ сўзи, 2007, 6-июн.

«O’zarxiv» agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari (xizmatlari). Ma’lumki, 2004- yil 3- fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga asosan respublika arxiv ishini boshqarish organi tarkibiy tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritildi.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi arxiv xizmatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zarxiv» agentligi boshqarib kelmoqda.

«O’zarxiv» agentligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining huquq va majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanib, tashkiliy tuzilmasi va xodimlarining umumiy soni 10 nafardan, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni 9 nafardan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zarxiv» agentligining tashkiliy tuzilmasi.

«O’zarxiv» agentligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan Bosh direktor rahbarlik qiladi va uning bir nafar o’rinbosari mavjud.



Download 92.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling