O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
Arxivlarda mehnatni tashkil
qilish Муаммоли савол: Архивларда кадрлар билан ишлаш нималарни ўз ичига олади? 71 Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlari deganda arxiv ishini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar tushuniladi. Arxiv muassasalarida hujjatshunoslik, arxivshunoslik, arxeografiya, tarix, ko’makchi tarix fanlari va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Hujjatlarni nashr etish hamda arxiv ma’lumotlarini tayyorlash ham ilmiy-tadqiqot ishlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Arxivlarda ilmiy izlanishlar 3 xil yo’nalishda olib boriladi: 1) nazariy tadqiqotlar; 2) amaliy tadqiqotlar; 3) ilmiy ishlanmalar Nazariy tadqiqotlar hujjatshunoslik, arxivshunoslik, arxeografiya singari fanlarning umumiy masalalariga bag’ishlanadi. Nazariy tadqiqotlar ma’lumot yig’ish, eksperimentlar o’tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarishdan iboratdir. Amaliy yo’nalishdagi ilmiy ishlar esa nazariy tadqiqotlarga hamda amaliy tajribaga tayangan holda arxiv muassasalarining konkret ish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. Amaliy tadqiqotlar aksariyat hollarda ilmiy ishlanmalar yaratish bilan yakunlanadi. Ilmiy ishlanmalar ko’proq uslubiy tavsiyanomalar shaklida yoziladi. Uslubiy tavsiyanomalar arxivshunoslik sohasida olib boriladigan nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlarni hayotga tadbiq etish vositasidir. Uslubiy tavsiyanomalar taxminan quyidagi mavzularda bo’lishi mumkin: «Davlat arxivlari faoliyatining asosiy qoidalari», «Ish yuritishning yagona davlat tizimi» va hokazo. Bundan tashqari konkret masalalarga bag’ishlangan uslubiy masalalar ham ishlab chiqish mumkin. Masalan, kataloglashtirish, hujjatlarni ekspertiza qilish va hokazo. Yig’majildlarning nomenklaturasi va sistemalashtirishning tarh (sxema) larini ishab chiqish, arxiv haqidagi ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish, ma’ruzalar tayyorlash bilan bog’liq ishlar ham uslubiy ishlar qatoriga kiradi. Muhim vazifalardan biri – bu arxivlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishdir. Bu ish ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, mavzu bilan tanishish, mavzuga oid materiallar yig’ish va ularni tahlil etish, tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ishning yakuni bo’yicha hisobot yoziladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari arxivlar qoshidagi ilmiy kengashlarda, Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling