O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Ilmiy ishlanmalar 
– nazariy va amaliy tadqiqotlar yakuniga ko’ra 
arxiv ishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy 
tavsiyalar, joriy etishga mo’ljallangan qoidalar, 
nizomlar va hokazo. 
Nazorat savollari 
 
1. Davlat arxivlari faoliyatini qaysi muassasalar nazorat qiladi? 
2. Davlat arxiv muassasalari qanday yo’llar bilan moliyalashtiriladi? 
3. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi qanday 
funksiyalarni bajaradi? 
4. Viloyat hokimliklari huzuridagi arxiv bo’limlarining vazifalari nimalardan 
iborat? 
5. Arxivlarni boshqarish ishi qanday bo’g’inlardan iborat? 
6. Arxiv xodimlari qanday sifatlarga ega bo’lishlari kerak? 
7. Kadrlar bilan ishlash tizimi nimalarni o’z ichiga oladi? 


73 
8. Arxiv xodimlarining malakalari qanday yo’llar bilan oshiriladi? 
9. Arxiv muassasalarida qanday yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi? 
10. Arxivlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan asosiy maqsad nima? 
Manbalar va adabiyotlar 
 
Arxivlar to’g’risida: O’zR 1999 yil 15 aprelp qonuni //O’zbekistonning yangi 
qonunlari. To’plam. 21-son. Toshkent, 1999. 
Alimov I. va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. 
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR. Moskva, 1980. 
Krayskaya E. V. Organizasiya arxivnogo delo v SSSR. Moskva, 1980. 
 
17- Mavzu: Arxeografik to’plam mavzusini tanlash va ish rejasini tuzish 
 
Reja: 
1. Arxeografiya to’g’risidagi tushuncha 
2. Arxeograkfik to’plam mavzusini tanlash 
3. To’plamning ish rejasi 
Arxeografiya – arxiv hujjatlarini nashr qilishga 
tayyorlashning qoida va usullarini o’rgatadigan 
fan. Hujjatlarni e’lon qilish tarix fanining 
rivojlanishida muhim rolp o’ynaydi. Arxivlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 
tayyorlab nashr qilingan hujjatlar to’plamlari tarixni chuqur o’rganishga, haqiqatni 
tiklashga yordam beradi. Bunday hujjatlar to’plamlari tarixchilar tomonidan ilmiy 
asarlar yozishda muhim manba hisoblanadi. Hujjatlar to’plamlarining tarix fani 
taraqqiyotida, tarixchilar ilmiy-ijodiy faoliyatida o’rni va ahamiyati beqiyosdir. 
Hujjatlar to’plamini tayyorlash mavzu tanlash va reja tuzishdan boshlanadi. 
Ilmiy tadqiqotga tayyorgarlik ishi, shuningdek 
hujjatlar to’plami chop etishga tayyorgarlik mavzu 
tanlashdan boshlanadi. 
 
Mavzuni tanlash uchun eng avvalo shu tanlanayotgan mavzuga doir 
masalalar xususida chuqur bilimga ega bo’lish kerak. Mavzu tanlash masalasi shu 
mavzuning dolzarbligi va qimmatliligiga, uning ilmiy, siyosiy va amaliy 
ahamiyatiga qarab hal etilishi kerak. O’zbekis-tonning o’rta asrlar tarixi
shuningdek O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling