O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
- Mavzu: Arxiv muassasalari ishini tashkil etish
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish Муаммоли савол: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Бош архив
16 - Mavzu: Arxiv muassasalari ishini tashkil etish
Reja: 1. Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish 2. Arxivlarda mehnatni tashkil etish 3. Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi huzuridagi Arxiv Boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv bo’limlari arxiv ishini boshqaruvchi vakolatli davlat organilari hisoblanadi. O’zR va QQR davlat arxivlari (ularning filiallari), viloyat davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi bevosita arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlariga bo’ysunadi. Arxiv ishini boshqarish vakolati organining faoliyatini tashkil etish tartibi hamda tuzilishi O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat arxiv muassasalarini moliyalash tegishli byudjet mablag’lari hisobiga, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Pulli xizmat ko’rsatishdan hamda moliyalashning boshqa qo’shimcha manbalaridan olinadigan mablag’lar arxiv muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda ularning xodimlarini moddiy rag’datlantirishga yo’naltiriladi. O’zbekiston Respublikasi «Arxivlar to’g’risida»gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga binoan arxivlarni boshqarish vakolatli organlari o’z ishini Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish Муаммоли савол: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Бош архив бошқармаси қандай функцияларни бажаради? 69 tashkil etadi. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi: hujjatlarni ekspertiza qilish va DAFni to’ldirish ishiga boshchilik qiladi; hujjatlarni davlat arxivlariga taqsimlash masalalarini hal etadi; barcha muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy bo’lgan hujjatlar bilan ishlashning qoida va yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi; DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish, ulardan foydalanish va ularni saqlash ishlarini tashkil etadi; davlat va muassasa arziqlarida saqlanayotgan hujjatlarni markazlashgan holda hisobga oladi; arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, hujjatlarni nashr etishga boshchilik qiladi; chet el arxiv muassasalari bilan hamkorlik qiladi; kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va tarbiyalash bo’yicha ish olib boradi; arxiv inshootlari, laboratoriya va ustaxonalar qurilishi hamda ularni ta’mirlash masalalari bilan shug’ullanadi. Viloyat arxiv bo’limlari ham o’z vakolati doirasida mazkur masalalar bilan shug’ullanadilar (chet el arxiv muassasalari bilan aloqa qilish, umumdavlat miqyosidagi normativ hujjatlar chiqarish kabi masalalar bundan mustasno). Markaziy va mahalliy arxivlarni boshqarish vakolatli organlari arxiv ishining istiqbolini belgilaydi, har bir bosqichda arxiv muassasalarining ustivor vazifalarini belgilab beradi. Markaziy davlat arxivlari bevosita Bosh arxiv boshqarmalariga, viloyat arxivlari va ularning filiallari esa viloyat arxiv bo’limlariga bo’ysunadilar. Yuqori arxiv organlari tomonidan boshqarish ishini tashkil etish asosan 3 ta vazifani bajarishga qaratilgandir: 1) vazifalarni belgilash; 2) yordam berish; 3) nazorat qilish. Arxivlar ishlarini takomillashtirishda yuqori tashkilotlar tomonidan olib boriladigan tekshirishlar muhim o’rin tutadi. Arxiv faoliyati vaqti-vaqti bilan kompleks tarzda yoki konkret yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruvchilarning vazifalari faqatgina kamchiliklarni oshkor qilishdan emas, balki ishni yaxshilash yo’llarini ko’rsatish hamda ilg’or ish uslublarini aniqlash va yoyishdan iboratdir. Davlat arxiv xizmatining muhim vazifalaridan biri idoraviy arxivlarga tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qilish va muassasalarda ish yuritishni nazorat qilishdan iboratdir. Bu ish arxiv bo’limlari hamda markaziy va viloyat davlat arxivlari tomonidan amalga oshriladi. Har bir arxiv, odatga ko’ra, hujjatlarini unga topshiradigan tashkilotlar va muassasalar arxivlarining ustidan nazorat olib boradi. Ko’p xollarda davlat arxivlari xodimlari bir necha muassasalar ustidan murabbiylik qiladilar, ularga har tomonlama yordam ko’rsatadilar. 70 Arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash, eng avvalo, bu yerda bu yerda ishlayotgan xodimlarning malakasiga va ularning mehnatini tashkil etishga bog’liqdir. Arxiv xodimlari yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi, chuqur kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari shart. Arxiv xodimi hujjatlar bilan ishlash uslublarini mukammal bilishi, tadqiqotchilik ko’nikmalariga ega bo’lishi, yuqori malakali va ma’lumotli inson bo’lishi zarur. Arxivlarda kadrlar bilan ishlash tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim asosan quyidagilardan iborat: kadrlarni to’g’ri tanlash, xodimlar malakasini, tajriba va shaxsiy hislatlarini hisobga olgan holda ulardan arxiv ishining turli bo’g’inlarida foydalanish; arxiv xodimlari turli guruhlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyatini ishlab chiqish; xodimlar malakasini muttasil oshirib borish; mehnat intizomini mustahkamlash; xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirishni yo’lga qo’yish; jamoada yaxshi psixologik muhitni yaratish Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ularning egallab to’rgan lavozimiga mos kelishini hisobga olish zarur. Shu maqsadda arxiv direktorlaridan bo’lim boshlig’igacha bo’lgan rahbar xodimlar uchun tegishli malakaviy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari har bir xodimning ishchanligi va professional sifatlarini e’tiborga olish zarur. Shuni ham hisbga olish kerakki, rahbariy lavozimdagi xodimdan faqat chuqur bilim va ishchanlikgina emas, amaliy ish sohasida boy tajribasi bo’lishi ham talab qilinadi. Hamma sohada bo’lgani kabi arxiv xodimlarining barcha guruhlari uchun mansab instruksiyalari ishlab chiqilgan. Kadrlar bilan ishlashning muhim yo’nalishi ularning malakasini oshirishdir. Arxiv xodimlari malakalarini oshirish jamoaviy va yakka tarzda quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Oliy o’quv yurtlari va aspiranturada tahsil olish; Rahbar va ilmiy xodimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarini o’tkazish. Bunday anjumanlarda xodimlar arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya, manbashunoslik fanlarining dolzarb nazariy va uslubiy muammolariga doir ma’ruzalar eshitadilar Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling