257
kirib, issiq taomlarni aytadi. G’aznada mahsulotlarni olish uchun chek yozdiradi.
Chekni oshpazga bermaguncha ofitsiant taom tarqatadigan joydan ketmasligi kerak.
Ba’zi restoranlarda buyurtmaning ancha murakkab usuli mavjud. Mijozlar
guruhda 4 - 6 kishi bo‘lsa, bir necha turli buyurtmalarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Shunda avval, ofitsiant idish - tovoqlarni oladi va sovuq gazakni oshxonaga buyuradi.
Suv yoki ichimlikni to‘g‘ridan - to‘g‘ri stolga uzatadi. Shu vaqt oralig‘ida buyurilgan
sovuq gazak tayyor bo‘lsa, ular spirtli ichimliklar bilan birga stolga qo‘yiladi va issiq
taom buyuriladi. Ularni ham belgilangan daqiqada tayyor bo‘lganidan so‘ng
darhol
mijozlarga yetkazishi kerak. Agar ofitsiant taomni vaqtida olib kelib mijozlarga
bermasa, u sovib qoladi. Bir necha mijozlarga bir xil taom
va gazaklar beriladigan
bo‘lsa, ofitsiant uni olib mijozlar oldiga qo‘yadi.
Tarqatish joyidan taomlarni olgan ofitsiant ularning har birini ko‘rikdan
o‘tkazishi kerak. Bir xil shaklga ega taomlarda har xil ko‘rinish ya’ni, biri oz, biri
ko‘p bo‘lsa, ofitsiant bunday taomlarni mijoz oldiga qo‘ymasligi lozim. Shuning
uchun bunday hollarda bosh ofitsiant yoki ishlab
chiqarish mudiri chaqiriladi, yo‘l
qo‘yilgan xato o’z vaqtida tuzatiladi. Chunki yaxshi shakllanmagan,
kuygan yoki
sovub qolgan taomni mijozga berish - restoran obruyiga putur yetkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: