262
5-rasm. Amerikancha usulda xizmat ko‘rsatish
24
Ruscha usul bo‘yicha xizmat ko‘rsatish texnikasi umumiy tarzda quyidagi
ishlarni o’z ichiga oladi:
buyurilgan taomlar idishlarda anjomlar bilan
birga stolga oilb kelinadi,
taomlarni mijozlarning o‘zlari suzib olishadi, ofitsiant esa ularga yordam berib turadi;
stolga ofitsiant issiq taom idishi tagiga sochiqcha qo‘yadi. Idish qopqog‘i
va kosalar maxsus tarelkalarga qo‘yiladi;
sovuq gazak va taomlar stolga bir paytda, issiq
taomlar esa navbati bilan
beriladi. Ofitsiant taomlarni qo‘yishidan oldin ishlatilgan idish - tovoqlarni
yig‘ishtirib olib, yangisini qo‘yadi;
xizmatning bu shakli ichimliklarga ham tegishli. Issiq ichimliklar,
kofe va
choy kofedonda hamda choynakda,
shuningdek, samovarda beriladi. Salqin
ichimliklar va
kompotlar esa shisha, grafin va ko‘zalarda beriladi.
24
Рекомендательный семинар для работника ресторана (официанта). Бармена для Центров Обучения Взрослых
Узбекистана 2014.
263
O‘z - o‘ziga xizmat (Self - Service). Taom berish usulining tarkibiga o‘z -
o‘ziga xizmat ko‘rsatishni ham kiritish mumkin. Ya’ni, mijoz tarelkaga taomni o‘zi
solib oladi. Bunday hollarda ofitsiant taomni mijoz tarelkasi yonida ushlab turadi.
Taomni stol ustiga qo‘yishi yoki juda baland ko‘tarib turishi mumkin emas. Ofitsiant
taomni mijoz tarelkasiga tomon pastroq tutib turadi. Mijoz tarelkasiga taom
solinayotganda oshxona anjomlari ofitsiant qo‘lida bo‘lishi, biroq taomdan balandda
ushlab turishi lozim; tirsaklarni o‘ziga yaqin tutishi, taom solishda, albatta, oshxona
anjomlarini ishlatishi kerak.
6-rasm. O‘z - o‘ziga xizmat ko‘rsatish
Do'stlaringiz bilan baham: