O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Foydalanilgan idish - tovoq va anjomlarni almashtirish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Foydalanilgan idish - tovoq va anjomlarni almashtirish. Ofitsiant idish - 
tovoq va anjomlarni servant yoki yordamchi stolga almashtirish uchun yetarli 
miqdordagi tarelkalar taxlamini olib kelib qo‘yadi. Salfetka qo‘yilgan eng tepadagi 
tarelkaga ovqatlanish anjomlari qo‘yiladi, pichoqning o‘tkir tomoni sanchqi tagida 
bo‘lishi kerak. Stoldan ishlatilgan idish - tovoq va anjomlarni olib kelib, servant yoki 
yordamchi stol ustiga qo‘yadi. Toza idish - tovoq va anjomlarni sochiqcha bilan 
ushlab o‘ng qo‘li bilan har bir mijoz oldiga terib chiqadi. 
Yuqoridagi qoidalarga rioya qilgan ofitsiant bo‘shagan idish - tovoq va 
anjomlarni (10 tagacha) ko‘tarib yordamchi stol yoki idish yuvish xonasiga keltiradi. 
Idish - tovoq va anjomlarni almashtirishning boshqacha usullari ham bor. 
Masalan, ofitsiant yordamchi stolda tayyorlab qo‘yilgan idish - tovoq va anjomlarni 
oladi, mijozning o‘ng tomonidan borib, o‘ng qo‘li bilan stoldagi ishlatilgan idishlarni 
oladi va o‘rniga tozalarini qo‘yadi. Stol yonida yordamchi stol yoki servant bo‘lsa 
yuqoridagi usul qo‘llaniladi.
Dunyoning ko‘pgina davlatlari restoranlarida ishlatilgan idish - tovoq va 
anjomlarni mijozlarning o‘zlari yig‘ishtirib oladilar, shuning uchun ofitsiantlar bunga 
vaqt sarflamaydi. Agar foydalanilgan idishlar olinmagan bo‘lsa, ofitsiant mijozlardan 
ruxsat so‘rab, ularni yig‘ishtirib oladi. Ruxsat olingandan so‘ng ofitsiant o‘ng qo‘li 
bilan anjomlarni tarelkaga solib olib ketadi. Stol ustidan anjomlarni alohida olib 
ketish tavsiya etilmaydi. Ofitsiantdan talab qilinadigan narsa shuki, idish - tovoq va 
anjomlarni shoshmasdan, ehtiyot bo‘lib yig‘ishtirib olish lozim. 


266 
Ishlatilgan fujer va stakanlarni ofitsiant podnosga qo‘yib, chap qo‘li bilan olib 
ketadi. Agar ularning soni ko‘p bo‘lsa, bu ishni ikkita ofitsiant bajaradi. Bittasi 
podnosni ushlab turadi, ikkinchisi idishlarni yig‘ishtirib, podnos ustiga qo‘yadi. 
Xulosa. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish har bir ovqatlantirish korxonalari uchun 
eng muhim omillardan biridir. To‘g‘ri va chiroyli xizmat tashrif buyuradigan 
mijozlarga ham yoqadi. Lekin ayrim ovqatlantirish korxonalarida xizmat 
ko‘rsatishning qaysi usulidan foydalanganligini bilish qiyin. Bu eng katta xatolardan 
biridir. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar chet ellik turistlarga xizmat 
ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bu kabi kamchiliklar bo‘lmasligi lozim. Shuning uchun har 
doim ovqatlantirish korxonalari xodimlariga malakasini oshirishlari uchun maxsus 
kurslarda o‘qishlarini tashkil etish kerak bo‘ladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling