O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Mijozlar bilan xisob - kitob qilish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 
4. Mijozlar bilan xisob - kitob qilish 
 
Mijozlar bilan taom va ichimliklar uchun xisob - kitob xisob bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Agar mijoz mehmonxona nomeriga taom va ichimliklarni buyurtma qilsa, 
belgilangan miqdorda qo‘shimcha haq olinadi va xisobga alohida qatorga yoziladi. 
Ofitsiant xisobdagi yozuv to‘g‘riligini tekshirib, umumiy summani chiqaradi, chekka 
qo‘l qo‘yadi, podnos yoki tarelkada mijozga taqdim etadi.
Ofitsiant xisobni bergach mijozlar pulni tayyorlashgunicha ulardan 
uzoqlashadi, keyin kelib xisob - kitob qiladi. Agar mijoz shu zahotiyoq pul 
to‘lamoqchi bo‘lsa, ofitsiant uning oldidan ketmasdan pulni oladi va qaytimini 
beradi. Qaytim berilganda pul oldi tomoni bilan turishi kerak.


264 
Xizmat ko‘rsatish tugatilgandan so‘ng, ya’ni, kun oxirida xisob reestri tuziladi, 
xisob nusxasi bilan birgalikda uni to‘plangan mablag’ bilan g’aznaga topshiradi. 
Agar restoranda konsertlar tashkil etiladigan bo‘lsa, kirish bileti berilib, qo‘shimcha 
haq olinadi, ya’ni, san’atkorlar uchun to‘lanadigan mablag’ni mijozlardan oladi. Agar 
restoranda to‘y, banket, tadbir o‘tkaziladigan bo‘lsa, taomlar va hamma xarajatlar 
xisoblanib, oldindan chiptalar sotiladi. 
5. Foydalanilgan idish-tovoq, anjomlarni
yig‘ishtirish va almashtirish 
 
Yangi taom berishdan oldin foydalanilgan oshxona idish - tovoq va anjomlari 
tozalari bilan almashtiriladi. Guruhga xizmat ko‘rsatilganda mijozlarning hammasi 
taomlarini iste’mol qilib bo‘lgandan so‘ng, foydalanilgan idish - tovoq va anjomlar 
yig‘ishtirib olinadi. 
Dasturxonlarni almashtirib olishda zarurat tug‘ilib qolsa, idish - tovoq va 
anjomlar yordamchi stolga olinadi va dasturxon tozasi bilan almashtiriladi. 
Foydalanilgan idish - tovoq va anjomlarni yig‘ishtirib olish. Stol ustidan 
foydalanilgan idish - tovoq va anjomlarni yig‘ishtirib olishning bir necha usullari bor. 
Birinchi usul. Ofitsiant stolga yaqin kelib, o‘ng qo‘li bilan stol atrofida o‘tirgan 
mijozning o‘ng tomonidan idish - tovoq va anjomlarni oladi. Ichida anjomlari bilan 
birinchi tarelkani olganda uning tagi kaft ustida, chetlari bosh barmoq bilan 
ushlanadi, o‘rta barmoq tarelkaning chetini ushlaydi, bunday qilinganda tarelkaning 
muvozanati saqlanadi va qo‘ldan chiqib ketmaydi. 
Keyin ikkinchi tarelka olinadi, barmoqlar ustiga qo‘yiladi: o‘rta barmoq,
nomsiz va chinchaloq barmoqlar ustiga ikkinchi tarelka tagi bilan qo‘yiladi. Birinchi, 
ustki tarelkaning cheti kaftga tegib turadi. Ko‘rsatkich barmoq, birinchi tepadagi 
tarelka tagida bo‘ladi, shundagina har ikkala tarelkani qulay ushlash mumkin. 
So‘ngra uchinchi tarelkani olib birinchisi ustiga qo‘yiladi. 
To‘rtinchi va navbatdagi tarelkalarni oldingilari ustiga qo‘yiladi, pastki 
tarelkalardagi anjomlar yuqoridagisiga o‘tkaziladi, sanchqi va qoshiqlar dastasi o‘ng 


265 
tomonga qaratib teriladi, pichoqlar sopi o‘ziga qaratiladi, pichoqning o‘tkir tomoni 
esa sanchqi va qoshiqlar tagida bo‘lishi lozim. Taomlar qoldig‘i yuqoridan pastga 
qarab sanchqi, qoshiq yoki pichoq bilan tozalab olinadi. 
Ikkinchi usul. Birinchi tarelka chap qo‘l bilan olinadi, kaft bilan tepaga 
ko‘tarilganda bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq oralig‘iga olinadi, muvozanat 
saqlanadi, pastidan ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan ushlab turiladi. 
Ikkinchi tarelka chap qo‘lga qo‘yiladi, pastdan bosh barmoq, nomsiz barmoq 
va chinchaloq barmoq bilan tutiladi. Navbatdagi tarelkani birinchisi ustiga qo‘yiladi, 
anjomlar va taom qoldiqlari birinchi tarelkaga solinadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling