O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mevalarni saqlash davrida to’plamning tabiiy kamayishini hisoblash


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117
Mevalarni saqlash davrida to’plamning tabiiy kamayishini hisoblash.
Tabiiy kamayishning hajmi butun oy davomida saqlanadigan
mahsulotning o‘rtacha miqdoridan hisoblanadi va quyidagicha jamlanib 
aniqlanadi: 
1. Oyning birinchi kunidagi mahsulotning 1/2 og‘irligi. 
2. Oyning 11 kunidagi mahsulotning og‘irligi. 
3. Oyning 21 kunidagi mahsulotning og‘irligi. 
4. Keyingi oyning birinchi sanasidagi mahsulotning 1/2 og‘irligini
ham qo‘shib 3 ga bo‘linadi.


102 
O‘rtacha topilgan og‘irlikdan oylik kamayish foizga asosan mahsulotni 
tabiiy kamayishi topiladi.
Tabiiy kamayish o‘lchamlari barcha mahsulotlar uchun hisoblanadi.
Agar omborda mahsulot chirish, mog‘orlash, kemiruvchilar, qushlar va
hasharotlar tomonidan yeyilishi va boshqa sabablarga ko‘ra kamaysa, u tabiiy
kamayishga kiritilmaydi. 
Gullaga nisbatan mevalarni saqlashdagi talablar. Mevalarning sifati oziq-
ovqat, mazalik va texnologik qimmatlari bilan tavsiflanadi. Ular kimyoviy va
mexanik tarkibi, fizikaviy xossalari, tashqi tovarlik ko‘rinishi va bu
xossalarini saqlash davomida yo‘qotmaslik qobiliyatiga bog‘liqdir. Mevalarning
sifatiga mahsulotning navi, agrotexnikasi, yetishtirish sharoitlari, terish
muddati va usullari ham ta‗sir etadi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar saqlash muddati va sharoitiga qarab ham 
o‘zgaradi. Mahsulotning har bir partiyasidan ajratib olingan o‘rtacha namuna
bo‘yicha meva va sabzavotlarning sifati aniqlanadi. Bir vaqtda topshirilgan
yoki qabul qilingan, bir xil botanik navga ega bo‘lgan va bir xil
qadoqlangan har qanday miqdordagi mevalar partiya hisoblanadi. 
Xom ashyolar taralarda keltirilganda har bir transportdagi, har bir 100
dona taradan o‘rtacha namuna uchun uch donadan tara ajratib olinadi. Agar 
avtomobilda (traktor telejkalarida) 100 donadan ortiq taralar bo‘lsa, u holda har bir 
ortiqcha 50 donasidan yana bittadan tara olinadi. So‘ngra har bir ajratib
olingan idishdan (yuqorisidan, o‘rtasidan va pastidan) kamida 10% meval ar 
olinadi. Ajratib olingan mahsulotlar o‘zaro aralashtirilib, ulardan kamida 10 kg 
miqdorida o‘rtacha namuna olinadi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling