O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Sun‟iy quritish. So‗ngi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar dorivor o‗simlikni quritishda sun‘iy quritish usullarining imkoniyatlari (avtomatlashgan) cheksiz va maqbul ekanligini ko‗rsatadi. Sun‘iy quritish jarayonida-birinchidan vaqtdan tejaladi, ikkinchidan xom-ashyoning sifat ko‗rsatkichlari talab doirasida bo‗ladi va uchinchidan xom-ashyoning sanitar holati (tabiiy quritishga nisbatan) qoniqarli bo‗ladi. Quritish vaqtining davomiyligi bir necha soatga kisqaradi. Mahsulotning sifati (tabiiy quritishga) nisbatan yuqori, quritish uchun talab etiladigan maydon esa (tabiiy quritishga) nisbatanancha kamayadi. Ishlab chiqarishning sanitar holati oshadi. Quritish jarayoni iqlim sharoitlariga bog‗liq bo‗lmaydi. Quritish davrini ijobiy tomonga o‗zgartirishga imkon beradi. Kech kuz oylarida tayyorlangan o‗simlik organlari yoki uzilgan ho‗l meva xom ashyo mahsulotlarini sifatli qurishi va talablarga javob berishini ta‘minlaydi. Hozirgi kunda turli xil sun‘iy (USK-2E va b.q) quritgich moslamalari mavjud va bundan turli sohalarda maqsadli ravishda foydalaniladi. 41 19-rasm. Sun‟iy quritish binosi (shiyponlar) 1-stelaj, 2-issiqlik pechi,3- issiqlik trubalari, 4-xavo o„tkazgich, 5-havo tortgich trubalar,6- tutin trubalari, 7-pastki groizontal to„siq Sun‟iy quyosh-yoqilg„ilik quritish qurilmalari. Quyosh va an‘anaviy energiya manbalaridan kombinatsiyalangan holda foydalanishga asoslangan quritish qurilmalari quyosh-yoqilg„ilik qurilmalari nomini olgan. Kombinatsiyalangan quyosh yoqilg‗ilik quritgichlar quyosh va sun‘iy quritish uslublarini ustunlik tomonlarini birlashtirib ixcham, transportda ko‗chirishda oson, arzon va energiya sarfi kamroq bo‗lgan quritgichlar yaratish imkonini berdi. Ular kichik va o‗rta qayta ishlash korxonalariga mo‗ljallangan. Quyosh-yoqilg‗ilik quritgichlar samaradorligini oshirishning quyidagi prinsiplari ishlab chiqilganda, unda: 1. Issiqlik manbai quvvati rejimini rostlash hisobiga quritish agentini belgilangan haroratini ushlab turish; 2. Quyosh kollektorining nur yutish paneli bilan quritish kamerasi tashqi devori funksiyasi birlashtirilib, qayta ishlangan quritish agenti issiqligi regeneratsiyasini ta‘minlash; 42 3. Quritish kamerasidan chiqadigan issiqlikdan samarali foydalanishni ta‘minlab beruvchi regenerativ issiqlik utilizatorlaridan foydalanish ko‗zda tutilgan. Qishloq xo‗jalik mahsulotlarini quritishda ularning quyidagi o‗ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozim; ya‘ni, jarayonning uzoq kechishi, ularning issiqlik-fizik xususiyatlarining o‗zaro bog‗liqligi, qurtish agenti optimal sarfini ta‘minlovchi pnevmo-timizimining noyobligi va boshqa ko‗rsatgichlar. Quritish agenti energiyasidan foydalanish va uni regeneratsiyalash shartlarini tahlil qilish uchun quyidagi ratsional texnologik jarayonni tuzish imkoniyatlari ishlab chiqilgan. -issiqlik almashinish qonuniyatlarining o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗lgan mahsulot massasini bosqichma-bosqich qayta ishlash; -quyosh issiqlik energiyasi va devor orqali yo‗qotilayotgan issiqlik energiyasini regeneratsiyalash uchun plyonka qoplamaslik quritgich kamerasi yuzasini quyosh havo kollektorining nur yutuvchi paneli sifatida foydalanish; -issiqlik manbai quvvatini tekis kamaytirgan holda qayta ishlangan issiqlik tashuvchining energiyasini samarali ushlovchi regenerativ isiqlik utilizatoridan foydalanish; -atrof-muhit haroratining sutka davomida o‗zgarishini, hamda issiqlik tashuvchining regenerativ utilizatorda qizib, o‗zgarishini e‘tiborga olgan holda issiqlik manbai quvvatini tekis rostlovchi harorat rostlagichidan foydalanish; -mahsulot ichki qatlamlaridagi namlikni keyinchalik bug‗latish uchun, uning yuzasiga chiqishni ta‘minlovchi ossillyasiya rejimini qo‗llash; -tayyor mahsulotda namdorlik tekis bo‗lishini ta‘minlash uchun mahsulot barcha qatlamlarida issiqlikning tekis uzatishni ta‘minlash; -texnologik jarayonga mos ravishda issiqlik manbai quvvatini rostlash tizimini yaratish; -quyosh yoqilg‗ilik quritish qurilmalarida rostlanuvchi issiqlik jarayonlarini ta‘minlab beruvchi texnologik jarayonni ishlab chiqish. YUqorida sanab o‗tilgan masalalar echilishi uchun mahsulot va quritish agentining texnologik xossalarining dinamikada o‗zgarishini hamda mahsulot issiqlik texnik xususiyatlarini o‗zgarishini o‗rganish maxsus talab etiladi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling