O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-rasm. Mevalarni quritish usullari.
10-rasm. Po„stloq xom ashyolarini quritish (ochiq maydonda). 33 11-rasm. Ildiz xom ashyosini kuritish O‗simlikning er ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan bostirma, shiypon yoki cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o‗tib turadigan bo‗lishi kerak. Dorivor mahsulotlar maxsus ishlangan stelajlarga yupqa qilib yoyiladi. Mevalar quritiladigan moslamalarni (pechlar) ham dorivor o‗simlik xom- ashyo mahsulotlarni quritish uchun moslashtirish mumkin. Buning uchun esa dorivor o‗simlik mahsulotlarini umumiy quritish qoidalariga qat‘iyan rioya qilish talab etiladi. Bundan tashqari, ho‗l mevalarni, masalan, chernika, malina, klyukvalarni quritgichlarda quritsa ham bo‗ladi (rasm). So‗nggi yillarda dorivor o‗simlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan bir qatorda turli tipdagi quritgichlarda sun‘iy quritish keng qo‗llanilmokda. Ayrim dorivor o‗simliklar tarkibidagi ta‘sirchan qimmatbaho kimyoviy birikmalar (masalan, glikozidlar) tabiiy ravishda uzoq quritilganda parchalanib ketishi mumkin. SHuning uchun ularni sun‘iy ravishda quritgan yaxshi. Bundan tashqari, sun‘iy ravishda quritilganda dorivor mahsulot tez quriydi va sifatli bo‗ladi. 34 a) b) 12-rasm. Mevalarni quritish usullari. a-stelajlarda; b- quritgich moslamalarida Tarkibida efir moyi bo‗lgan dorivor mahsulotlar 25-30 0 da, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bo‗lgan dorivor xom-ashyo mahsulotlari esa 50- 60 0 da quritilishi lozim. Mahsulotni me‘yordan ziyod quritib yubormaslik tavsiya etiladi, aks holda u kukunga aylanib ketadi. Masalan, na‘matak mevalari maxsus qurituvchi moslamalarda 80°S atrofidagi haroratda bir necha soat davomida yoki kuz oyining issiq kunlarida soya-salqin joylarda (tomlarni ostida taxminan 40-60 0 S atrofida) quritish tavsiya etiladi. Mevalarni quritish davrida tez-tez bilan aralashtirib turish talab etiladi. Ba‘zan, ularni oftobda quritish natijasida xom- ashyoning sifati buzilishi mumkin. 35 Tirnoqgul o‗simligining xom ashyo mahsuloti qiyg‗os gullagan vaqtda teriladi. YAngi ochilgan gullar asosan qo‗lda va ba‘zan tayyorlangan tarish moslamalarida (sovokalar) teriladi. Gul savatchalari tez-tez ochilishi munosabati bilan har 3 kunda, kechi bilan 4-5 kunda terib turiladi. O‗simlikdan terib olingan to‗pgullar qizib ketmasligi va uning sifati buzilmasligi uchun savatchalarda va to‗plamlarda 3-4 soatdan ortiq saqlanmaslik kerak. Terilgan mahsulot maxsus quritgich asboblarda (SPK), havo (VPT-400, 600) quritgichlarda 40-45°S gacha haroratda yoki issiq kunlarida soya-salqin joylarda (tomlarni ostida taxminan 30- 40 0 S atrofida) quritiladi. 4-6 kun davomida quritilgan xom-ashyo mahsulot g‗ovak holda (bosilmasdan) maxsus qog‗ozdan yasalgan qopchalarda 20kg dan qilib joylashtirib saqlanadi. Mahsulotni quruq omborlarda saqlash muddati 2 yildan oshmasligi kerak. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling