O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117
Sahaning 
dolzarbligi 
va 
zarurati.Mamlakatimiz 
mustaqillikka 
erishgandan so‗ng, ijtimoiy va iqtisodiy tarmoqlarning har bir yo‗nalishigaalohida 
e‘tibor qaratildi. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillarida dorivor o‗simliklar 
dehqonchiligini rivojlantirish maqsadida, respublikamizda (1991-yil 31-dekabr 
Vazirlar mahkamasining 171-F sonli qarori bilan) ―SHifobaxsh‖ IICHM tashkil 
etildi va uning tarkibiga 5 ta ixtisoslashgan (Namangan viloyati Pop tumanidagi 
Abu Ali ibn Sino, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi Yo‗ldosh 
Oxunboboev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ―Hisor‖, Qashqadaryo 
viloyati YAkkabog‗ tumanidagi ―YAkkabog‗‖ va Buxoro viloyati Qorako‗l 
tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi)davlat o‗rmon xo‗jaliklari birlashtirildi. 
Mazkur xo‗jaliklar respublikamizning turli tuproq va iqlim sharoitida 
joylashgan bo‗lib, har bir xo‗jalikda shu iqlim va tuproq sharoitiga mos keladigan 
dorivor o‗simlik turlari etishtirilmoqda. Bu xo‗jaliklar hozirgi vaqtgacha mahalliy 
farmatsevtika ishlab-chiqarish sanoatini dorivor o‗simliklar xom-ashyosiga bo‗lgan 
ehtiyojini imkon qadar ta‘minlab kelmoqda. 
Ularning muhim vazifasi quyidagilardan iborat; -birinchidan, o‗sha 
hududda tabiiy holda tarqalgan dorivor o‗simliklarni asrash, zahiralarini kamayib 
ketishini oldini olish va dorivor o‗simlik xom ashyolarini uzluksiz terib olinishiga 


89 
chek qo‗yishdir. Natijada mazkur hududda ekologik muvozanat va mavjud 
o‗simliklar turlari saqlanib qolinadi. 
-ikkinchidan, sog‗liqni saqlash muassasalari va farmatsevtika sanoati 
korxonalari ehtiyojini to‗la-to‗kis qondirish uchun dorivor o‗simliklar xom ashyosi 
bazasini yaratish zarur. Madaniy holda etishtirilgan dorivor o‗simliklar xom 
ashyosining afzalligi shundan iboratki, bunda farmatsevtika sanoati bir xil turdagi 
va bir xil yoshdagi dorivor o‗simliklar xom ashyosi bilan ta‘minlanadi, mahalliy 
sharoitda etishtirilgan dorivor o‗simliklar substansiyalari bilan farmatsevtika 
sanoati ta‘minlanadi va bu dori vositalari tayyorlashda texnologik jarayonlarini 
osonlashtiradi. 
-uchinchidan tabiatda tabobat amaliyotida ishlatiladigan barcha dorivor 
o‗simliklar mavjud emas. Ana shunday o‗simlikldar ko‗chati va urug‗larini 
xorijdan olib kelib iqlimlashtirib va madaniylashtirib respublikamiz iqlim 
sharoitiga moslashtirilmoqda. CHunonchi, makkai sano,dorivor moychechak, 
qalampir yalpiz, pol-pola, tuxumak, tirnoqgul, qizil exinatsiya va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
So‗ngi yillarda respublikamizda mazkur sohani rivojlantirish borasidagi 
barcha qarorlarning(2004 yil 28 oktyabrda O„zR Vazirlar Mahkamasining №508 – 
sonli “O„zbekiston Respublikasi xududidan tashqariga olib chiqish va olib kirish, 
biologik resurslardan ratsional foydalanish uchun nazoratni kuchaytirish 
to„g„risida”gi qarori,O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 
19 noyabrdagi “Unabi (CHilonjiyda) plantatsiyalarini kengaytirish, uning 
shifobaxsh va oziq-ovqatlik xususiyatlaridan keng foydalanish to„g„risidagi” 
qarori, 2015 yil 20 yanvardagi № 5-sonli “2015-2017 yillarda o„rmon ho„jaliklari 
tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o„simliklar xom-ashyosini etishtirish, 
tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora tadbirlari to„g„risida” gi 
qarori 2015 yil 20 - apreldagi “Dorivor o„simliklar asosida dori vositalarini va 
biologik faol qo„shimchalarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni 
rivojlantirish chora tadbirlari tug„risida”gi № 32-sonli qarorlari) ijrosi 
ta‘minlanmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabr 
―Qishloq va suv xo‗jaligi tarmoqlarini oliy ma‘lumotli yuqori malakali kadrlar 
bilan ta‘minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ dagi 311-
son qarori hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligining 05.11.2015 yildagi 238-
sonli buyrug‗i, Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 2015 yil 29 
dekabrь 4-son bayoni qaroriga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti 
tuzilmasida ―O‗rmon xo‗jaligi va dorivor o‗simliklar‖ fakulьteti tashkil etildi. 
Uning tarkibiy qismida esa «Dorivor o‗simliklar va botanika» kafedrasi faoliyatini 
tashkil etish tartibi belgilandi.Kafedra professor-o‗qituvchilari tamonidan mazkur 
soha bo‗yicha bakalavr va magistr mutaxassis kadrlarni tayyorlash mexanizmi 
to‗liq ishlab chiqilgan va yo‗lga qo‗yilgan. 
SHuni alohida ta‘kidlash joizki, ayni paytda dorivor o‗simlikshunoslik 
bo‗yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash davr talabi. SHu maqsadda, 2017 yil 3 may 
oyida Prezident farmoni asosida 7ta (Qaraqalpog„iston respublikasida-Nukus 


90 
farm, Surxondaryo viloyatida-Boysun farm, Toshkent viloyatida-Parkent va 
Bo„stonliq farm, Jizzax viloyatida-Zomin farm, Sirdaryo viloyatida-Sirdaryo farm, 
Namangan viloyatida- Kosonsoy farm) farmatsevtika hududlari tashkil etildi. 
Tashkilotlarning asosiy vazifalari viloyatlarda dorivor o‗simlik xom ashyo resurs 
potetsiallarini aniqlash va ularni tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, 
dorivor o‗simliklarni etishtirish va qayta ishlashdan iborat. 
Bugungi kunda dunyo miqyosida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va 
dorivor o‗simliklar xom ashyosi asosida tabiiy dori-darmonlar ishlab chiqarishni 
kengaytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Masalan, dorivor o‗simliklar orasida 
mevalari «tabiiy vitaminlar konsentrati» deb nom olgan na‘matak (shipovnik) va 
mevasidan shifobaxsh moy olinadigan chakanda (oblepixa) o‗simlik dunyosida 
foydali xususiyatlari va amaliyotda foydalanish ko‗lamiga ko‗ra MDH 
mamlakatlari Farmakopeyasiga kiritilgan qimmatli o‗simliklar hisoblanadi. 
Xalqaro chakanda Assotsiatsiyasi (International Seabuckthorn Association) 
tashkilotining ma‘lumotlariga ko‗ra so‗nggi yillarda Xitoy jahonda chakanda 
etishtirish bo‗yicha peshqadamlik qilmoqda, chakanda plantatsiyalari egallagan 
maydon 1,2 mln. gektarga etgan. Xitoyda chakanda etishtirish, mevasini qayta 
ishlash, dorivor, oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‗yicha 
200 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda
1
. Rossiya Federatsiyasida yiliga 2000 tonna 
chakanda mevasi tayyorlanadi va qayta ishlanadi. MDH mamlakatlarida na‘matak 
mevalariga bo‗lgan talab 6–8 ming tonnani tashkil etadi, lekin u 50% ga bajariladi.
Bugungi kunda dunyoning dorivor o‗simliklar etishtiruvchi barcha 
mamlakatlarida qimmatli polivitamin o‗simliklar – na‘matak va chakandani 
ko‗paytirish usullarini va ko‗chatlarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish 
hamda ekin maydonlarini kengaytirish dolzarb muammo hisoblanadi. Dunyo 
mamlakatlarida na‘matak va chakandaning dorivor xom ashyosiga bo‗lgan talab 
asosan uning tabiiy butazorlari xisobiga qondirilmoqda. SHu bois polivitamin 
butasimon o‗simliklarning yangi plantatsiyalarini seleksion asosda barpo etish va 
buning uchun zarur standart ko‗chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish 
va takomillashtirishga e‘tibor berilmoqda. 
Mamlakatimiz o‗rmon xo‗jaligi tizimida dorivor va oziqabop o‗simliklarni 
samarali plantatsiyalarini barpo etish va kengaytirish bo‗yicha qator chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Buning natijasida o‗rmon fondi er resurslaridan oqilona 
foydalanish, dorivor va oziqabop o‗simliklarning ekin maydonlarini kengaytirish 
va eksportni ko‗zda tutuvchi jahon standartlariga mos mahsulotlarini etishtirishga 
erishilmoqda. O‗zbekiston Respublikasining 2017–2021 yillarga mo‗ljallangan 
Xarakatlar strategiyasida «.qishloq xo‗jaligida ekin maydonlari va ekinlar tarkibini 
optimallashtirish, ilg‗or agrotexnologiyalarni joriy etish hamda hosildorlikni 
oshirish, meva-sabzavot va uzum etishtirishni ko‗paytirish» muhim strategik 
vazifalaridan biri qilib belgilab berilgan. Bu borada dorivor va oziqabop 
o‗simliklarni biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda standart ko‗chatlarini 
etishtirishni ta‘minlovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bo‗yicha 
ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Polivitamin 
1
www.ttz–bremerhaven.de


91 
o‗simliklarni istiqbolli shakllarini tanlash, baholash va ularni jadal ko‗paytirish 
hamda ko‗chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish o‗rmon xo‗jaligi 
uchun dolzarb hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 avgustdagi 
222-son «Dorivor o‗simlikshunoslik va yangi dori vositalarini ishlab chiqarish 
korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor o‗simliklarni sanoat miqyosida 
plantatsiyalarini yaratish» to‗g‗risidagi qarori, 2015 yil 20 yanvardagi 5-sonli 
«2015-2017 yillarda o‗rmon xo‗jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop 
o‗simliklar xomashyosini etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada 
kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi majlis bayonnomasi hamda mazkur 
sohaga tegishli boshqa me‘yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni 
amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling