116
3) Ildiz va tuganakildizlarni saqlash usullari.
4) Saqlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda qanday
xolat yuz berishi mumkin
(misollar asosida tushuntiring)
5) Ildiz va tuganakildizlarni saqlashga xos tavsiyalar ishlab chiqing.
6) Shirinmiya xom ashyosi namunalarini tayyorlang.
8-Amaliy mashg„ulotlar
Dorivor o„simlik mahsulotlarini qabul qilishda taxlilga namunalar olish,
uning ko„rsaatgichlarini aniqlash
Darsning maqsadi: Dorivor o‗simliklarni qabul qilishda namuna olish
tartibi. Dorivor o‗simlik partiyalaridan namunalar olish. O‗rtacha namuna ajratish.
Namunalarni idishlarga joylash va taxlilga yuborish tartibi bo‗yicha ko‗nikmalarga
ega bo‗lish.
Kerakli jixozlar: O‗simlik
namunalari, etiketkalar,
namuna olish tartibi
ko‗rsatilgan GOST, SOP, qo‗lqop, qisqich elektron torozi,
Kanop qopchalar
(namunalar olish qopchasi)
Reja:
1. Dorivor o„simliklarni qabul qilishda sifatiga qo„yiladigan talablar
2. Dorivor o„simlik xom-ashyosidan taxlilga namuna olish
1. Dorivor o„simliklarni qabul qilishda sifatiga qo„yiladigan talablar.
Farmatsevtika zavodi va fabriklarida hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor
mahsulotlar odatda ko‗p miqdorda to‗plam-to‗plam qabul qilinadi. Og‗irligi 50 kg
dan kam emas, har taraflama bir xil bo‗lgan, uning sifatliligini
tasdiqlovchi bitta
xujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot bitta to‗plam hisoblanadi:
To‗plamga ilova qilingan hujjatda quyidagi ma‘lumotlar bo‗ladi:
1.Xujjatning soni, uni berilgan oy, uni va yili.
2.Jo‗natgan korxonaning nomi va manzili.
3.Mahsulot nomi
4.To‗plam soni
5.To‗plam og‗irliga (miqdori, massasi)
6. Yig‗ilgan yoki terilgan yili va oyi
7.Tayyorlangan nohiyasi (yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklar uchun)
8.Mahsulot sifatini tekshirish natijalari
9.Mahsulotga normativ-texnik xujjatlarni belgilash
10.Mahsulot sifatiga javobgar shaxsning ismi-sharifi, lavozimi va imzosi
Dorivor mahsulot qabul qilinayotgan GOST 6077-80 ga muvofiq quyidagi
qoidalarga amal qilinadi:
1.Qabul qilinadigan to‗plamning tashqi ko‗rinishini umumiy tekshirish
2.Dorivor mahsulot o‗ramining tahlil uchun ochiladigan o‗rnini tanlash
117
3.Qabul qilinayotgan to‗plamning bir xilligi va nuqsonini aniqlash
Dorivor o‗simlik xom ashyolarini farmatsevtika zavodi va dorixonalarda
qabul qilish uchun quyidagilarga rioya qilinadi (GOST 6076-51)
1.Qabul qilinayotgan partiyaning tashqi ko‗rinishini
umumiy tekshirish
(odatda hamma o‗rinlar birma - bir tekshirib chiqiladi).
2.Dorivor xom ashyo upakovkasi ochiladigan joyni tanlash.
3.Qabul qilinayotgan partiyaning bir xilligini va nuqsonnini aniqlash.
4.O‗rtacha namuna olish.
Agar partiya 5 tagacha bo‗lsa, hammasi ochiladi.
Agar partiya 10 ta bo‗lsa, 5 tasi ochiladi.
Agar 10 tadan ko‗p bo‗lsa, birinchi 5 ta o‗ringa qo‗shimcha yana har bir 10
tasidan 1 dona ochiladi.
Upakovkasi ochilganda dorivor xom ashyo rangiga,
maydaligiga,
namligiga, tozaligi-ga, xidiga, bir xilligi va boshqalarga ahamiyat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: