O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
Ombor zararkunandalari: un kanasi - oq rangli; 
Ombor uzuntumshug‗i - qo‗ng‗ir rangli; 
Don qayroqchisi - qo‗ng‗ir rangli; 
Ombor kuyasi - katta zarar keltiradi. 
Dorivor xom ashyolarning zararlanganligi darajasini aniqlash uchun ularni 
teshigini diametri 0,5 mm (kanalar uchun) yoki 2,5 mm (uzun tumshuq uchun) 
bo‗lgan elakda elanadi. Elakdan o‗tgan poroshokdagi zararkunandalar lupa orqali 
aniqlanadi. 
Agar elakdan o‗tgan qismida 20 ta kana bo‗lsa - 1 daraja. 
Agar elakdan o‗tgan qismida 20 tadan ortiq bo‗lsa-yu kolonna xosil 
qilmagan bo‗lsa 2 darajali, agar kanalar juda ko‗p bo‗lib, yurishiga joy qolmagan 
bo‗lsa 3 darajali zararlangan hisoblanadi.
Elakdan o‗tgan qismda 1-5 ta uzun tumshuq bo‗lsa xom ashyo 1-darajali. 
Agar 6-10 ta bo‗lsa, 2 - darajali. 
Agar 10 tadan ko‗p bo‗lsa 3-darajali, xom ashyo zararlangan hisoblanadi. 
Ombor zararkunandalariga qarshi nam usulda yoki gaz berib dezinfeksiya 
qilinadi. Kerosin, oxak emulьsiyasi, NaOH ni 10-15% li eritmalari qo‗llaniladi. 
2. Dorivor o„simlik xom-ashyosidan taxlilga namuna olish. To‗plamning 
har qaysi o‗rin birligining umumiy tashqi ko‗rinishi tekiriladi. Bunda tananing 
zararlanmaganligiga, namlanmaganligiga, GOST 6077-80 bo‗yicha to‗g‗ri 
o‗ralgani va markirovka qilinganligiga e‘tibor beriladi. 
O‗rtacha namuna oli to‗plamining soni va o‗lchamiga bog‗liq. Sobiq Ittifoq 
farmokopeyasi (XI nashri) va GOST 24027-0-80 bo‗yicha agar to‗plamda 1 tadan 
5 tagacha nuqsonsiz o‗rin bo‗lsa, hammasini ochib ko‗rib o‗rtacha namuna olinadi, 
6 tadan 50 tagacha o‗rni bo‗lsa, tanla 5 tasi ochiladi, 50 tadan ortiq bo‗lsa, 50 ta 
o‗rni o‗rindan ajratib olingan 5 taga qo‗shimcha keyingi har qaysi 10 ta o‗rin 


119 
hisobidan yana bittadan ochib ko‗riladi. Agarda to‗plamda 50 dan ortiq o‗rin bo‗lsa 
ularning 10% ochib ko‗riladi. 
To‗plam ochib ko‗rilganda rangi, hidi, bir xilligiga va namligiga katta 
ahamiyat beriladi. 
Dorivor mahsulot quyidagi hollarda yaroqsiz deb topiladi va qabul 
qilinmaydi: 
1. bir kecha-kunduz shamollatishda ketmaydigan badbo‗y yot xid bo‗lsa 
yoki o‗ziga xos hidini yo‗qotgan bo‗lsa; 
2. zaharli o‗simlik mahsuloti aralashmasi bo‗lsa; 
3. begona, dorivor va boshqa o‗simlik (somon, xashak) yoki mineral 
aralashmalar (qum, tosh) hamda qush va hayvonlar chiqindisi ruxsat etilgan 
normadan juda ko‗p bo‗lsa; 
4. mahsulot mog‗orlangan va chirigan bo‗lsa; 
5. ombor zararkunandalari bilan II-III darajada zararlangan bo‗lsa. 
Agar mahsulotning tashqi ko‗rinishi tekshirilganda uning bir xil emasligi, 
qisman mog‗orlaganligi va chiringanligi, boshqa o‗simliklar bilan ruxsat etilgan 
miqdordan anacha ko‗p va boshqa nuqsonlar aniqlansa, u vaqtda to‗plam butunlay 
navlarga ajaratilib tozalanadi va qaytadan ikkinchi marta qabul qilinadi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling