O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O„simlik er ustki qismining mikroskopiyasi


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117
O„simlik er ustki qismining mikroskopiyasi. O‗simlik er ustki qismini 
tahlil qilishda asosan, bargdan mikropreparat tayyorlanadi. Buning uchun bargni 
ishqor eritmasida qaynatib, skalьpelь yordamida epidermisi ajaritib olinadi va 
tashqi ko‗rinishi mikroskopda ko‗riladi. Poyadan ko‗ndalang kesim tayyorlash 
uchun uni xuddi bargdagi kabi xo‗llaniladi va marjondarxt poyasi o‗zagi yoki 
probka yordamida yupqa kesim tayyorlab, suv, glitserin yoki xloralgidrat 
eritmasida ko‗riladi. 
Qirqilgan mahsulotni tekshirishda, yirik poya bo‗lagi yumshaguncha qadar 
3-5% li ishqor eritmasida qaynatilaib, suv bilan yuvilib, buyum oynachasidagi 
glitserin yoki xloralgidart eritmasiga joylashtiriladi va qoplagich oynacha bilan 
berkitib, havoni haydash uchun qisman qizdiriladi va bosib qo‗yilib mikroskopda 
ko‗riladi. Bunda ko‗ringan mikroskopik tuzilishi poyaning uzunasiga tuzilishii 
eslatadi. Poyadan tayyorlangan preparatda epidermis xujayrasining shakli, 
ustьitsalar xiliga, trixomalarning (tuklar, bezlar) bor yoki yo‗qligiga, ularning 
tuzilishiga e‘tibor beriladi. Undan tashqari mexanik to‗qimalarning, kristallarning, 
joylarning, sekretor kanallar, sut naylari va boshqalarning bor yoki yo‗qligiga 
e‘tibor beriladi. Poyadan tayyorlangan ko‗ndalang kesim prepartda o‗tkazuvchi 
to‗qima to‗plamining joylanishi, tuzilishi va boshqa xarakterli belgilarga e‘tibor 
berish ham lozimdir. 
O‗simlik er ustki qismining kukunidan mikropreparat barg kukunidagi 
pepart kabi tayyorlanadi. Bunda asosan barg elementlariga e‘tibor qaratiladi. 
O‗simlik er ustki qismi kukunining mikroskopiyasi barg poroshogidan farqi, unda 
barg elementalridan tashqari poya, gul, qisman meva elementalri bo‗lishi bilan 
farqlanadi. Poya uchun eng xarakterli belgi burchakli yoki to‗g‗ri burchakli
uzunachiga cho‗zilgan epidermis xujayralari, to‗g‗ri va yirik suv naylari 
bo‗lakchalari (bargnikida esa o‗tkazuvchan to‗qimalari shoxlangan) va mexanik 
tolalari bo‗lishidir. 
Poroshokda gulga xos belgi otalik changi, gulkosacha va tojbarglarning 
epidermisidir. Meva uchun eng xarakterli belgi – meva epidermisining shakli 
hisoblanadi. Agar pishgan meva bo‗lsa, uning urug‗ini po‗stloq qavatlaridan 
aniqlanadi. Mevada yog‗ saqlovchi endospermaning bo‗laklari ham bo‗ladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling