O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarkand davlat arxitektura qurilish instituti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/44
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1780930
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
e965340bd423b40b0fc05f0a99a9c49f Yog’och va plastmassa konstruksiyalari (2)

Tilingan yog‘och materiallari. Katta diametrdagi yumoloq yog‘och 
materiallarni yog‘och tilish ramalarida yoki aylanma stanoklarda tilish natijasida 
tilingan materiallar tayyorlanadi. Tayyorlangan materiallarning uzunliklari 
orasidagi farq 0,25 metrga teng bo‘ladi va uzunliklari 1...6.5 metr oralig‘ida
bo‘ladi. 
4.2-rasm. 


Hamma tamonlari tekis qilib tilingan materiallar toza qirqilgan materiallar 
(obreznoy) deb ataladi. Tilish natijasida chorqirralar (brus), qalin taxtalar, yupqa 
taxtalar, kichik chorqirralar paydo bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari standartga asosan 
qo‘yidagicha bo‘ladi. 
4.3-rasm. 
Demak, tilingan yog‘och materiallarning qalinliklari  = 16-250 mm bo‘lib, 
ularning eni esa ikki xil, ya’ni b=75-150 mm bo‘ladi (tavsiya qilinadigan) va b= 
175-275 mm bo‘ladi (mumkin bo‘lgan). 
Fanera. Toq sonli shponlardan elimlab tayyorlangan qavatli yog‘och materiallar 
faneralar deb ataladi. SHponlarning qalinligi 1 mm. atrofida bo‘lib oq qayin va 
tilog‘och daraxtlardan tayyorlanadi. Tashqi qavatdagi shponlar doimo bir-biriga 
parallel joylashadi. Qurilishda elimlangan va yuqori namlikka chidamli faneralar 
ishlatiladi. Elimlangan faneralarning shponlari namlikka chidamli elimlar, ya’ni 
fenolformaldegid elimi bilan elimlangan bo‘ladi. Agar shponlar karbomid elim 
bilan elimlangan bo‘lsa o‘rtacha chidamli faneralar paydo bo‘ladi. Bu turdagi 
faneralar namlik kam bo‘lgan joylarda keng qo‘llaniladi. SHu sababli, ularning 
markalari ham elimlarning nomiga mos ravishda FSF va FK deb ataladi. 
Elimlangan faneralarning varaqlrining qalinliklari 8=6-12 mm bo‘ladi. 
Konstruksiyalar tayyorlashda eng ko‘p 7-qavatli fanera keng qo‘llaniladi. 
Faneralarning o‘lchamlari qo‘yidagicha bo‘ladi. 
4.4-rasm. 
Namlikka chidamli smolalar bilan shimdirilgan (bakelizirovannaya) faneralar 
yuksak mustahkamlikka ega bo‘lib qurilishda keng qo‘llaniladi. Bu turdagi 
faneralarning o‘lchamlari esa qo‘yidagicha bo‘ladi. Qalinligi =5... 18 mm, 
uzunligi = 1500...7700 mm, eni esa b = 1200... 1500 mm ga tengdir. 
Faneralarning mustahkamligi oddiy igna bargli daraxtning mustahkamligidan 
2,5 barobar kattadir (tolalari bo‘ylab). Hozirgi vaqtda tilog‘och daraxtidan 
faneralar tayyorlash bo‘yicha katta amaliy ishlar qilinmoqda, chunki, bu turdagi 
daraxtlarning zahirasi jami mavjud o‘rmonlarning 37 foizini tashkil qiladi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling