O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarkand davlat arxitektura qurilish instituti


YOg‘ochning fizik va mexanik xossalari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/44
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1780930
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
e965340bd423b40b0fc05f0a99a9c49f Yog’och va plastmassa konstruksiyalari (2)

YOg‘ochning fizik va mexanik xossalari. 
Zichlik. Ma’lumki, yog‘och materiallari trubasimon tolali tuzilishga ega. SHu 
sababli, zichlik materiallarning turiga, tarkibidagi bo‘shliqlarning soniga, 
panjaraning qalinligiga va tarkibidagi namlika bog‘liq. Materiallarda zichlik bir xil 
bo‘lsa ham zichlikka namlikning ta’siri katta bo‘ladi. Masalan, qarag‘ay uchun 500 
kg/m

eman (dub) 750 kg/m

va hokazo. 
Бўйлама қаватлар 


Issiq o‘tkazuvchanlik. Panjaralarning trubasimon tuzilishi yog‘ochni issiq 
o‘tkazuvchanligini yomonlashtiradi. O‘tkazuvchanlik tolalar bo‘ylab, tolalarga 
ko‘ndalang yo‘nalishdagi holatdan ham yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari
materiallarning zichligi va namligi qancha katta bo‘lsa o‘tkazuvchanlik ham mos 
ravishda yuqori bo‘ladi. YOg‘och materiallarni ko‘ndalang yo‘nalishda issiqni 
kam o‘tkazuvchanligi ulardan devorbop materiallar sifatida keng foydalanish 
imkonini beradi. 
Harorat ta’sirida kengayishi. YOg‘och materiallarning harorat ta’sirida 
kengayishi chiziqli kengayish koeffitsenti bilan xarakterlanadi. CHiziqli kengayish 
po‘latga qaraganda tolalar bo‘ylab 7-10 marta, ko‘ndalang yo‘nalishda esa 2-3 
marta kichiqdir. Bu holat, yog‘och sinchli imoratlarda harorat choklarini 
qo‘ymaslikni ta’minlaydi. YUqorida qayd qilinganidek, yog‘ochning chiziqli 
kengayish koeffitsienti =0,000005 mm/°S ga teng. 
Mexanik xossalari. Tashqi yuklar ta’sirida yog‘ochning mexanik xossalarni 
o‘rganuvchi fan reologiya deb ataladi. Ma’lumki, yog‘och materiallarining 
kuchlarning ta’sir muddatlariga qarab elastikligi va deformatsiyalanishi ham 
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Uzoq muddatli yuk ta’sirida deformatsiya nisbatan oshadi. 
Doimiy yuk ta’sirida yog‘ochda bikirlik payda bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan elastik va 
qoldiq deformatsiyalar ko‘payadi. YOg‘och materiallari anizatorlik materialdir
shu sababli mustahkamlik ko‘rsatkichlari ham tolalar yo‘nalishiga mos ravishda 
turlicha bo‘ladi. Masalan, elastiklik moduli talalari bo‘ylab E
yo
= 10000 MPa, 
bo‘lsa tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishda E
90
= 400 MPa ga teng. Bundan tashqari, 
mustahkamlik 
ko‘rsatkichlari 
ham 
yuklarning 
ta’siriga 
mos 
ravishda 
o‘zgaruvchandir. Masalan, siqilishda 

= 40-50 MPa, egilishda 
eg 
= 75-80 MPa, 
cho‘zilishda 
ch 
= 100 MPa, tolalari bo‘ylab yorilishda 
yo 
= 2,4 MPa, tolalariga 
ko‘ndalang yo‘nalishda 
yo90 
=1,2 MPa ga tengdir. Bundan tashqari, puasson 
koeffitsenti ham yo‘nalishga mos ravishda 
090
=0,5 va 
90,0
0,02 ga teng. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling