O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


Marketing tuzilishini yaratishning tamoyillari


Download 1.81 Mb.
bet63/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

10.10. Marketing tuzilishini yaratishning tamoyillari

Marketing bo‘limining katta – kichikligi qo‘yidagilarga bog‘liq:



  • tavsiya etiladigan xizmatlar miqdoriga – haridorni o‘rganish tahlil hajmiga ta’sir qiladi;

  • xizmatlar turiga – tahlil turiga va iste’molchilar miqdoriga ta’sir qiladi;

  • raqiblar miqdoriga – o‘tkaziladigan ish hajmiga ta’sir etadi, ishlar bajarilishi, sotish hajmi, ulgurji va chakana siyosatini o‘rganish uchun;

  • reklama imkoniyatlari – mahsulotni ko‘proq reklama qilish uchun yurish uchun va materiallarni qayta ishlash uchun kishilar ko‘proq kerak bo‘ladi.

Bugungi kunda marketing bo‘limlari har bitta yirik turoperatorlik kompaniyada mavjuddir. Ular u yoki bu darajada marketing faoliyati, ya’ni bozor tahlili va turmahsulotni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni yaratish bilan, yangi bozorlarga chiqish, raqobat afzalliklarni qidirishi va h.k. bilan, hamda turmahsulotni o‘tkazish bilan bog‘liq, ya’ni agentliklar bilan bog‘liq ko‘pgina qo‘shimcha masalalar yechimi bilan shug‘ullanadilar. Bunga seminarlarni, master-sinflarni, press-turlarni tashkil etish, ixtisoslashgan ko‘rgazmalarda va ishtirok etish va h.k. kiradi. Bundan tashqari, marketing bo‘limlari odatda tur reklamasini tuzadi va joylashtiradi, jamoat bilan aloqalar o‘rnatadi. Bunda umumbashariy masalalarni yechish – yangi mahsulotni jalb etish, yangi yo‘nalishda chiqish-firma rahbari va bir nechta top-menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Odatda marketing bo‘limida xodimlar soni 3-5 kishidan ko‘p bo‘lmaydi. Kichik turoperatorlik kompaniyalar, kompaniya – monooperator, turagentliklar maxsus marketing bo‘limisiz ish yuritadi. Ular xodimlardan bitta mutaxassisni undaydilar, bozor tahlili bilan esa kompaniya rahbariyati shug‘ullanadi.
Marketing va savdo bo‘limlarning masalalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun korxonadagi ko‘pgina bo‘linmalarning birgalikdagi faoliyati amalga oshirilishi kerak. Tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi axborot bilan uzviy bog‘lanish – ko‘pchilik uchun an’anaviy jihatdan kuchsizdir. Kompyuterizatsiyaning eng yuqori darajasi odatda yaxshi natijalarga keltirmasligi ham mumkin. Shartli ravishda barcha to‘g‘ri aloqalarni iloji boricha va zaruriy holda lavozim qoidalarida ko‘rsatib berish kerak.



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling