O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
Download 1.81 Mb.
|
6 Turizm marketingi (u.q.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 13. Turistik biznesda kommunikatsiya kompleksi. O‘zbekiston turizm bozorini o‘ziga xos jihatlari
- 13.1. Marketing kommunikatsiyalari
Tayanch iboralar: narx, muvozanatli narx, chakana narx, ulgurji narx, foyda, daromad, tannarx, harajatlar, narx siyosati, normal foyda, iqtisodiy foyda, foyda normasi, rentabellik, prays-varaq, turpaket.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 1. Narx va muvozanatli narx tushunchalarini izohlang. 2. Narxning shakllanish jarayoni nimalardan iborat? 3. Turmahsulot narxining qanday tarkibiy qismlari bor? 4. Turistik yo‘llanmaning qiymati qanday aniqlanadi? 5. Narx-navoni hisoblayotganda nimalarni hisobga olish kerak? 6. Firma harajatlari qanday qismlardan iborat bo‘ladi? 7. Narxlar bo‘yicha yechimlarni qabul qilishga kimlar ta’sir etadi? 8. Foydaning qanday ko‘rinishlari bor? 9. Firma daromadi nima va uning qanday turlari bor? 10. Rentabellik nima? 11. Narxni belgilaydigan omillarni aytib o‘ting. 12. Narx egiluvchanligi deganda nimani tushunasiz? 13. Yaxshi prays-varaqa iste’molchiga qanday imkoniyat yaratadi? 14. Turizmda narxni hisoblaganda qanday xususiyatlarni esdan chiqarmaslik kerak? Mavzu 13. Turistik biznesda kommunikatsiya kompleksi. O‘zbekiston turizm bozorini o‘ziga xos jihatlari Reja: 13.1. Marketing kommunikatsiyalari. 13.2. Turizmda reklama. 13.3. Turmahsulotni o‘tkazish. 13.4. O‘zbekiston turizm bozori. 13.1. Marketing kommunikatsiyalari Marketing iste’molchilarning talablarini batafsil, har tomonlama va izchil o‘rganish hamda taklif etiladigan xizmatlarni ularga nisbatan moslashuvchanlik sust masala yechimini ko‘zlaydi. Shu bilan birga marketing sotuv hajmini ko‘paytirish, samaradorlikni oshirish va bozordagi faoliyatning foydaliligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish hamda sotishni rag‘batlantirish bilan birga bog‘liq bo‘lgan faol masala yechimini muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi. Marketing aloqa yo‘llarining majmuasi ayni shunga xizmat qilishga qaratilgan. Turistik korxonaning harakat qiluvchi muhiti aloqa yo‘llarining murakkab tizimiga egadir. Firma o‘z mijozlari, banklari, sug‘arta kompaniyalari, turistik xizmatlarni yaratuvchilari, xilma-xil aloqador, auditoriyalar bilan ish yuritadi. Buning ustiga aloqalar har tomonlama va kesishib o‘tadigan tavsifga egadir. Turistik korxonaning vazifasi taklif etiladigan mahg‘sulotlar va firmaning tashkilot sifatida obro‘sini jamoat va o‘z salohiyatli mijozlar nazarida shakllantirish va saqlash vazifasidan iborat. Kommunikatsiya yo‘llari, bu – ikki va undan ko‘p kishilar orasida axborotlar bilan almashish jarayoni. Kommunikatsiya yo‘llari shaxslararo (muomila va o‘zaro ta’sir) hamda shaxslarsiz bo‘ladi. Shaxslararo aloqa yo‘llari ikki yoki undan ko‘p bo‘lgan shaxslar orasida ro‘y beradi. Ular bir-biri bilan kommunikatsiya vositalari (televedeniye, telefon, Internet va boshqa) orqali va ularsiz bo‘ladi. Shaxssiz kommunikatsiya yo‘llari shaxsiy yondoshuvsiz va teskari kommunikatsiyasiz amalga oshiriladi. Bunda vaziyatga qarab ommaviy va tanlovli ta’sir ko‘rsatadigan vosita (matbuot, radio, televedeniye, reklama shitlari, varaqlari va boshqa)lar qo‘llaniladi. Kommunikatsiya yo‘llarining roli korxona ichki muhitning normal holatda ishlashini ta’minlash va uning tashqi muhiti bilan uzviy bog‘lanishiga nisbatan muvofiqlashtirishdan iborat. Turistik korxona faoliyatida kommunikatsiya yo‘llarining ahamiyati quyidagilarga asoslanadi: - ular axborot manbasi va o‘tkazuvchisi bo‘ladi; - bozorga ongli ravishda ta’sir o‘tkazish vositasi hisoblanadi; - marketing faoliyati samaradorligini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kommunikatsiya yo‘llarining samarasi yetkazilgan axborotning dastlabki mazmuniga muvofiqligi bilan tavsiflanadi. U to‘rtta asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘lgan tizim sifatida aniqlangan bo‘lishi mumkin: - axborot yuboruvchisidan (kommunikator); - axborot oluvchisidan; - bevosita axborotdan; - kommunikatsiya ob’ektiga ega bo‘lgan axborot tizimidan. Oqibatda bu tizimda erishilgan natija bilan birga olingan axborot ta’siri ham hisobga olinadi. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: axborot oluvchi bilimining o‘zgarishi; axborot oluvchining maqsadlari va ishonchining o‘zgarishi; axborot oluvchining ochiqdan-ochiq o‘zgarishi. Teskari kommunikatsiya - yuborilgan axborotning axborot oluvchisiga bo‘lgan ta’sirchanligi. Marketing tizimida muhim narsa bo‘lib turistik korxonaning axborot oluvchisiga e’tibor berish hisoblanadi. Demak, umumiy ko‘rinishda marketing kommunikatsiya yo‘llarining majmuasi, bu – turistik korxonaning axborot oluvchilari bilan ma’lum aloqalarni o‘rnatish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Turistik korxona marketing kommunikatsiya yo‘llarining maqsadli auditoriyalar (axborot oluvchilar)ning tizimini yanada izchil ko‘rib chiqamiz. Marketing kommunikatsiya yo‘llari kimlarga yo‘naltirilgan? Shubhasiz, bozorda turfirmaning maqsadlariga erishishiga o‘z faoliyati bilan ta’sir ko‘rsatadigan barcha tashkilotlar, firmalar va aniq kishilarga. Marketing kommunikatsiya yo‘llaridagi asosiy axborot oluvchilarning chizmasi 13.1. – chizmada ko‘rsatilgan. Turistik korxona marketing aloqalarning asosiy axborot oluvchilari Aloqa qiluvchi auditoriyalar Davlat hukumati va boshqaruvi organlari 4 4 2 4 4 6 Marketing vositachilari 6 1 3 2 Maqsadli b ozor 5 Firma 3 2 Turistik xizmatlar yaratuvchilari 2 1 .1. – chizma. 5 kommunikatsiya yo‘llar oqimlari teskari kommunikatsiya Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling