7
I-Bob. Iqtisodiy ta’limda buxgalteriya fanlarini o`qitish va innovatsion
texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari
1.1. Buxgalteriya hisobi tizimida baholash va kalkulyatsiyaning mazmuni,
mohiyati va xususiyatlari
Buxgalteriya hisobining muhim tamoyillaridan biri bo‘lib, oldingi bobda aytib
o‘tganimizdek, baholash hisoblanadi.
Baholash –
bu korxona aktivlarining
qiymatini pulda ifodalash usuli.
Kalkulyatsiya –bu xo‘jalik aktivlarining sotib
olish, ishlab chiqarish va sotish qiymatlarini hisoblab topish usuli.Korxona
aktivlarini baholash negizida quyidagi qiymat turlari yotadi:
1.Boshlang‘ich qiymat – bu aktivlarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish va
boshqa yo‘llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat o‘z
ichiga aktivlarni sotib olishga, qurishga va ishlab chiqarishga ketgan harajatlarni
oladi. Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang‘ich qiymati komissiya tomonidan
ekspert yo‘li bilan topiladi.
2.
Qoldiq qiymat – bu aktivlarning boshlang‘ich
qiymatidan foydalanish
davrida jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati.
3.
Sof sotish qiymati - bu aktivning sifati, holati, shuningdek bozordagi talab
va taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati. Ushbu qiymat yuqorida
keltirilgan qiymat turlaridan kam ham, ko‘p ham bo‘lishi mumkin.
Korxona aktivlarining alohida turlarini baholash va kalkulyatsiya qilishda
o‘ziga xos xususiyatlar mavjud va bunda turli usullardan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan yana bitta farqli xususiyati
shundaki, unda aks ettirilgan xo‘jalik operatsiyalari qat’iy
hujjatlashtirilgan
bo‘ladi, ya’ni hisobda aks ettirilgan ma’lumotlar hujjatli asosga ega bo‘ladi. Bu o‘z
navbatida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini muhimliligini, ishonarliligini, yuridik
kuchga ega ekanligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham hujjatlashtirish
buxgalteriya hisobining muhim usuli hisoblanadi.
Hujjatlashtirish – bu xo‘jalik
operatsiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli.
Hujjat – bu
ho‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi yoki ularni
kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar-moddiy
8
boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar,
pulni
kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar
xo‘jalik operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‘ladi, masalan berilgan
ishonchnoma shu shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni
qabul qilib olishiga, chek esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi.
Buxgalteriya hisobida juda ko‘p turdagi hujjatlar ishlatiladi.
Ularni turli
belgilariga qarab tasniflash mumkin
Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish
beruvchi, farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik
hisob-kitoblarini aks
ettiruvchi turlarga bo‘linadi.
Guvohlik beruvchi hujjatlar deganda, yuqorida
aytib o‘tganimizdek, xo‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh
beruvchi hujjatlar tushuniladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlar deganda u yoki bu
harakatni kelgusida amalga oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi.
Masalan, inventarizatsiya o‘tqazish to‘g‘risida farmoyish, tovarni olib kelush
uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar.
Farmoyish va guvohlik beruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: