3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantitishni
beshta usstuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar Strategiyasida O’zbekiston
Respublikasida iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish,
aholi
turmush darajasini yaxshilash uchun mamlakatimiz hukumati oldida turgan
vazifalardan biri – bu yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir ekanligiga
alohida ta`kid etilgandir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya
sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish
va mustahkamlash, jumladan,
umumiy o’rta ta’limdan boshlab o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’limgacha
bo’lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasbiy tayyorgarligiga ega
bo’lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish alohida dolzarb vazifa
ekanligini ta`kid etib o`tdilar.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’limda islohotlarni
amalga oshirishni
ko’zda to’tadi. Innovatsion texologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy tarbiyani
mustahkamlash va bu jarayonda axborot ta’minotini zamon talablariga javob bera
oladigan ko’rinishga keltirish, kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega
ekanligi ta’kidlanmoqda.
Innovatsion texnologiyalarni
vujudga kelishi, bu jamiyat rivojlanishi va
talablar o’zgarishining natijasidir. Har bir yangi davr o’z o’zgarishlarini va
yangiliklarini taqozo etadi. Yangi innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishdan
maqsad – ta’limning har bir yangi bosqichida ta’lim
va tarbiya samarasini
oshirishga qaratilgandir. Ta’lim-tarbiya jarayoni samarasini oshirish yangi sifat
darajasiga o’tish imkonini beradi. Bu maqsadga erishish uchun esa innovatsion
texnologiyalarni, ya’ni o’qitish jarayonining yangi samarali ko’rinishlarini
ishlab
chiqish lozim. Innovatsion texnologiyalar hozirgi davr uchun, ya’ni insonning
rivojlanish darajasi va texnikaning erishgan darajasiga
mos tushishi hamda inson
va texnik resurslarni uyg’un birlashishini ta’minlashi kerak. Mana shu maqsad va
4
vazifalardan kelib chiqqan xolda innovatsion texnologiyalarning mazmuni bugungi
kunda keng ko’lamda qaraladigan bo’lsa, u o’z navbatida ta’limni rivojlantirishga
yo’naltirilishi darkor deb o`ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: