21
Mahsulot (ish, xizmat)ning haqiqiy tannarxini
kalkulyatsiya qilish uchun
hisobot davri oxirida ushbu mahsulot (ish,xizmat) uchun haqiqatda qilingan
harajatlar summasi hisob registrlaridan olinadi, masalan bosh kitobdan. Jami
harajat summasi ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)
ning umumiy soniga
bo‘linadi va shu yo‘l bilan bir birlik mahsulot (ish, xizmat)ga to‘g‘ri keladigan
tannarx summasi hisoblanadi. Misol uchun, fabrikada 1
kilogramm choyni
qadoqlashning normativ (rejadagi) ishlab chiqarish tannarxi kalkulyatsiyaga
muvofiq – 1200 so‘m, mart oyida 20 tonna choy qadoqlangan va jami ketgan
ishlab chiqarish harajatlari bosh kitob bo‘yicha 25000000 so‘m, unda 1 kilogramm
qadoqlangan choyning haqiqiy tannarxi 1250 so‘m bo‘ladi (25000000 / 20000
kg)., aprel oyida 25 tonna choy qadoqlangan va jami
ketgan ishlab chiqarish
harajatlari bosh kitob bo‘yicha 30000000 so‘m, unda 1 kilogramm qadoqlangan
choyning haqiqiy tannarxi 1200 so‘mni tashkil etadi.
Agar korxonada hisobot davri davomida tayyor mahsulotlarning harakati
rejali hisob baholarida hisobga olib borilgan bo‘lsa,
u taqdirda hisobot davri
oxirida haqiqiy tannarx va hisob bahosi o‘rtasidagi farq aniqlanadi va ushbu
summaga tuzatish yozuvlari qilinadi. Ushbu yozuvlar to‘g‘risida keyinroq to‘xtalib
o‘tamiz.
Tannarxni kalkulyatsiyasi asosida mahsulot (ish, xizmat)ning sotish bahosi
ham kalkulyatsiya qilinadi. Sotish bahosini kalkulyatsiyasining
tannarxning
kalkulyatsiyasidan farqi shundaki, unda sotishda tannarx ustiga qo‘yiladigan
qo‘shimcha qiymatlar hisobga olinadi. Bunday qiymatlar bo‘lib, jumladan
korxonaning rentabellik darajasi bo‘yicha
oladigan foydasining summasi, aksiz
solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, savdo ustamasi,
ovqatlanish korxonasining
ustamasi hisoblanadi. Misol uchun, aroq ishlab chiqaruvchi zavodda bir shisha
aroq ni ( sig‘imi 0,5 litr) sotish bahosi kalkulyatsiyasi
taxminan quyidagicha
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: