22
Sotish bahosi kalkulyatsiyasi (zavodda)
Baho elementlari
Summa, so‘mda
1. Bir shisha aroqning o‘rtacha ishlab chiqarish tannarxi
90
2. Korxona foydasi 20%
18
3. Korxonaning sof sotish bahosi
108
4. Aksiz solig‘i 82% (aksiz bilan birgalikdagi sotish bahosidan.
Bu baho topiladi 108 *100 /100-82= 600 sum
492
5. Sotish bahosi aksiz solig‘i bilan
600
6. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20%
120
7. Korxonaning sotish bahosi
720
Bir shisha aroqning chakana savdo magazinida sotilishi
vaqtida sotib olish
bahosi ustiga savdo ustamasi qo‘yiladi. Bu holda
bir shisha aroqning sotish
bahosining kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Sotish bahosi kalkulyatsiyasi (magazinda)
Baho elementlari
Summa, so‘mda
1. Bir shisha aroqning sotib olish bahosi
720
2. Savdo ustamasi 20%
144
3. Tovarni
chakana sotish bahosi
864
Ovqatlanish korxonalarida kelib tushgan tovarlar ustiga savdo ustamasidan
tashqari ovqatlanish korxonasining ko‘rsatgan xizmatlari uchun ham qo‘shimcha
ustama qo‘yiladi.
Bu holda, masalan, restoranda, bir shisha aroqning sotish
bahosining kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Sotish bahosi kalkulyatsiyasi ( restoranda)
Baho elementlari
Summa, so‘mda
1. Bir shisha aroqning sotib olish bahosi
720
2. Savdo ustamasi 20%
144
3. Tovarni chakana sotish bahosi
864
4. Restoran xizmati ustamasi 30%
259
5. Aroqning restoran menyusidagi bahosi
1123
Tayyor mahsulotlar hisobining vazifalari. Tayyor mahsulotlar bo‘yicha
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Tayyor mahsulotlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos
ravishda
hisobga olish;
23
Tayyor mahsulotlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
Tayyor mahsulotni to‘g‘ri baholash;
Tayyor mahsulotla holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli
boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
Tayyor mahsulotlarga moddiy javobgarlikni ta’minlash,
moddiy javobgar
shaxslar tomonidan hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi,
taqdim etilishini
nazorat qilish;
Tayyor mahsulotlarning butligini ta’minlash, buning uchun ularni
belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning
natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish;
Tayyor mahsulotlarni o‘z
vaqtida sotilishi, chunonchi tannarxdan past
baholarda sotilmasligi, omborlarda me’yoridan ortiq zahiralarni to‘planib
qolinishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat o‘rnatish;
Tayyor mahsulotlarni asosli ravishda qayta baholash
va uning natijalarini
hisobda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: