O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA VA OILAVIY TARBIYANING AKS ETISHI
Download 1.5 Mb.
|
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA
O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA VA OILAVIY TARBIYANING AKS ETISHI
Yurtimiz O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umum xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy an’analarning qadri ko’tarilishi kerakligi etirof etildi, bir so’z bilan aytganda, zo’rlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari ko’zini tozalashga kirishildi. Ilgarilari milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir «illat» qidirildi. Hayotbaxsh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlari eskilikka yo’yildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar. Ovrupocha madaniy hayotga tezroq ko’niktirish uchun bir yarim ming yillik tarix, ma’naviy meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha o’zgartirildi. Kaltabinlik Shu darajaga borib etdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning hammasi diniy deb yo’qotildi. Xullas, qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va an’analar ham, ma’naviy xazina durdonalari ham, hur fikrli xalq farzandlari ham depsaldi, yo’qotildi. Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to’liq javob berish uchun an’ananing o’zi nima? degan savolga javob izlab ko’raylik. . An’ana nima? «An’ana» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o’tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va Shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va an’analarni o’rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg’or, hayotda o’zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo’llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo’lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do’stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko’rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo’llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.Dunyoda necha millat, necha xalq bo’lsa, hammasining o’ziga xos turmush tarzi, o’tmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog’liq an’analari mavjuddir. O’zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma’-naviyatining mag’zi to’qligi omilidir. Bu — hamisha, hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq»(«Haqiqat sovg’alari») kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning o’lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning «Savdita’lim», Qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning «Guliston yoxud axloq» asarlarida Sharq xalqlari, xususai, o’zbek xalqiga xos bo’lgan ibratlya tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo’lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondo’stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug’lash, farzandga mehrli va fidoyi bo’lishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan bo’lsa, ajab emas. Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va an’analarni chuqur o’rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo bo’lish yo’llari, evolyusion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangai g’oyalarni ilgari surish va Shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradn. Qadim zamonlardan, hatto o’zbek xalqining yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o’rin tutganligi Shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Oilaviy an’analarga bolalarning tug’ilishlari bilan bog’liq bo’lgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo’lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana Shu xususiyatlariga ko’ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq ko’rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo’lsa, u xalqqa Shuncha tez singadi, Shuncha uzoq yashaydi Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling