O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
Download 1.5 Mb.
|
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA
МЕНТАЛИТЕТ
(тор маънода) авлодлар тажрибаси, миллий характер ва дунёқараш асослари, ижтимоий ахборотнинг энг кам ўзгарувчан қисми Tarbiyalanuvchilarning milliy psixologik xususiyatlarini ijtimoiy pedagog inobatga olishi kerak. Milliy psixologiyani bila turib, u tarbiya ishining sifatini oshirishda kerakli qoidalarni topa olish mumkin. Etnopsixologiya pedagogika faniga muayyan milliy guruhlar vakillari tomonidan tarbiyaviy ta’sir choralarini qabul qilishning o’ziga xoslik, turli xalqlarning tarixiy tajribasini inobatga olib tarbiya tadbirlarining mazmunini, u yoki bu millat vakillarining tarbiya choralariga ko’nikishlari xususiyatlarini, aniq etnik guruh vakillarida milliy psixologiyaning ifodalanishini, turli xalqlarda tarbiyaviy ta’sir paytida nizomiy munosabatlarning ifodalanishi xususiyatlarini, milliy mintaqalarda odamlarga nisbatan qo’llanilayotgan psixologik ta’sirga bog’liq ravishda tarbiya ishining mahsuldorligi, turli millat vakillarining muomalasi jarayonida shaxslararo munosabatlarning shakllanishini o’rganishga yordam beradi. Insonlarning milliy psixologik xususiyatlari ularning faoliyatiga 3 darajada ta’sir ko’rsatadi: -faoliyatning milliy o’ziga xosligi; -inson hislatlarining milliy xususiyati; -axloqiy xolatning milliy o’ziga xosligi. Milliy psixologik xususiyatlar nafaqat inson ruhiyatining in’ikosining umumiy xarakteriga ta’sir ko’rsatadi, balki bu jarayonga muayyan tuzilish va mazmunini kasb ettirishdan iborat. (Konstitutsiya funksiya ko’nikish (milliy-psixologik xususiyatlar odamlarning faoliyat sharoitlariga ko’nikishiga yordam berishi yoki to’sqinlik qilishi) jarayonlarining milliy o’ziga xosligini, barqarorlik shaklida amalga oshirish mumkin). Milliy psixologiyada ijtimoiy ong xodisasi sifatida 4 ta sohani ajratsa bo’ladi. Motivatsion fan sohasi milliy umumiylikning sabablari va g’oyalarining o’ziga xosligini xarakterlaydi. Intellektual soha esa milliy psixika taShuvchilarining tafakkurining o’ziga xosligini xarakterlaydi. Bu jihat ularda aqliy hislatlar mavjudligida ifodalanadi. Kommunikativ soha esa har bir xalqning o’rnatilib bo’lingan o’zaro munosabatlar me’yorlari, o’z axloq stereotiplari, o’z rahbarlik shakllari mavjudligidan dalolat beradi. Shunday xalq gipotezasi mavjudki, har bir xalq nerv tizimi va aqlining tug’ma xususiyatlarining faoliyat yuritishida o’z xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning emotsional-irodaviy va aqliy sohalarining o’ziga xosligini keltirib chiqaradi. Milliy psixologik xususiyatlar ko’nikma va stereotiplar mexanizmlari orqali namoyon bo’ladi. Qurilmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul qilishidir, ya’ni qurilma muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror bir milliy jamoa vakili o’z etnik sharoitlaridan kelib chiqib milliy mentaliteti shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy me’yorlari va qadriyatlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish yo’nalishlarini mustahkamlash, atrof-muhitdagi odamlarga baho berish, o’z millati nuqtai nazariga mos kelmaydigan g’oyalarni qoralash vazifasini bajaradi. Ijtimoiy va pedagogik amaliyot, bir qator tadqiqotlar insonning milliy majburiyatini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar sifatida oilani e’tirof etadi. Oila: -milliy axloqiy normalarni o’zlashtirish, milliy madaniy muhitga va uning qadriyatlariga ko’nikishning eng bevosita va abadiy manbasi hisoblanadi. -millat psixologiyasi jihatlarining taqlid yo’li orqali alohida shaxslar ongi va ruhiy olamiga kirishini ta’kidlaydi. -milliy qadriyatlarga amal qiladi, ularni saqlaydi. -o’zining milliy tarbiyaviy ahamiyati inson hayoti davomida saqlab qoladi. -milliy odatlar, urf va an’analarning asosiy taShuvchisi hisoblanadi. Oilaning barcha sanab o’tilgan xususiyatlari o’zbek oilasida o’zining yorqin ifodasini topadi. O’zbek xalqi vakillarining shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy xususiyatlari, oilada milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllanlgan va avloddan-avlodga o’tib ta’lim-tarbiya, odat, marosimlar, qoidalar shaklida mustahkamlangan. Bunday qadriyatlarga avvalom o’z yurtining o’tmishiga hurmat, milliy an’analarga sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga mehnat faoliyatining xarakteri va yo’naltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish darajasi, madaniy ta’lim darajasi ta’sir qiladi. Milliy xislatlarning shakllanishining asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning shakllanishi, saqlanishi va boshqa avlodlarga uzatilishi vositasi- milliy odat va an’analar hisoblanadi. Axloqiy qadriyatlar asosida o’zbek oilasida rostgo’ylik, vazminlik kabi xislatlar shakllanadi. O’zbek oilasining pedagogik va psixologik xususiyatlari aloxida e’tiborga loyiq. CHunki ular hayot tarzi, ma’naviy axloqiy muhit, tarbiyaviy tamoyillarni belgilab berishadi. Bularga milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy amallarga hurmat, bolalarni yaxshi, xayrli ishlarni qilishga undash, o’z so’zida turish, kattalarning yoshlarga namuna bo’lishi, sabr-toqatli bo’lish, yosh xususiyatlarining inobatga olinishi, munosabatlarning hamkorlik, o’zaro hurmat tamoyillari asosida qurilishi kiradi. Bir qator tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlar asosida biz Shunday xulosaga keldikki, tarbiyaviy ta’sirlarning natijalari o’zbek millatning o’ziga xos xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Ularni esa shartli ravishda ega bo’lsak bo’ladi: 1). xarakterli-ishonuvchanlik, hissiyotlik, sodiqlik, sabrlilik, bolalarni sevish: axloqiy-tarbiyalanganlik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik, mehribonlik, insoniylik, insoflilik, g’amxo’rlik, saxiylik. vatanparvarlik. An’analar iqtisodiy va ma’naviy borliqning tarkibiy unsuri sifatida qaysidir ma’noda bizning hayotimizni kelajak bilan bog’laydi. Har bir rivojlanish bosqichida an’analarning mazmuni va ahamiyati aniq ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va vazifalar bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari-maishiy, ijtimoiy, san’at sohasining zaruriy tarkibiy qismi bo’lish bilan birga, an’ana va odatlar odamlarning har bir davrdagi ko’p asrli qarashlarini mujassamlashtiradilar. Aksariyat hollarda an’analarning kelib chiqishi muhim tarixiy hodisalarga borib taqaladi. Xalqda faqatgina insonlarni tashqi va ichki holatda birlashtiruvchi Shu qadriyatlar qadrlanadi. An’analar qanchalik qadimiylik ega bo’lsa, Shuncha ishonch bilan ularning ahamiyati va uning jamiyat institutlari tomonidan qabul qilinishiga e’tibor qaratsa bo’ladi. An’analar o’z ifodalarini topish bo’yicha nihoyatda milliylik xususiyatiga egadirlar,, biroq tarixiy rivojlanish mobaynida ular boshqa xalqlari tomonidan ham boiytiladi va Shu paytning o’zidayoq umumxalq, xalqaro qiyofaga ega bo’lishadi. An’ana va odatlarga ikki o’zaro bog’liq ijtimoiy vazifa xosdir: a) Shu jamiyatda o’rnatilgan munosabatlarni barqarorlashtirish vositalari, b) bu munosabatlarning yangi avlodning hayotida amalga oshirish. Bu vazifalar turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: agar an’analar bu hayotda qanday harakat qilish lozimligini aniq belgilab qo’ygan bo’lishsa, unda an’analar, yurish-turishning umumiy me’yorlari yoki tamoyillarini ilgari surishadi. Hozirgi kunda o’zbek xalqining mentaliteti milliy istiqlol g’oyasiga asoslanadi. Prezident I.A.Karimovning fikricha quyidagilar milliy mentalitetning asosiy tushunchalari hisoblanadi: -Vatanga muhabbat: -ona tiliga muhabbat: -milliy axloqiy, madaniy, ma’naviy qadriyatlar: -oila: -mahalla: -islom dini: -ta’lim va ma’rifatning o’rni: -umuminsoniy qadriyatlarga tayanish. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling