O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “iqtisodiyot” fakulteti
Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Aziz
3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari; aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot. Har yili budjetning salmoqli qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar davlatga: -xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish; -fan va madaniyatni rivojlantirish -aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish; -aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish; -ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi. Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda 2022-yil davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda. Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital xarajatlariga bo’linadi (2.1-rasm). So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling