O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari qonun loyihasida 65
ta birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilari (vazirlik va idoralar)
kesimida tasdiqlanmoqda. Moliya yili yakuniy sanasi holatiga O‘zbekiston
nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldig‘ining miqdori
joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60
foizдан oshmasligi belgilab
qo‘yilmoqda (10-modda). Bunda, 2023 yil uchun hukumat nomidan va respublika
kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi
bitimlarning cheklangan hajmi 4,5
mlrd AQSh dollari, shundan Davlat budjetini
qo‘llab quvvatlash uchun — 2 mlrd AQSh dollari,
investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish
uchun — 2,5
mlrd
AQSh
dollari miqdorida
belgilash
rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2023 yil uchun O‘zbekiston
Respublikasi
nomidan chiqariladigan davlat qimmatli қоғозларининг cheklangan sof
hajmini — 17 trln so‘m (2022 yil uchun dastlab 6 trln so‘m, keyinchalik 12 trln
so‘m bo‘lgan) miqdorida
belgilash, bunda, moliya yili davomida chiqariladigan
hamda joriy yilda so‘ndiriladigan O‘zbekiston Respublikasi
davlat qimmatli
qog‘ozlarini cheklangan sof hajmga kiritmaslik taklif etilmoqda.Qonun
loyihasining to‘liq shakli bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.