O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori va qimmatli qog’ozlarni Islomiy qimmatli qog’ozlar bilan taqqoslash


Download 24.17 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi24.17 Kb.
#1044085
Bog'liq
zoirov soxib tezis


O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori va qimmatli qog’ozlarni Islomiy qimmatli qog’ozlar bilan taqqoslash”
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya fakulteti 2-kurs BN-91 guruh talabasi Zoirov Soxib
Annotatsiya: O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori va hozirda Islom mamlakatlarida rivojlanib borayotkan sukuk qimmatli qog’ozining Islom moliyasidagi o’rni . Islom moliyasi hozirgi kunda jadal rivojlanyapti bunga sabab Islom diniga mansub aholi ham yer yuzida ko’pchilikni tashkil qiladi. Shu jumladan O’zbekistonda ham Islom diniga mansub aholi jami aholini 95% idan ziyodini tashkil qiladi. Aynan shu sababdan mamlakatimizda Islom moliyasi va Islomiy qimmatli qo’g’ozlar bozorini tashkil etish kerak.
Annotation: The stock market in Uzbekistan and the role of the sukuk stock in Islamic finance, which is currently developing in Islamic countries. Islamic finance is currently developing rapidly, which is why the population belonging to the Islamic religion is the majority on earth. Including in Uzbekistan, the population belonging to the Islamic religion makes up more than 95% of the total population. It is for this reason that it is necessary to establish the market of Islamic finance and Islamic securities in our country.
Аннотация: Фондовый рынок Узбекистана и роль акций сукук в исламских финансах, которые в настоящее время развиваются в исламских странах. Исламские финансы в настоящее время стремительно развиваются, именно поэтому население, принадлежащее к исламской религии, составляет большинство на земле. В том числе в Узбекистане население, принадлежащее к исламской религии, составляет более 95% от общей численности населения. Именно по этой причине необходимо создание рынка исламских финансов и исламских ценных бумаг в нашей стране.
Kalit so’zlar: Aksiya, obligatsiya, veksel, option, fyuchers, Sudxorlik, Sukuk( murobaha, mushoraka, salam, mudoraba, ijara).
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotkan moliya bozorida mamlakatimizda jahon miqyosida bo’lmasa o’z aksini topmoqda avvalari mamlakatimiz aholisi moliya yoki iqtisod so’zini eshitishganda faqatgina bankda ishlashadi deb oylashar edi va bu borada yetarlicha bilim ko’nikmaga ega emasdilar. Ammo hozirga kelib bunday emas albatta chunki yurtimizda o’tkazilayotgan islohatlar sekin-sekinb o’z aksini topmoqda. Aholini o’ziga toq va oilaviy sharoitidan pul orttira olgan oila vakillari albatta qandaydir biznesni boshlash haqida bosh qotirishadi ko’pchilik insonlar esa ushbu ortgan pul mablag’larini depozitga qo’yishadi va yana bir qismi esa birjada qimmatli qog’ozlar oldi sotdisi bilan shug’ullanadi. O’zbekistonda fond bozorini sayti Fondbozori.uz ushbu sayt orqali qimmatli qog’ozlar oldi sotdi ishlari amalga oshiriladi bu saytda o’z aktivlarini sotadigan va sotib oladigan investor va ular ortasidagi vositachilar o’z operatsiyalarini amalga oshirishadi. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori haqida Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-fevralda qabul qilingan. Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda ma’qullangan. Qimmatli qog‘ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi;
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek birjalar va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi;
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining mijozi (mijoz) — deponent yoki qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxsdr.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat — qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyalanadigan yoki vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi;
Aksiya-o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga , aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilgandan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi , amal qilish muddati belgilanmagan , egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qo’g’oz. Obligatsiya- uni chiqargan shaxs va egasi o’rtasidagi qarz munosabatini ifodalovchi tasdiqlovchi qimmatli qog’oz. Obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalenti obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo’lgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qo’g’oz. Veksel-veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda ko’zda tutilgan muddati kelganda veksel egasiga ma’lum miqdordagi summani to’lash haqidagi so’zsiz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz. Option- emissiyaviy qimmatli qog’oz bo’lib o’z emitetntining muayyan miqdordagi bazaviy aktivni nazarda tutilgan muddatda, qat’iy belgilangan narx bo’yicha sotish yoki sotib olishga bo’lgan huquqini tasdiqlaydi.
FYUCHERS- fyuchers shartnomalari bu ikki tomonning kelishuvi bo’lib unga ko’ra tomon sotish majburiyatini olsa ikkinchi tomon esa kelajakda amalga oshirishga kelishilgan ma’lum bir muddatda va o’rnatilgan narxda bazis aktivlarni olishga bo’lgan majburiyatini ifodalaydi. Depozitar tilxat— nominal qiymatga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘oz bo‘lib, u taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning muayyan soniga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qog‘oz emitentidan depozitar tilxat o‘rniga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning tegishli sonini olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlar bilan mustahkamlangan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi. Market-meyker — qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun birja bitimlarini tuzish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan investitsiya vositachisi.
Shu bilan birgalikda O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda , husuiy mulkchilikni rivojlanishi qimmatli qog’ozlar bozoriga yanada jadallik berdi sababi kasalxonalar, korxonalar , davlat korxonalari hususiylashtirildi uylarni hamma aktivlar fond birjada savdosi bo’lib o’tdi va sotildi. Ammo shuni ham ta’kidlash joizki bu borada o’z qarashlarini ishlarini islomiy ribo sudxo’rlik aralashtirishni istamagan biznesmenlar investorlar anchagina to’siqlarga uchradi va hali ham ushbu to’siqlar ularni yo’lini to’smoqda. Bu borada arab Islom mamlakatlari o’zlari uchun alohida moliya tizimin joriy qildilar va bu tizim hozirda jadal rivojlanib bormoqda bu borada Eron islom respublikasi , Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni , Malaysia kabi davlatlar yetakchilikni o’z qo’llariga olgan.
Islomiy qimmatli qog’oz sukuk elementi islom moliyasida moliya bozorida yuksak ahamiyat kasb etmoqda. Sukuk – ( “Sakk” ning ko’pligi , Arab tilidan akt, hujjat, chek) Investitsion faoliyat yoki uning aktiviga nisbatan egalik huquqidagi ulushini ko’rsatuvchi shariat tamoyillariga asoslangan emissiyaviy qimmatli qog’oz bo’lib, turiga ko’ra foyda va zararga sherikchilikni ifodalaydi, qaytarilishi (To’lanishi , so’ndirilishi) va foyda darajasi loyiha hatariga asoslanadi. Sukuk:
1.Mudoraba sukuki
2.Mushoraka sukuki
3.Murobaha sukuki
4.Ijara sukuki
5.Salam sukuki
1.Mudoraba sukuki-Moliyaviy sherikchilikka asoslangan IQQ (Islomiy Qimmatli Qog’oz).
2.Mushoraka sukuki- Sherikchilik tamoyillariga asoslangan IQQ. 3.Murobaha sukuki Tannarx qo’shilgan foyda tamoyiliga asoslangan IQQ. 4.Ijara sukuki – Islomiy lizing tamoyiliga asoslangan IQQ. 5.Salam sukuki- Islomiy forward tamoyiliga asoslangan IQQ. Ushbuda keltirilgan Islomiy qimmatli qog’ozlar hammasida ribo sudxo’rlik aralashmaydigan qimmatli qog’ozlardr. Ushbu turdagi qimmatli qog’ozlar savdosini birinchi bo’lib Malaysia davlati amalga oshirgan hisoblanadi.
Ushbu qimmatli qog’ozlar bozorini ham nazorat qiluvchi tashkilotlar mavjud bular SPV va Shariat kengashi hisoblanadi.

Xulosa o`rnida
Ushbu tamoyillar hususan Islom moliyasi ham mamlakatimizga ertaroq kirib kelishi qo’llanishi chora tadbirlarini ko’rish lozim. Ishonamizki mamlakatimiz ham Islom moliyasini yuqorida nomlari keltirilgan davlatlardek qo’llay oladi va Islom olamini gullab yashnashiga insonlar fikrini o’zgarishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1https://lex.uz/acts/-2681
2.kun.uz
3.islom moliya asoslari
Download 24.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling