O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “iqtisodiyot” fakulteti
-yil uchun davlat budjeti: Asosiy ko‘rsatkichlar
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Aziz
2023-yil uchun davlat budjeti: Asosiy ko‘rsatkichlar
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi. Ma’lum qilinishicha, 2023 yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan. Xususan, 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 5,1 foizдан yuqori bo‘lishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizга, qishloq хўжалиgiда 3,5 foizга o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda. Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023 yilda 9,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq ravishda, soliq-budjet siyosatini amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:budjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyani rivojlantirishga;hududlar, ayniqsa mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni va tabiatni muhofaza qilishni ta’minlash; yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashni kengaytirish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish; irinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda budjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023 yil uchun davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 232,1 trln so‘m, xarajatlari esa 227,9 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 41,3 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda, davlat maqsadli jamg‘armalariga respublika budjetidan 29,9 trln so‘m transfertlar ajratish belgilandi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling