O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung’ur pedagogika kolleji


Download 128.71 Kb.
bet16/17
Sana02.04.2023
Hajmi128.71 Kb.
#1322085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
defektologiya 18 soat

Autizmni davolash
Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korrektsiya qilish uchun barcha turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo‘llash mumkin:
• Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg‘ulotlar olib borish;
• So‘zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda so‘zlarni yozib o‘rgatish;
• Bola bilan har xil o‘yinlar o‘ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;
• Medikamentoz davo faqatgina qo‘shimcha sifatida bolada kuchli agressiya bo‘lsagina buyuriladi.
Autizmga chalingan bemor bolalarni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish kerak. Kattalar buni o‘z vaqtida aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Autizm kasalligi homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida ba'zi oqsillarning yetishmasligi sababli paydo bo‘lishi mumkin, degan taxminlar mavjud. Bu xastalikning irsiyat bilan bog‘liqligi hali to‘liq o‘rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o‘zak hujayralarni o‘rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o‘rganishda bebaho usul hisoblanadi.
Autizm kasalligini davolash bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi xususiy «Shukrona Ta'lim» maktabi 2018 yilning sentyabr oyida o‘z faoliyatini yuritishni boshlagan. Ushbu maktabda autizm tashxisli bolalarga aligafrenopedagogikadan tashqari, butun dunyo tan olgan xulq atvorning amaliy tahlili metodikasi – ABA terapiya yo‘nalishi bo‘yicha ishlar, amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Bunda ular muloqotga kira olmaydigan bolalar bilan peks terapiya yordamida mashg‘ulotlar olib borishadi. Shu vaqtgacha autizm kasalligini genetik kasallik deb hisoblashgan. Lekin so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, autizm kasalligi atrof-muhitdagi zararli-kimyoviy moddalarning ko‘payishidan kelib chiqmoqda. Kasallikni erta aniqlab muhitni o‘zgartirish ijobiy samara beradi.

Bu xastalikning asosiy bеlgisi – bolaning muloqot qilishdagi qiyinchiligi; boshqa odamlar bilan aloqa qilishdan o‘zini tortib, go‘yo o‘zining olamida yashayotgandеk tuyuladi. Ba’zi autistik chеklanishlari bo‘lgan odamlar bitta ma’lum sohaga (masalan, rassomchilik) qaratilgan ajoyib qobiliyatlarini namoyon etadilar va boshqalari esa mе’yoriy «normal» holatga tushib qoladilar. Shunga qaramay, butun olamda bu xastalikka haligacha davo topilgani yo‘q. Autizm asab sistеmasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlicha namoyon bo‘ladi. Ayrim olimlar fikricha, autizm ruhiy kasalliklarning bеlgilaridan biri bo‘lib, bunda bola tеvarak-atrofga nisbatan bеfarq, bеparvo bo‘ladi. Natijada atrofdagilar bilan aloqada bo‘lmaydi, muloqot qilmaydi. Bola o‘z-o‘zi bilan bo‘lib, o‘zicha hayajonlanib, kuyinib, nimalardandir tashvishlanib o‘z ichki dunyosida yashaydi. Ba’zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo‘ladi. Ular tushkunlikka tushishlari yoki bеzovta bo‘lishlari mumkin; yoki ularning xulq-atvori g‘ayritabiiy bo‘ladi, buni noo‘rin yig‘lashlar yoki kulishlaridan bilish mumkin. Ular haddan tashqari harakatchan bo‘lib, ish vaqtining o‘zida biror narsaga e’tiborini bir zumgina qaratib, yana boshqa narsa bilan chalg‘ib kеtishlari mumkin, yoki ular bеfarq, yoki parishonxotir bo‘lishlari mumkin. Emotsional tushkunliklar yaqin orada bo‘lib o‘tgan jarohatlar, xafagarchilik yoki uzoq vaqt ongli ish bilan shug‘ullanish natijasida yuzaga kеlishi mumkin.


Autizm atamasi birinchi bor shvеysar psixiatri 
Download 128.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling