O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung’ur pedagogika kolleji


Download 128.71 Kb.
bet13/17
Sana02.04.2023
Hajmi128.71 Kb.
#1322085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
defektologiya 18 soat

Nimadan boshlash kerak?
Avalambor shifokorlarning maslahatlariga quloq solish, ularning tavsiyalarini so‘zsiz bajarish, ya’ni dorilarni qabul qilish, kerak bo‘lganida statsionarda davolanish, tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tish juda muhim. Chunki hozir eng asosiysi – bolaning umumiy salomatligini mustahkamlashdir.
Birinchi oylardanoq chaqaloqning rivojlanishi o‘z tengdoshlarinikidan sezilarli darajada ortda qolayotgani seziladi. Turli sabablar ko‘ra, shu jumladan past tonus tufayli u tez charchab qoladi, kam uyg‘oq bo‘ladi, nigohini yaxshi fiksatsiya qilolmaydi. O‘yinchoqlarga bo‘lgan qiziqishi tez yo‘qoladi, hatto o‘z ota-onasiga ham unchalik e’tibor qilmaydi.
Bola buni ota-onasini yaxshi ko‘rmasligi uchun emas, balki o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash imkoniyati hozircha unda juda cheklanganligi uchun qiladi. Harakatlar rivoji borasida ham ortda qoladi – bunday bolalar boshlarini o‘rtacha uchinchi oyga yaqin ushlay boshlashadi, 9-12 oylarda o‘tirishni, 1,5-2 yoshlarga yaqin esa yurishni o‘rgana boshlashadi. Organizm xuddi mudrayotganday va rivojlanishga unchalik intilmayotganday tuyuladi. Ammo aslida u o‘sishni xohlaydi va tashqaridan beriladigan ko‘makni kutadi. Albatta, rivojlanish borasida ortda qolishni butkul bartaraf etib bo‘lmasligini, chunki asosiy sabab, ya’ni sindrom organizmda qolishini oldindan aytib qo‘yish kerak. Biroq bola bilan muntazam va maqsadli ravishda shug‘ullanilsa, u tezroq rivojlanib, unga tabiat tomonidan berilgan salohiyatni tezroq ro‘yobga chiqara boshlaydi. Aksincha, agar bola faollikdan cheklab qo‘yilsa, ota-ona undan ham kechroq rivojlanishga duch kelishi mumkin.
Xo‘sh, bola uchun qanday sa’y-harakatlar foydali bo‘lishi mumkin? Bu savolga eng yaxshisi farzandingizni tug‘ilganidanoq kuzatib borishi mumkin bo‘lgan shaxsiy defektolog javob bera oladi. Shuning uchun iloji boricha ertaroq shunday mutaxassisni izlang: mahalliy reabilitatsiya markazlari, tibbiy-ruhiy maslahatxonalarga murojaat qiling. Agar yaqin orada bunday muassasa bo‘lmasa, unda pediatr eng birinchi va asosiy maslahatchi vazifasini bajarishi kerak. U bolaning xastaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida farzandingizga qanday uqalash to‘g‘ri kelishini, qanday jismoniy yuklama unga mosligini aniqlab beradi. Maxsus hamda oddiy sog‘lom bolalar uchun umumiy rivojlantiruvchi adabiyotlarni sotib olish bu boradagi ikkinchi qadamingiz bo‘ladi.

Download 128.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling