O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


-mavzu: Adabiyot darslarini kuzatish va tahlil qilish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

 
4.2-mavzu: Adabiyot darslarini kuzatish va tahlil qilish 
Reja: 
1. Mumtoz she’riyat namunalari tahlili xususidagi uslubiy 
tavsiyalar haqida ma’lumot. 
2. Mumtoz 
she’riyat 
namunalarini 
o‘quvchi 
ma’naviyatining shakllanishidagi ahamiyati. 
3. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning muqobil 
usullari. 
4. Adabiyot darslarida murakkab matnlar tahlili va ularni 
o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
Ming yillar mobaynida yaratilgan mumtoz she‟riyat shu qadar 
sermazmun va badiiy barkamolki, u bugungi kunda ham o„zining 
sehrli jilosini saqlab kelmoqda. 
Mumtoz she‟riyatning umrboqiyligini ta‟minlovchi omillardan 
asosiysi, insoniyatning asriy sharqona falsafiy g„oyalari bilan 
3
Ҳаққулов И. Бир байт талқини // Сирли олам, 1998, 5-сон. 


75 
sug„orilganligidadir. Shu bilan birga, mantiqan izchil, purhikmat 
mazmun kasb etganligi bilan ham avloddan-avlodga o„tib kelmoqda. 
Bu o„rinda, ayniqsa, g„azal janri Sharq adabiyotida alohida o„rin 
tutadi. 
G„azal tug„yonli hislarni, insonning qalbida yashirinib yotgan 
fikru tuyg„ularini, ruhiy holatini so„z durlari orqali ifodalashni talab 
qiladi. 
Har bir shoir o„zi yashagan davrdan kelib chiqib, unga sayqal 
bergan, o„z ijodi, tafakkuri bilan boyitgan. Uzoq tarixiy jarayonni 
bosib o„tgan g„azal har bir iste‟dod sohibini o„z sinovidan 
o„tkazgan. 
Shu bois, har bir davrning shoiri o„z qiyofasi, ovozi, uslubi 
bilan muxlislarining qalbidan joy olgan, ta‟rif va tavsiflariga 
sazovor bo„lgan. Ana shunday shoirlar sirasiga Sa‟diy Sheroziy, 
Xofiz Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, 
Mashrab, Bedil kabi shoirlar kiradi. Ularning barkamol adabiy 
merosi asrlar mobaynida she‟riyat muxlislarining nazariga tushib, 
bugungi kungacha yashab kelmoqda. 
Ular so„z vositasida falsafiy, mantiqiy ma‟nolar bilan 
yo„g„rilgan go„zallikni, nafosatni yaratganlar. Bu go„zallik, nafosat 
o„z o„quvchisini tasavvur qilgan sirli olamga olib kiradi. Mumtoz 
she‟riyatning yana bir jihati shundaki, shoir chin yurakdan yaratgan 
g„azalini ikkinchi qayta o„zgartira olmaydi, chunki u bir muddatlik 
kayfiyat jarayonida yaratiladi. Bu kayfiyat, holat asl holida 
takrorlanishi gumondir. Shu bois, shoirning o„zi ham g„azalining 
o„quvchisiga, muxlisiga aylanadi. She‟riy matnni o„zgarishsiz qabul 
qilish, uni shoir niyatini unutmagan holda o„qish, unga ruhdosh, 
kechinmadosh bo„lish, shoir ruhiga kirish tahlil jarayonidagina 
amalga oshiriladi. Chuqur, izchil tahlil qilingan she‟riy matn 
o„zining muallifi, uning holati, yaratilgan davri, muhiti haqida 
qisman bo„lsa-da ma‟lumot beradi. Bu jihatlarni ilg„ab olish uchun 
tahlilchi shoir haqida, u yashagan davr haqida ma‟lumotga ega 


76 
bo„lmog„i lozim. Chunki tahlil jarayonida bu ma‟lumotlardan 
yordamchi vosita sifatida foydalanish mumkin. 
Shuningdek, asriy mumtoz she‟riyat insoniyat tarixidagi ezgulik 
va yovuzlik, sadoqat va xiyonat, do„stlik va dushmanlik, saxiylik va 
baxillik o„rtasidagi kurashni qalamga olgan. Bunday ma‟naviy-
axloqiy va ijtimoiy munosabatlarni anglash uchun matn mohiyatiga 
kirib borish, ma‟no qatlamlarini qunt, ziyraklik bilan o„rganish, 
so„zlar, imo-ishoralar, hatto ohang tovlanishlarini yurakdan his 
qilish talab etiladi. 
Ilmi tahlil ko„nikmasini chuqur egallagan talabaning ko„zi 
oldida matndagi zahira qavatlari oydinlasha boradi. Matndagi aynan 
mana shu jihatlarni anglagan talabagina mumtoz she‟riyatning 
qiymatini, bahosini belgilay oladi. 
Bunday iste‟dodga ega kishilar yoki talabalar tafsirchi, ta‟vilchi, 
shorix, zurafo, urafo, ahli dark nomi bilan atalgan. Ular ilmi badi‟, 
ilmi sharh, ilmi g„ariba, ilmi fasohat, ilmi aruz, ilmi sanoyi‟ kabi 
sohalarni chuqur o„zlashtirgan ilmi toliblardir. Chunki bu ilmlar 
mumtoz she‟riyatga badiiylik latofati va ta‟sirchanlik fazilatini 
beradigan, shunga o„rgatadigan, uni idrok etishga yo„naltiradigan 
fanlardir. 
Bu fanlar she‟riy matnlarni har bir zamon, adabiy-madaniy 
muhit o„z ehtiyoji nuqtai nazaridan kelib chiqib, qaytadan ko„zdan 
kechiradi va baholaydi. 
O„quvchilarning mustaqil fikrlashlarini namoyon etuvchi 
Alisher Navoiy she‟riy merosida muhim o„rin egallagan «Qaro 
ko„zum» g„azalini olib ko„raylik. Shoirning bu g„azali yaratilgandan 
buyon juda ko„p she‟riyat muxlislarini maftun etib kelgan. Har bir 
davr adabiy muhiti uning jozibasini anglashga intilgan. Fikrimizni 
yanada yorqinroq ifodalash maqsadida g„azalning bir baytining 
qiyosiy ilmi tahliliga murojaat qilaylik. Ma‟lumki, g„azalning 
mazmuni, badiiy-tasvir vositalarining tahlili, nasriy bayonining bir 


77 
necha xil ko„rinishi o„quvchilar tomonidan o„qituvchi yordamida 
mustaqil tahlil qilinganda, ko„zga tashlandi. 
G„azal Navoiyning yoshlik lirikasi mahsuli bo„lib, ishqiy-
falsafiy mavzuda bitilgan. G„azalda lirik qahramonning ma‟shuqaga 
visol ilinjidagi iltijosi undalma ko„rinishida boshlanadi: 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling